TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12.6K photos
1.34K videos
74 files
5.17K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#QQS

Barcha farmasevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

2025-yil 1-apreldan daromadidan qatʼiy nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQS to‘lovchisi bo‘ladi.

Bunda soliq organlari Onlayn-NKT, EHF va boshqa tashqi va ichki ma'lumotlar asosida QQS hisobotlarini avtomatik tarzda shakllantiradi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksining
2- va 75-moddasi

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, farmasevtika mahsulotlarini sotuvchi yoki tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun soliq to‘lash tartibi quyidagicha:
📉 daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmaydiganlar – aylanmadan olinadigan soliq to‘laydi;
📈 daromadi 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lganlar – QQS va foyda solig‘i to‘lashga o‘tadi.

QQS 12% ni, foyda solig‘i stavkasi 15%ni tashkil etadi. Ijtimoiy soha faoliyatini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasi 0% belgilangan.

Aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 4%ni tashkil etadi.
💊Ulgurji va chakana dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanuvchi dorixonalar uchun soliq stavkalari quyidagicha belgilangan:
📍Aholi soni 100 ming nafar va undan ko‘p bo‘lgan shaharlarda – 3%;
📍boshqa aholi punktlarida – 2%;
📍borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda – 1%.
Shuningdek, soliq to‘lovchilar qat'iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga haqli.
👉Soliq kodeksi, 467-modda

Ma'lumot uchun. 2024-yil yakuniga ko‘ra, ushbu sohada 7 785 ta yuridik shaxs AOS to‘lovchisi hisoblanadi, shundan, 1 208 ta yuridik shaxs qat'iy belgilangan miqdorda soliq to‘laydi.
__________
#НДС

Все компании в сфере фармацевтики и медуслуг станут плательщиками НДС

С 1 апреля 2025 года
юрлица, реализующие фармацевтическую продукцию или оказывающие медицинские услуги, признаются плательщиками НДС независимо от их доходов.

При этом налоговые органы будут автоматически формировать отчетность по НДС на основе чеков онлайн-ККТ, ЭСФ и других внешних и внутренних данных.

❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉
ст.2 и ст.75 НК

Согласно действующему законодательству, юридические лица, реализующие фармацевтическую продукцию или оказывающие медицинские услуги, у которых совокупный доход:
📉 не превышает 1 млрд сумов - платят налог с оборота;
📈 более 1 млрд сумов - переходят на уплату НДС и налога на прибыль.

Ставка НДС составляет 12%, а налога на прибыль - 15%. Для налогоплательщиков, осуществляющих деятельность в социальной сфере, предусмотрена ставка налога на прибыль 0%.

Ставка налога с оборота составляет 4%.
💊
Для оптовых и розничных аптечных организаций, расположенных в:
📍городах с численностью населения 100 тысяч и более человек - 3%;
📍других населенных пунктах - 2%;
📍труднодоступных и горных районах - 1%.
Также налогоплательщики вправе на добровольной основе уплачивать налог с оборота в фиксированной сумме.
👉ст.467 НК

К сведению. По итогам 2024 года 7 785 юридических лиц в этих сферах являются плательщиками налога с оборота, из них 1 208 юрлиц платят налог в фиксированной сумме.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonun_loyihasi #partiya_deputatlari

Soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldi olinadi


🔹“O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga soliq va tadbirkorlik sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonun loyihasi qizg'in muhokamalarga sabab bo'ldi.

👉Manba

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

38-bob. Alohida hollarda soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

🔹275-modda. Birgalikdagi faoliyat, ishonchli boshqaruv yoki konsessiya bitimi doirasida operatsiyalarni amalga oshirishda soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari

Agar oddiy shirkat shartnomasining (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaning) ishtirokchilaridan hech bo‘lmaganda bittasi O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsa, soliq solish maqsadida birgalikdagi faoliyat doirasida amalga oshiriladigan hamda ushbu Kodeksning 239-moddasiga muvofiq soliq solinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarning umumiy hisobini yuritish shunday ishtirokchi (bundan buyon ushbu moddada ishonchli shaxs deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilishi kerak.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onlayn_seminar

"2025-yil uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq hisoboti" mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

📱Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/DEKDdUKJc9E?feature=share
___________
#онлайн_семинар

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Отчетность по налогу на доходы физических лиц и соцналогу на 2025 год".

📱Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/DEKDdUKJc9E?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bektemir #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar
#barqarorlik_reytingi

🔷Bektemir tumanida soliq to'lovchilar uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 4-fevral kuni Bektemir tumanida Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda tegishli idora va tashkilot mas'ul xodimlari tomonidan “Soliq va budjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o'zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi hamda "O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish yuzasidan navbatdagi seminar bo'lib o'tdi.

Ushbu seminarda 50 nafarga yaqin tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etishdi. Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, tadbirkorlarning barqarorlik reytingi, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, yoshlar va xotin-qizlar uchun qonunchilikda berilgan soliq imtiyozlari yuzasidan tushunchalar berildi. Berilgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan qonun doirasida javoblar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #Obodonlashtirish

🔹Toshkent shahar hududida tadbirkorlik subyektlarini savdo faoliyatini belgilangan joylarda amalga oshirishi, shu bilan birga savdo qoidalariga rioya qilgan holda noqonuniy qurilmalarni tartibga solish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Bu borada Toshkent shahar hokimligi boshchiligida shtab tuzilib, joylarda ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan joriy yilning 4-fevral kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i boshchiligida Yunusobod tumani Amir Temur ko'chasida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik subyektlarini tartibga solish bo'yicha tegishli ishlar olib borildi. Unda tadbirkorlarga mas'ullar tomonida tushuncha va tavsiyalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #Obodonlashtirish

“Obod-xonadon, obod-koʻcha, obod- mahalla”

🔷Joriy yilning 4-fevral kuni Toshkent shahar hokimligi hamda Soliq boshqarmasi bilan hamkorlika Mirzo Ulugʻbek tumani 4-sektor hududidagi Bog'imaydon mahallasida “Obod-xonadon, obod-koʻcha, obod- mahalla” dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganib chiqildi.

Unda mahalladagi aholiga yaratilayotgan sharoitlar, vaqtlarini unumli o'tkazish maqsadida saylgoh hamda mahallaning nuroniy otaxon-onaxonlari uchun dam olish joylari tashkil etilayotgaligi aholining kayfiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram