TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro J.A unga qarashli tadbirkorlik sub’yektiga asossiz ravishda 12 mln so‘m jarima qo‘llanilgani, tegishli tashkilotlarga yo‘llagan murojaatlari esa ijobiy yechim topmagani haqida video murojaat qoldirgan edi. Mazkur murojaat Toshkent shahar soliq boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

O'rganish davomida quyidagilar aniqlandi:

Xususan,murojaatchi rahbarlik qilayotgan “TOSHKENT TEPLO-UYUT-MONTAJ” MCHJ QQS hisobotlarini har oyda taqdim etib borish majburiyati belgilangan bo‘lishiga qaramasdan korxona rahbari tomonidan mazkur soliq hisobotlari o‘z vaqtida taqdim etilmagan. Bu haqda 2022-yil 17-sentabr kuni 367919-sonli ogohlantirish xati yuridik shaxsning shaxsiy kabinetiga yuborilgan. Ogohlantirishga qaramasdan, tadbirkor tomonidan soliq hisobotlari taqdim etilmagan va shu sababli amaldagi qonunchilikka mos ravishda 2022-yil iyul, sentabr, oktabr va noyabr oylarida topshirilmagan soliq hisobotlari uchun ma’muriy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar MJTKning 309 prim 3-moddasi talablariga asosan avtomatlashtirilgan tizim orqali yuridik shaxsning shaxsiy kabinetiga yuborilgan.

Soliq xizmati xodimlari tomonidan o'tkazilgan takroriy o'rganishlardan so'ng, murojaatchi haqiqatdan ham soliq hisobotlarini vaqtida topshirmaganligini tushunib yetdi. Hozirda, Toshkent shahar soliq boshqarmasi tomonidan murojaatchining oilaviy sharoiti inobatga olinib, unga nisbatan amaliy yordam ko'rsatilishi belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Sergeli
#mahallabay
#saxovat_va_komak

Aholi muammolarini o'rganish, ekologik muhitni yanada yaxshilash maqsadida bugun Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ullari, tuman 4-sektor rahbari, boshqaruv servis kompaniyasi, obodonlashtirish tizimi xodimlari hamda mahalla faollari tomonidan poytaxtimizning Sergeli tumani Birdamlik mahallasida obodonlashtirish hamda "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida daraxt ko'chatlarini ekish ishlarini amalga oshirishdi.

Shuningdek, ishchi guruh vakillari hududdagi ijtimoiy infratuzilma obyektlarining yerto'la qismlarini ko'zdan kechirib, aniqlangan muammolarni hal etish bo'yicha qilinadigan ishlar rejasini belgilab olishdi.

Xususan,aholi murojaatlarini samarali hal etish yuzasidan manzildagi kam ta'minlangan, bemor hamda yordamga muhtoj fuqarolar ahvoli o'rganilib, birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Sergeli
#yoshlar_bilan_uchrashuv

Shundan so'ng, Toshkent shahar va tuman 4-sektor rahbari tomonidan uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo'yicha hokim yordamchisi, yoshlar yetakchilari va mahalla raislari ishtirokida Sergeli tumani Madaniyat mahallasida murojaatchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Qabulga kelgan 70 dan ortiq fuqaro va yoshlardan 20 ga yaqin muammo va takliflar tinglanib, ularni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga kerakli topshiriqlar berildi. Tadbir so'ngida faol bo'lgan ishtirokchilarga soliq xizmati xodimlarining maxsus sertifikat hamda estalik sovg'alari topshirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 6-mart

fevral oyi uchun:

- banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan to‘lovlar (dividendlar va foizlar to‘lovidan tashqari) bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini budjetga o‘tkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida to‘langan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va ShJBPHga majburiy badallarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515-raqamli nizomning 7-bandi).
__________________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 6 марта 2023 года последний день

за февраль:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
🔵Toshkent shahar hamda Shayxontohur tuman sektor rahbarlari "Jangoh" mahallasi hamda Abdulla Qodiriy ko'chasida bunyod etilayotgan saylgohda olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirishdi.

Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

“Soliq” mobil ilovasi: 3 mlndan ortiq foydalanuvchi uchun yangi xizmatlar va yangicha dizayn

Soliq
mobil ilovasining yangilangan interfeysi (1.3.7) Play marketga joylandi.

Yaqin kunlarda iOS dasturidagi qurilmalar uchun App Store platformasiga qo‘yiladi.


Yangilangan ilovaga quyidagi xizmatlar qo‘shildi:

🔸"Monitoring" – mobil ilovada amalga oshirilgan toʻlovlar hamda operatsiyalar tarixini kuzatish;

🔸"Yangiliklar" ilova hamda soliq sohasiga oid yangiliklar bilan tanishish;

🔸"Tax Free" – chet elliklar tomonidan QQSni qaytarib olish uchun xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek Visa va Mastercard kartalarini qo‘shish.

Shuningdek ilova orqali:

🔸Akkauntga biriktirilgan telefon raqamini o‘zgartirish yoki oʻchirish;

🔸Ilova oʻrnatilgan va foydalanilayotgan qurilmalar roʻyxatini koʻrish.

👆Ilovani hoziroq yuklab oling.

❗️Yangi versiya yuklab olinganda keshbek summasi va boshqa ma'lumotlar saqlanib qolinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM