TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.71K subscribers
13.6K photos
1.46K videos
80 files
5.7K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

2025-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari:

Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni o‘stirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar soliq stavkasiga quyidagilar qo'llaniladi:

▪️suv tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy qilinganda hamda sug‘orish uchun olingan suv o'lchash uskunalari asosida aniqlanganda - 0,5 kamaytiruvchi koeffitsient;

▪️suv tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy qilinganda yoki sug'orish uchun suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda - 0,7 kamaytiruvchi koeffitsient;

▪️baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv o'lchash uskunalari asosida aniqlanganda - 0,7 kamaytiruvchi koeffitsient;

▪️suv tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy qilinmaganda hamda sug'orish uchun olingan suv hajmi suv o'lchash uskunalari asosida aniqlanmaganda - 1,1 oshiruvchi koeffitsient.

Avval yagona 0,7 kamaytiruvchi koeffitsient qo'llanilgan.

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari soliq stavkasiga 0,7 gacha kamaytiruvchi yoki 1,5 gacha oshiruvchi koeffitsientlar belgilashga haqli.

❗️Elektr stansiyalari va kommunal xizmat ko'rsatish korxonalari, qishloq xo'jaligi yerlarini sug'orish va baliq yetishtirish uchun foydalaniladigan suv hajmi, shuningdek ro‘yxati O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan yirik soliq to'lovchilar bundan mustasno.

👉 Soliq kodeksi 445-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2025-yilda jismoniy va yuridik shaxslar uchun ijara to'lovining minimal stavkalari

Ushbu stavkalar ko'chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalari uchun ham qo'llaniladi.
❗️Yaqin qarindoshlar o'rtasida tuzilgan shartnomalar bundan mustasno.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalariga nisbatan tumanlar va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga qarab 2,0 gacha oshiruvchi koeffitsiyentni joriy etishga haqli. Bu holda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi tomonidan ushbu koeffitsiyentdan yer solig‘ini hisob-kitob qilish maqsadlari uchun belgilangan zonalar kesimida foydalaniladi.

BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Foyda solig‘idagi o‘zgarishlar

🔹Tovar (ish, xizmat)larning elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasi - 10% etib belgilandi (oldin 7,5%).

Tovar (ish)larni eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda uchun 0% stavkadagi soliq bekor qilindi.

🔹Umumiy quvvati 100 kVt gacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan foyda 0% stavkada soliqqa tortiladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#brifing

Ayni daqiqalarda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dildora Xashimova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tmoqda.

Mavzu: 2024-yil yakunlari: biznes rivoji va soliq tushumlari

👉 Jonli efir
__________
#брифинг

В эти минуты в Агентстве информации и массовых коммуникаций проходит брифинг при участии начальника управления Налогового комитета Дилдоры Хашимовой.

Тема: Итоги 2024 года: развитие бизнеса и налоговые поступления

👉Прямой эфир

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #MXIK

Mahsulotlar va xizmatlarning identifikatsiya kodlari (MXIK)

Mahsulot (tovar va xizmatlar) yagona elektron katalogida jami kodlar 466,8 mingdan oshdi.
Shundan:
mahsulotlar uchun – 466 019 ta;
xizmatlar uchun – 858 ta.

2024-yilda respublika boʻyicha:
▫️282,9 mingta korxona 45,8 mlndan ortiq EHF shakllantirishda 95 565 ta MXIKdan foydalangan;
▫️301,2 mingta korxona tomonidan berilgan 1 mlrddan ortiq xarid chekida 159,7 mingta MXIK ishlatildi.
________
#цифровизация
#ИКПУ

Идентификационные коды продукции и услуг (ИКПУ)

Единый электронный национальный каталог продукции (товаров и услуг) содержит более 466,8 тысяч ИКПУ. Из них:
для товаров 466 019;
для услуг – 858.

В 2024 году по республике:
▫️282,9 тыс. организаций оформили более 45,8 млн ЭСФ с использованием 95 565 ИКПУ;
▫️301,2 тыс.
организаций выдали свыше 1 млрд чеков онлайн-ККТ с использованием более 159,7 тысяч ИКПУ.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

2024-yilda budjetga soliq tushumlari

Soliq organlari tomonidan respublika boʻyicha budjetga 199,6 trln soʻm soliq tushumlari taʼminlanib, 2023-yilga nisbatan 20% oʻsishga erishildi.

Tuman va shaharlar budjetiga tushumlar 24%ga oshdi.

Eng yuqori o‘sish quyidagi hududlarda qayd etildi:
📍Toshkent shahrida - 27%;
📍Sirdaryo viloyatida - 25%;
📍Toshkent viloyatida - 23%.
__________
#брифинг

Налоговые поступления в 2024 году

Налоговыми органами обеспечено 199,6 трлн сумов налоговых поступлений - на 20% выше, чем в 2023 году.

Поступления в бюджеты районов и городов выросли на 24%.

Самый высокий рост зафиксирован:
📍в Ташкенте - 27%;
📍в Сырдарьинской области - 25%;
📍в Ташкентской области - 23%.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar haqida ma'lumot

2025-yil 1-yanvar holatiga faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 520 653 nafar.

Shundan 80 322 tasi 2024-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.

📈Yuridik shaxslar faoliyat turlari bo‘yicha TOP-5 sohalar:

🛒
savdo 131,9 mingta
🏕 qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi124,7 mingta
🏭 sanoat 57 mingta
🏗
qurilish28,3 mingta
🍽
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar25,6 mingta

Izoh. 9 oy mobaynida bank operatsiyalarini amalga oshirmagan va soliq hisobotlarini taqdim etmagan tijorat tashkilotlari avtomatik nofaol holatga oʻtadi.
____________
#цифровизация #юридические_лица

Информация о юридических лицах, осуществляющих свою деятельность в Узбекистане

По состоянию на 1 января 2025 года количество осуществляющих деятельность юрлиц в Узбекистане составляет 520 653. Из них 80 322 зарегистрированы в 2024 году.

📈ТОП-5 сфер деятельности юрлиц:

🛒
торговля – 131,9 тыс.
🏕
сельское, лесное, рыбное хозяйство – 124,7 тыс.
🚚
промышленность 57 тыс.
🏗строительство28,3 тыс.
🍽услуги по проживанию и питанию - 25,6 тыс.

Примечание. Коммерческие организации, не осуществляющие в течение 9 месяцев банковские операции и не представляющие налоговую отчетность, переводятся в категорию бездействующих.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_kodeksi

37-bob. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi.


266-modda. To‘langan soliq summalarini hisobga olish

Budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini aniqlashda, agar ushbu Kodeksning 267-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasini hisobga olish orqali ushbu Kodeksning 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqning umumiy summasini kamaytirishga, quyidagi shartlarni bir vaqtda bajargan taqdirda, haqli bo‘ladi:

👉BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Tashkilot ijaraga beruvchi E-ijara xizmatida ro'yxatdan o'tkazgan ijara shartnomasini tasdiqlashi kerak. Tasdiqlash jarayonida ochiladigan ushbu oyna qanday to‘ldiriladi?

JAVOB:


Yuridik shaxs jismoniy shaxsdan turar joyni ijaraga olgan taqdirda ushbu oyna ochiladi.

Fuqarolarning doimiy yashashi uchun mo‘ljallangan joylar turar joy deb hisoblanadi.
❗️Sanoat ehtiyojlari uchun
turar joy binolarini ijaraga olish taqiqlanadi.
Turar-joy binolariga boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni joylashtirishga faqat bunday binolar noturar joylar turkumiga o‘tkazilgandan keyin ruxsat etiladi.
👉O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi 9-modda

Yuridik shaxs sifatida biron faoliyatini amalga oshirish uchun turar joyni ijaraga olishdan avval uy egasi turar joyni noturar joyga o‘tkazishi, so‘ngra ijara shartnomasini rasmiylashtirishi kerak.

Yuridik shaxs o‘z xodimi yashashi uchun turar joyni ham ijaraga olishi mumkin. Bunday holda, “Xodimlar (JShShIR bo‘yicha qidirish)” qatorida ushbu turar joyda yashovchi xodim ko‘rsatiladi.

Xodimlar JShShIRini avtomatik yuklash uchun tashkilot soliq organlariga har bir xodimning batafsil ma'lumotlari aks ettirilgan JShODS bo'yicha hisobot (5-ilova) topshirishi lozim.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#солиқ_сиёсати2025 #қонунчиликдаги_янгиликлар #ЯТТ

Якка тартибдаги тадбиркорлар 2025 йилда қанча солиқ тўлайди

2025 йилда ЯТТлар* тўлайдиган қатъий солиқ ставкалари ўзгарди ва 1 январдан шу миқдорларда ҳисобланади
2024 йилда февралдан.

Депутатлар ЯТТлар учун қатъий солиқнинг энг кам ва юқори ставкалари доирасида ҳудуд учун солиқ ставкасини белгилайди.

ЯТТларга ёлланма ишчилари даромадларидан 12% ўрнига қатъий солиқ ставкасининг ярмини тўлаш ҳуқуқи берилди.

Яна янгилик, савдо комплекслари ва бозорларда фаолият юритувчи ЯТТ ёлланма ходимлари учун ижтимоий солиқни йилига камида 1 БҲМ миқдорида тўлайди.
2024 йилда ойига БҲМ ярми тўланган

Ёлланма ходимлар учун ижтимоий солиқ 31 декабргача тўланади.
олдин 1 декабргача бўлган

*даромади 100 млн сўмдан ошмайдиган
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

2024-yilda soliq tushumlari 199 trln so’mdan oshdi

Soliq organlari tomonidan 2024-yilda respublika bo‘yicha budjetga 199,6 trln so‘m tushumlar ta’minlandi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,3%ga ko‘p.

Soliq turlari kesimida tushum (2023-yilga nisbatan o‘sish):
🔸foyda solig‘i - 52,7 trln so‘m (📈 29,1%);
🔸QQS - 39,6 trln so‘m - (📈 16,4%);
🔸JShODS - 35,4 trln so‘m - (📈 18,3%);
🔸yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq - 20,2 trln so‘m (📈 31,8%);
🔸aksiz solig‘i - 17,8 trln so‘m - (📈 17,4%);
🔸soliqsiz tushumlar* - 15 trln so‘m (o'sish kuzatilmagan);
🔸yer solig‘i - 8,2 trln so‘m (📈 19,2%);
🔸mol-mulk solig‘i - 6,8 trln so‘m (📈 33,5%);
🔸AOS - 2,8 trln so‘m (📈 17,6%);
🔸suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - 1,2 trln so‘m (📈48,3%).

*Soliqsiz tushumlar bu davlat boji, jarimalar, yig'imlar.
_____
#цифровизация #налоговые_поступления

В 2024 году налоговые поступления превысили 199 трлн сумов

В 2024 году налоговыми органами по республике обеспечено 199,6 трлн сумов поступлений. Это на 20,3% больше, чем за аналогичный период прошлого года.

В разрезе видов налогов (в сравнении с 2023 годом):
🔸52,7 трлн сумов по налогу на прибыль (📈29,1%);
🔸39,6 трлн сумов поступлений по НДС (📈16,4%);
🔸
35,4 трлн сумов по НДФЛ (📈18,3%);
🔸
20,2 трлн сумов по налогу за пользование недрами (📈31,8%);
🔸
17,8 трлн сумов по акцизному налогу - (📈17,4%);
🔸15 трлн сумов по неналоговым поступлениям* (роста не наблюдалось);
🔸8,2 трлн сумов по земельному налогу (📈19,2%);
🔸6,8 трлн сумов по налогу на имущество (33,5%);
🔸
2,8 трлн сумов по налогу с оборота (📈17,6%);
🔸1,2 трлн сумов по налогу за пользование водными ресурсами (📈48,3%).

*Неналоговые поступления - это государственные пошлины, штрафы, сборы.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

❇️Inson yuksak kamolotga erishuv yo'lida harakat qilganidek, aqliy bilimini oshirishga ham harakat qilsa, hech shubhasiz o'zi orzu qilgan baxt-saodatga erishadi

Forobiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Soliq organi kameral soliq tekshiruvini oʻtkazishdan oldin bu haqda tadbirkorlik subyektini xabardor qilishi kerakmi?

JAVOB:


Nazorat qiluvchi organlar “Xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida tadbirkorlik subyektini kamida 10 ish kuni oldin xabardor qilishi lozim.
👉 PQ-374-son 13.09.2022-yil (3-bandning “a” kichik bandi)

Soliq organlari tomonidan oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvidan oldingi tahlilda aniqlangan tafovutlar va (yoki) xatolar boʻyicha soliq toʻlovchiga soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish yuzasidan shaxsiy kabinet orqali xabarnoma yuboriladi.

Soliq toʻlovchi ushbu xabarnoma olingan kundan eʼtiboran 10 kun muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart.

Bunday majburiyatning bajarilmasligi
soliq toʻlovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos boʻladi.

👉 Soliq kodeksi 138-modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 8-yanvar

dekabr oyi uchun:


- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️8 января 2025 года - последний день

за декабрь:

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п.7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

🇺🇿 8-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarining kasb bayrami!

Bu bayram shaxs huquq va erkinliklari hamda jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishdek sharafli kasb egalarining bayrami. Prokuratura xodimlarining eng sharafli va mas'uliyatli vazifalaridan biri — bu qonuniylik va huquq-tartibot muhofaza qilishdir. Ushbu soha xodimlarining dadilligi hamda doimo yordamga tayyorligi uchun minnatdormiz!

Sizga va yaqinlaringizga mustahkam sog‘lik, baxt va farovonlik, rohat-farog‘at tilaymiz!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#tadbirkorlik #tv

«Poytaxt» informatsion dasturi

Toshkent │ Soliq qonunchiligi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari o'zgardi

Jismoniy shaxslarning uy-joy fondi obyektlari uchun mol-mulk soligʻi stavkalari 2024-yilga nisbatan indeksatsiya qilindi.

Ma'lumot uchun ❗️Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari o‘rnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bo‘lgan oraliqdagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli.

👉Soliq kodeksi 422-moddasi

BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Teletahlil #Yangihayot #Tv

🔷Yangihayot tumani 4-sektor tomonidan aholi bandligini ta'minlash, yangi ish o'rinlari yaratish tadbirkorlikni rivojlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram