TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.79K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yangiliklar 24 | Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha to‘xtatildi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#soliqchi_komakchi

Reportaj 24 | Soliq tizimi xodimlari tomonidan oilaviy tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanmoqda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Тадбиркорларнинг солиқ қарзига пеня ҳисоблаш вақтинча тўхтатилади
#8feb #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirobod
#Sport

Joriy yilning 2-3- fevral kunlari Toshkent shahar soliq boshqarmasi va Stol tennisi federatsiyasi hamkorligida Mirobod tumanida havaskorlar o'rtasida Toshkent shahar birinchiligi musobaqasi tashkil etildi.

Ushbu turnirda 100 nafardan ortiq poytaxtlik havaskor 🏓stol tennischilari erkaklar va ayollar yo'nalishida o'z omadini sinovdan o'tkazishdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mirobod
#Sport

🏓Musobaqaninig ikkinchi kunida g'olib va sovrindorlar🥇 aniqlanib ularga Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tomonidan diplom, estalik sovg'alari hamda maishiy texnikalar taqdim etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#raqamlashtirish #murojaatlar

🔹Soliq xizmati organlari faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, hududlardagi muammolarni oʻrganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida soliq toʻlovchilar murojaatlarini ogʻzaki, yozma va elektron koʻrinishda qabul qilish yoʻlga qoʻyilgan.

Xususan:
Toshkent shahar soliq boshqarmasi va hududiy soliq inspeksiyalarida elektron hujjat aylanish tizimi orqali ro‘yxatga olingan murojaatlar – 3561 ta.

Shundan:
elektron – 3236 ta (90,9%);
ogʻzaki – 255 ta (7,1%);
yozma – 70 ta (1,9%).

Soliq boshqarmasi☎️ Call-markazi (78 140-32-32)ga jami 1630 ta murojaat yo‘llangan.

Soliq to‘lovchilar kesimida:
🔹yuridik shaxslar – 1827 tа;
🔹jismoniy shaxslar – 1734 tа;

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#QQS

Soliq uzilish koeffitsiyenti paydo bo‘lish sababini qanday aniqlash mumkin?

1. My.soliq.uz portali bosh sahifasining chap tomonida joylashgan “QQS to‘lovchilarni aniqlash” bo‘limiga kiriladi.

2. Ochilgan oynada “Soliq uzilishi” sahifasi tanlanadi. Ushbu sahifa 2 ta bo‘limdan iborat - soliq to‘lovchining asosiy ko‘rsatkichlari va soliq uzilishi koeffitsiyentiga taʼsir etuvchi asosiy kontragentlar haqidagi ma’lumotlar.

Qo'shimcha ma'lumot uchun ushbu sahifada ko‘rsatilgan telefon raqamlari orqali Soliq qo‘mitasi yoki uning hududiy bo‘linmalari mutaxassislariga murojaat qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz
❗️Soliq uzilishi koeffitsiyenti soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchilar kontragentlarini tanlash chogʻida lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi uchun joriy qilingan.

👉O‘tgan yil yakuniga ko‘ra soliq uzilish koeffitsiyenti o‘rtacha 2 barobarga kamaydi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#marketpleys #onlayn_NKM

To‘lov tashkilotlari hamda TXKM vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

♻️Unda toʻlov tashkilotlari va marketpleyslarning soliq organlari axborot tizimlariga integratsiya qilish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirilayotganligi taʼkidlandi.

Soliq qo‘mitasi tomonidan toʻlov tashkilotlari va TXKMlarga toʻlovlarni fiskallashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilayotgani, bundan ko‘zlangan maqsad:
🔸xaridor va tadbirkorlarga qulaylik yaratish;
🔸elektron to‘lovlarni kengaytirish orqali xufiyona iqtisodiyotni qisqartirish;
🔸iste'molchilarga kassa cheki (elektron chek)ni taqdim etish orqali ularga avtomatik keshbek hisoblanishini
ta'minlash ekanligi ma'lum qilindi.

📚Shu bilan birga, to‘lov tashkilotlari va TXKM tomonidan qonun hujjatlariga to‘laqonli rioya etilishini ta’minlash maqsadida tizimli ishlarni yanada jadallashtirishga hamda joriy yilning 1-mart sanasiga qadar tizimdan foydalanishda xatoliklarga yo'l qo‘yayotgan savdo shoxobchalariga tushuntirishlar berishga kelishib olindi.

👉To'lov tashkilotlari bilan navbatdagi uchrashuv: yagona maqsad sari birgalikda harakat

👉
Onlayn to‘lovlar uchun fiskal belgili chek shakllantirish muhokama qilindi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#AOS #soliqchi_komakchi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan soliq qonunchiligiga kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalar yuzasida soliq to'lovchilarga tushunchalar berilib, tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlar borasida ma'lumot berilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#soliq_taqvimi

Eslatma❗️2023-yil 9-fevral

fevral oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️9 февраля 2023 года последний день

за февраль:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirobod
#sport

Toshkent shahar soliq boshqarmasi homiyligida poytaxtlik havaskor stol tennischilari ishtirokida Toshkent shahar birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Alisher Navoiy- betakror va boqiy siymodir!

Shoirlarning shoiri, mutafakkirlarning mutafakkiri, so'z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 582 yilligi har yilgi an'anaga ko'ra bu yil ham yurtimiz bo'ylab keng nishonlanmoqda.

Birinchi bo'lib turk tilida ijod qilgan, kelajak avlodga o'zidan buyuk ma'naviy meroslar qoldirgan ulug' bobokalonimiz mangu qalbimizdadir. Ana shunday buyuk siymolar avlodi, davomchisi ekanligimiz biz uchun sharafdir!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun qoʻllanilgan 1,7 trln soʻmlik jarimalarni undirish toʻxtatildi

Havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va faoliyatini jadal qayta tiklash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3-fevralda PQ-43-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2023-yil 1-aprelga qadar tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qo‘llanilishi, shuningdek, mazkur qaror kuchga kirguniga qadar qo‘llanilgan jarimalar undirilishi to‘xtatildi.

Buning natijasida tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻllanilgan 1,7 trln soʻm miqdoridagi jarimalarni undirish hamda 667,5 mlrd soʻmlik jarimalarni qoʻllash boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻxtatildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#savol_javob

Savol:
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy summasini o‘rnini qoplash (qaytarish) to‘g‘risida ariza berilganda kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddati necha kundan iborat?

Javob:

Soliq kodeksining 138-moddasi 22-qismiga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi tomonidan soliq davri uchun soliq hisoboti taqdim etish chog‘ida soliq organlari qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) to‘g‘risida xabardor qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida soliq organining buyrug‘isiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra soliq hisobotiga o‘zgartishlar kiritish haqidagi talabnoma yozib berilmaydi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB