TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12.6K photos
1.34K videos
74 files
5.17K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Maxsus iqtisodiy zonalardagi yuridik shaxslarga davlat ro‘yxatidan o‘tish soddalashtiriladi


🔹“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
👉VMQ-30-son, 22.01.2025-y.

Mazkur qaror bilan:

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Bektemir #korrupsiya

Korrupsiya — jamiyat va taraqqiyot kushandasi unga qarshi birgalikda kurashamiz

🔷Bugungi kunda davlatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha keng ko'lamli islohotlar olib borilmoqda. Bu borada har qanday davlat organlarida ham bu illatning oldini olish va bartaraf etish nuqtai nazaridan muntazam ravishda targ'ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ullari Bektemir tumani soliq inspeksiyasi xodimlari bilan birgalikda tuman hududida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgan taqdirda tashkil etilgan aloqa kanallari to'g'risida tushunchalar berishdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #uchrashuv

Uchtepa tuman hokimligida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

🔹Uchrashuvda tuman sektor rahbarlari ishtirok etib, salohiyatli tadbirkorlar bilan fikr almashildi va ularning takliflari eshitildi.

Shuningdek, investorlarni ko'proq jalb qilish hamda tumandagi imkoniyatlardan unumli foydalanish bo'yicha kelajakdagi rejalar kelishib olindi.

👉Manba

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#uchrashuv #jamoatchilik_kengashi

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari tadbirkorlar bilan muhokama qilindi


Savdo-sanoat palatasida Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev va tuzilma rahbarlari ishtirok etmoqda.

Unda tadbirkorlikka oid 6 ta normativ huquqiy-hujjat loyihalari muhokama qilinmoqda, jumladan:

◾️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla darajasida tashkil etilgan soliq maʼmuriyatchiligi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror loyihasi;

◾️Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida”gi Qaror loyihasi;

◾️Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan “Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zratirish kiritish to‘g‘risidagi Qaror loyihasi va boshqa hujjat loyihalari kun tartibiga kiritilgan.

Shuningdek, Prezidentning 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-sonli farmoni bilan belgilangan topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar tinglanmoqda.

Soha mutaxassislari takliflarini olish va loyihalarni yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan tadbir qizg‘in bahs-munozaralarga boy kechmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Halol mehnat, muhtojlarga yordam, g‘azab vaqtida yomon so‘zlardan tilni, birovni ranjitishdan qo‘lni tiyish, kamchilikni bitirib, yomon xulq-atvorni tuzatib, go‘zal axloq egasi bo‘lish — eng zo‘r fazilatdir.

Suqrot

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening

🗓 4-fevral kuni
"2025-yil uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq hisoboti"
mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 📱 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
_______
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится

🗓4 февраля
Тема: Отчетность по налогу на доходы физических лиц и соцналогу на 2025 год

Прямой эфир - на платформе 📱 YouTube

🕙 Начало – 15:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

SAVOL:

Savdo do`koni ochmoqchiman. Ijaraga olmoqchi bo`lgan bino noturar joy bo`lishi kеrakmi yoki turar joy ko`rinishida ham bo`ladimi? Soliq oqibatlari qanday bo`ladi?

JAVOB:


Ijaraga olingan turar joy hisoblanadigan binoda tijorat faoliyatini olib borish mumkin emas.

Agar korxona binoni yuridik shaxsdan ijaraga olsa, ijara haqqi bo`yicha soliqlarni ijaraga bеruvchining o`zi to`laydi.

Agar ijaraga bеruvchi jismoniy shaxs bo`lsa, bu xolatda sizning korxonangiz soliq agеnti sifatida uning daromadidan jismoniy shaxslarning daromad solig`ini ushlab qolib byudjеtga to`lab bеrishi lozim bo`ladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#QQS

Barcha farmasevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

2025-yil 1-apreldan daromadidan qatʼiy nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQS to‘lovchisi bo‘ladi.

Bunda soliq organlari Onlayn-NKT, EHF va boshqa tashqi va ichki ma'lumotlar asosida QQS hisobotlarini avtomatik tarzda shakllantiradi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksining
2- va 75-moddasi

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, farmasevtika mahsulotlarini sotuvchi yoki tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun soliq to‘lash tartibi quyidagicha:
📉 daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmaydiganlar – aylanmadan olinadigan soliq to‘laydi;
📈 daromadi 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lganlar – QQS va foyda solig‘i to‘lashga o‘tadi.

QQS 12% ni, foyda solig‘i stavkasi 15%ni tashkil etadi. Ijtimoiy soha faoliyatini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasi 0% belgilangan.

Aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 4%ni tashkil etadi.
💊Ulgurji va chakana dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanuvchi dorixonalar uchun soliq stavkalari quyidagicha belgilangan:
📍Aholi soni 100 ming nafar va undan ko‘p bo‘lgan shaharlarda – 3%;
📍boshqa aholi punktlarida – 2%;
📍borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda – 1%.
Shuningdek, soliq to‘lovchilar qat'iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga haqli.
👉Soliq kodeksi, 467-modda

Ma'lumot uchun. 2024-yil yakuniga ko‘ra, ushbu sohada 7 785 ta yuridik shaxs AOS to‘lovchisi hisoblanadi, shundan, 1 208 ta yuridik shaxs qat'iy belgilangan miqdorda soliq to‘laydi.
__________
#НДС

Все компании в сфере фармацевтики и медуслуг станут плательщиками НДС

С 1 апреля 2025 года
юрлица, реализующие фармацевтическую продукцию или оказывающие медицинские услуги, признаются плательщиками НДС независимо от их доходов.

При этом налоговые органы будут автоматически формировать отчетность по НДС на основе чеков онлайн-ККТ, ЭСФ и других внешних и внутренних данных.

❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉
ст.2 и ст.75 НК

Согласно действующему законодательству, юридические лица, реализующие фармацевтическую продукцию или оказывающие медицинские услуги, у которых совокупный доход:
📉 не превышает 1 млрд сумов - платят налог с оборота;
📈 более 1 млрд сумов - переходят на уплату НДС и налога на прибыль.

Ставка НДС составляет 12%, а налога на прибыль - 15%. Для налогоплательщиков, осуществляющих деятельность в социальной сфере, предусмотрена ставка налога на прибыль 0%.

Ставка налога с оборота составляет 4%.
💊
Для оптовых и розничных аптечных организаций, расположенных в:
📍городах с численностью населения 100 тысяч и более человек - 3%;
📍других населенных пунктах - 2%;
📍труднодоступных и горных районах - 1%.
Также налогоплательщики вправе на добровольной основе уплачивать налог с оборота в фиксированной сумме.
👉ст.467 НК

К сведению. По итогам 2024 года 7 785 юридических лиц в этих сферах являются плательщиками налога с оборота, из них 1 208 юрлиц платят налог в фиксированной сумме.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonun_loyihasi #partiya_deputatlari

Soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldi olinadi


🔹“O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga soliq va tadbirkorlik sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonun loyihasi qizg'in muhokamalarga sabab bo'ldi.

👉Manba

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

38-bob. Alohida hollarda soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

🔹275-modda. Birgalikdagi faoliyat, ishonchli boshqaruv yoki konsessiya bitimi doirasida operatsiyalarni amalga oshirishda soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari

Agar oddiy shirkat shartnomasining (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaning) ishtirokchilaridan hech bo‘lmaganda bittasi O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsa, soliq solish maqsadida birgalikdagi faoliyat doirasida amalga oshiriladigan hamda ushbu Kodeksning 239-moddasiga muvofiq soliq solinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarning umumiy hisobini yuritish shunday ishtirokchi (bundan buyon ushbu moddada ishonchli shaxs deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilishi kerak.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onlayn_seminar

"2025-yil uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq hisoboti" mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

📱Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/DEKDdUKJc9E?feature=share
___________
#онлайн_семинар

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Отчетность по налогу на доходы физических лиц и соцналогу на 2025 год".

📱Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/DEKDdUKJc9E?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM