TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Onlayn_NKM

Onlayn-NKM va virtual kassa cheklari qanday tahrirlanadi?

🔹My.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” boʻlimi tanlanadi.

🔹 Tahrirlashda tuzatilgan (yangilangan) ma'lumotlar kiritilishi kerak:
– mahsulot nomi;
– miqdori;
– summasi;
– QQS;
– Mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK);
– o‘lchov birligi;
– komitent STIRi.

Shundan so‘ng quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
Sizning murojaatingiz;
Davlat soliq organi tomonidan yozilgan javob xati;
Davlat soliq organi tomonidan tuzilgan o‘rganish maʼlumotnomasi;
Holat yuzasidan tadbirkorlik subyekti vakilining tushuntirish xati;
Obyektni tashqi va ichki foto surati;
Noto‘g‘ri urilgan chek nusxasi;
Davlat soliq organi tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida qo‘shimcha so‘ralgan hujjatlar nusxasi.

QQSni hisoblashda “QQS guvohnomasi”ni ilova qilish kifoya.

Eslatma: QQS hisoblashda tiyin nuqta orqali kiritiladi, chek summasi o‘zgarmagan taqdirda avtomat tarzda qabul qilinadi.

Yakuniy bosqich – “Yuborish” tugmasini bosish.

Soliq toʻlovchilarga kamchiliklarni bartaraf etishda ularga koʻmaklashish maqsadida onlayn-NKM va virtual kassalar orqali berilgan cheklar summalarini tahrirlash imkoniyati yaratilgan.

👉Mahsulot qaytarilganda onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari qanday rasmiylashtiriladi?
👉Qaytarish cheklarini hisobot davri uchun ro‘yxatdan o‘tkazish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
@toshkent_shaharDSB

Hurmatli soliq to`lovchilar❗️

Soliq sohasidagi eng dolzarb, muhim ma’lumotlar, yangiliklardan
4-sektor faoliyatidan xabardor bo‘lishni istasangiz 📍Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining, yangi rasmiy telegram kanalini kuzatib boring.

➡️kanalga ulanish👇
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soligi

Endilikda soliqlarni📱Soliq mobil ilovasi orqali to`lashingiz mumkin.

Eslatma! 15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

➡️kanalga ulanish👇
@toshkent_shaharDSB
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Taʼlim, sud, tadbirkorlik, tibbiyot va suv taʼminoti

📲Agar Sizda ushbu sohalardagi muammolarni hal etishga qaratilgan yoki boshqa masalalarga oid takliflar bo‘lsa takliflaringizni taklif2023.uz sayti hamda @taklif2023_bot manzili orqali yuboring.

✔️Prezident Administratsiyasi takliflaringizni qabul qilishga tayyor! Yuborilgan takliflarning barchasi maxsus ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Unutmang Sizning taklifingiz – O‘zbekiston uchun muhim❗️
__________

Образование, судебная система, предпринимательство, медицина и водоснабжение

📲Если у вас есть предложения, направленные на улучшение ситуации в этих областях или связанные с другими вопросами oтправьте свои предложения через сайт taklif2023.uz и Telegram-бот @taklif2023_bot.

✔️Администрация Президента готова принять ваши предложения! Каждое из них будет рассмотрено специальной рабочей группой.

Помните, ваше предложение важно для Узбекистана❗️

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Mirzo_Ulugbek
#Uchrashuv
#Sayyor_qabul

Aholining murojaatlari asosida kelgusi rejalar tuzuldi

Joriy yil 22-sentabr kuni O'zbekiston Davlat San'at va madaniyat institutida 4-sektor rahbari Yunusjon Nasimdjanov sektorga qarashli 17 ta MFY raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va fuqarolari bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuvda mahalla raislari tomonidan aholining kundalik faoliyatiga bevosita ta'sir qiladigan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan 50 ga yaqin takliflar bildirildi. Ushbu takliflar 2022-2023 - yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash borasida amalga oshirlishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, aholi vakillari o'zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan ham sektor rahbarlariga murojaat qilishdi. Ushbu murojaatlarga ijobiy yechim topish mas'ul xodimlar zimmasiga yuklatildi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#call_markaz

Davlat soliq qo‘mitasi Call-markazi (1198) 24/7 rejimida soliq to‘lovchilarga uzluksiz bepul axborot xizmatlarini ko‘rsatmoqda

Yil boshidan 1-sentabrga qadar soliq to‘lovchilardan jami 556231 ta murojaat yo‘llangan.

☎️Murojaatlarning:

🔸9,1% soliq qonunchiligi;
🔸76,4% interaktiv xizmatlar;
🔸14,4% hisobot shakllarini to'ldirish va yuborish bo‘yicha kelib tushgan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirzo_Ulugbek
#Uchrashuv
#Sayyor_qabul

Joriy yilning 22-sentabr kuni Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi rahbari Yunusjon Nasimdjanov boshchiligida 10 dan ortiq MFY raislari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Shuningdek uchrashuvda 100 nafardan ortiq hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, fuqarolar qatnashdi.

Tadbir davomida mahalla raislari tomonidan aholining kundalik faoliyatiga ta'sir qilip kelayotgan bir qator muammolar aytildi. 50 ga yaqin takliflar o`rganilib, mavjud muammolarni bartaf etilishi ta'kidlab o'tildi.

Mahalla raislarining takliflaridan kelib chiqib 2022-2023-yillarda amalga oshiriladigan ishlar rejasi tuzilib, 150 mlrd so'mdan ortiq mablag' ajratilishi rejalashtirildi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soligi

Yangiliklar 24 | Mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashni unutmang

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB