TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.78K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
71 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#hamkorlik

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi delegatsiyasi Ozarbayjonda


Soliq sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi delegatsiyasi Ozarbayjon Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Davlat soliq xizmatiga tashrif buyurdi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad Ozarbayjonning soliq maʻmuriyatchiligi va soliqqa tortish sohasidagi tajribasini oʻrganish.

Har ikki tomon mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik yanada yuqori darajaga koʻtarilayotganligi va ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar chuqurlashib borayotganligini eʼtirof etdi.

Uchrashuvlarda keng qamrovli masalalar muhokama qilindi, jumladan:
- “yashirin iqtisodiyot” darajasini pasaytirish vositalari;
- soliq qonunchiligini takomillashtirish;
- soliq maʻmuriyatchiligini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari.


Oʻzbekiston tomoni Ozarbayjon Respublikasi qoʻshilgan qiymat soligʻi maʻmurchiligi sohasidagi tajribasiga alohida qiziqish bildirdi. Uch kunlik uchrashuvlar davomida Soliq qoʻmitasi vakillari QQS depozit hisobraqamni yuritish mexanizmi, QQSni qaytarish tizimi va ushbu jihatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi oʻzgarishlar bilan tanishadi.

Uchrashuv yakunida, bunday ishchi aloqalar va tajriba almashinuvi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashga hamda har ikki davlatda samarali soliq boshqaruvini yoʻlga qoʻyish boʻyicha umumiy yechimlarni ishlab chiqishga xizmat qilishi taʻkidlandi.
__________
#сотрудничество

Визит делегации Налогового комитета Узбекистана в Азербайджан

В рамках укрепления международного сотрудничества в налоговой сфере делегация Налогового комитета Республики Узбекистан посетила Государственную налоговую службу при Министерстве экономики Азербайджана. Основной целью визита стало изучение опыта Азербайджана в области налогового администрирования и налогообложения.

В ходе встречи стороны отметили высокий уровень взаимодействия между двумя странами и углубление двусторонних экономических связей.

Обсуждение охватило широкий спектр вопросов, включая:
- инструменты снижения уровня "теневой экономики";
- совершенствование налогового законодательства;
- приоритетные направления развития налогового администрирования.


Особый интерес у узбекской стороны вызвал опыт Азербайджана в области администрирования НДС. В рамках трехдневного визита представители Налогового комитета ознакомятся с механизмом работы депозитных счетов НДС, системой возврата НДС и изменениями в законодательстве, регулирующими эти аспекты.

В завершение встречи было подчёркнуто, что деловые контакты и обмен опытом способствуют укреплению взаимного сотрудничества и помогают вырабатывать общие решения для эффективного налогового управления в обеих странах.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#sessiya

🔹Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 3-sessiyasi bo'lib o'tdi.

🔹Sessiyada Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining birinchi o‘rinbosari J.Mirpulatov tomonidan Toshkent shahar Kengashining 2024-yil uchun mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq “Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi yuzasidan hisoboti navbatdagi sessiyasida tinglandi.

Shuningdek, sessiyada boshqa soha mutasaddilarining qilingan ishlari va istiqboldagi rejalarga oid ma'ruzalari tinglandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

O‘z-o‘zini band qilishning afzalliklari:

🔹Jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tishi talab etilmaydi;

🔹O`zini o`zi band qilgan shaxslar o`z faoliyatida yollanma xodimlar mеhnatidan foydalanishga hamda tadbirkorlik sub`еktlariga yollangan xodim sifatida mеhnat faoliyatini amalga oshirishga haqli emas;

✔️Tashkilotlar tomonidan o`zini o`zi band qilgan shaxslarni shartnoma asosida bir martalik xizmatlar ko`rsatish va ishlarni bajarish bo`yicha faoliyatga jalb qilishga yo`l qo`yiladi. Bunda o`zini o`zi band qilgan shaxslar mеhnatiga haq to`lash ijtimoiy soliqni hisoblab chiqish ob`еkti hisoblanmaydi;

✔️O`zini o`zi band qilish tartibida mеhnat faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i tatbiq etilmaydi;

🔹O`zini o`zi band qilgan shaxslar ma`lumotnomani
mobil ilova yoki shaxsiy kabinеt orqali yuklab olishlari yoxud soliq xizmati organiga kеlgan holda qog`oz shaklida ham olishlari mumkin;

O`zini o`zi band qilgan shaxslarni soliq xizmati organlarida ro`yxatdan o`tkazishda haq undirilmaydi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sessiya #tv

🔹Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 3-sessiyasi bo'lib o'tdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Endi ishlamagan* korxona hisobot topshirmagani uchun jarimaga tortilmaydi


🔹Xususan, quyidagi mezonlar bo‘yicha korxonani moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb hisoblash belgilanmoqda:

👉BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#barqarorlik_reytingi

🔷 Barqarorlik reytingi

Biznesni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlarga barcha eshiklarni ochish mamlakat budjetining o‘sishiga asosiy omillardan biri bo‘ladi. Davlatimiz tomonidan ko‘plab imtiyozlarning yaratilishi ham biznesni yanada rivoj topishiga xizmat qilmoqda. Tadbirkorlik subyektlarining kengayishi esa islohotlar to‘g‘ri yo‘lda ekanligini ko‘rsatadi.

O‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlarining reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘lida muntazam amaliy ishlar olib borilmoqda. Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda Uchtepa tumani soliq inspeksiyasining mas'ul xodimlari "Chiroqchi №1" MChJning reyting ballarini yanada yuqori pog'onaga ko'tarish maqsadida tadbirkorning murojaatiga asosan amaliy yordam ko‘rsatdilar va kelgusida doimiy ko‘mak berib borilishi tushuntirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini to'xtatsa yoki tugatsa uning yollanma ishchilari o'z faoliyatini davom ettirsa bo'ladimi?


JAVOB:


Yakka tartibdagi tadbirkor o'zini faoliyatini vaqtincha butunlay to'xtatgan vaqtda har bir yollangan xodim uchun berilgan hisobga olish kartochkalarini soliq organlariga topshirishi shart. Agar faoliyatini to'xtatib turgan yakka tartibdagi tadbirkor har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkasini soliq organiga belgilangan muddatlarda topshirmasa, yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari bo'yicha soliqni hisoblash to'xtatilmaydi Soliq Kodeksi 392 va 408-moddalari.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram