TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.79K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Mirobod #korrupsiya

Erkin, huquqiy va demokratik jamiyatning shakillanishida korrupsiyaga qarshi kurashish va ushbu illatga barham berish eng ustuvor masalalardan biridir. Bu borada mamlakatimizning barcha davlat organlari tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida ko'plab tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi hamda Mirobod tumani soliq xodimlari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumandagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berishdi.

Korrupsiya atalmish jamiyat kushandasi bo‘lgan ushbu illatga qarshi kurashda nafaqat davlat tashkilotlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’uldir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar #tv

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsga nisbatan moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi (jarima - bunday faoliyatdan olingan daromadning 10 foizi, lekin 1 million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda).
👉 Soliq kodeksining 219-moddasi 4-qismi

Biroq, maʻmuriy javobgarlik saqlanib qolinadi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 176-moddasi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onlayn_seminar

"Foyda solig'i va xizmatlarni import qilishda soliq hisobotlari" mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

📱Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/2YvWlBvbU0E?feature=share
___________
#онлайн_семинар

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Налог на прибыль и налоговая отчетность при импорте услуг".

📱Ссылка на семинар 👉https://youtube.com/live/2YvWlBvbU0E?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_eshiklar_kuni
#korrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurashish – har bir fuqaroning burchidir

Soliq xizmati organi xodimlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq to‘lovchilar bilan ishlaydi. Bu esa yuksak mas‘uliyat demakdir.

❗️Unutmang, Soliq qo‘mitasi rahbariyati korrupsiyaviy holatlarning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatdadir.

Qo‘mita tomonidan korrupsiya holatlarining oldini olish uchun doimiy ravishda tadbirkorlarga eslatmalar berilib, huquqiy bilimlari oshirilib borilmoqda.

Soliq qo‘mitasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasida keltirib o‘tilganidek, ochiqlik va shaffoflikka amal qilgan holda soliq to‘lovchilar bilan ochiq muloqot va ochiq eshiklar kunini o‘tkazib keladi.

Jumladan, Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan ham ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Unda Soliq qo‘mitasining markaziy apparat xodimlari ishtirok etiishdi.

Respublika bo‘ylab hududiy soliq inspeksiyalarida ham tadbir va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Namangan viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent shahri
📍Toshkent viloyati
📍Farg‘ona viloyati
📍Xorazm viloyati

Eslatib o‘tamiz, soliq xizmati organlaridagi korrupsiya holatlari haqida quyidagi aloqa kanallari orqali murojaatlar qabul qilinadi.

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish  #soliq_tushumlari

TOP-20 yirik soliq to‘lovchilar

2024-yil yanvar-noyabr oylarida 949 ta yirik soliq to‘lovchilar 101,6 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan.

Shundan:

🔷 54 trln so‘mi davlat ulushi mavjud TOP-10 ta yirik soliq to‘lovchi hisobiga;

🔷 7,8 trln so‘mdan ziyodrog‘i xususiy sektordagi TOP-10 yirik soliq to‘lovchilar hisobiga to‘g‘ri kelgan.
___________
#цифровизация #налоговые_поступления

ТОП-20 крупных налогоплательщиков

В январе-ноябре 2024 года 949 крупных налогоплательщиков уплатили более 101,6 трлн сумов налогов.

Из них:

🔷54 трлн сумов приходится на ТОП-10 крупных налогоплательщиков с долей государства;

🔷 7,8 трлн сумов приходится на ТОП-10 крупных налогоплательщиков в частном секторе.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

SAVOL:

Import qilingan tovar uchun 2-marta NDS to'lanadimi?

JAVOB:


Import qilingan tovar uchun 2-marta QQS to'lanmaydi.Yangi tahrirdagi Soliq Kodeksining 255-moddasiga ko'ra Ozbekiston Respublikasining hududi realizatsiya qilish joyi bo'lgan tovarlar xizmatlar soliq to'lovchilar sifatida soliq organlarida hisobda turmagan chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq agentlari tomonidan ushbu tovarlarni xizmatlarni aksizlar aksiz to'lanadigan tovarlar uchun va soliq hisobga olingan holda realizatsiya qilishdan olingan daromadning summasi sifatida aniqlanadi.

👉BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

Qishloq xo‘jaligi korxonalariga eslatma❗️


16-dekabrga qadar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash va hisobotni taqdim etishni unutmang.

Qishloq xoʻjaligi korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini yilda bir marta -15-dekabrdan kechiktirmay taqdim etadi

👉 Soliq kodeksi 447-modda

2024-yil uchun 10601_14-sonli hisobot shakli my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan.
📑 Hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Soliq toʻlash muddati:
▫️1-oktabrga qadar — yillik soliq summasining 70 foizi;
▫️15-dekabrga qadar — soliqning qolgan summasi.
👉Soliq kodeksi 448-modda

Ushbu soliq hisoboti suv iste'moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida shakllanadi.

15-dekabr dam olish kuni (ishlanmaydigan kun) bo‘lgani uchun hisobot taqdim etish va soliq to‘lash muddati 16-dekabrga ko‘chiriladi.
__________
#налог_за_пользование_водными_ресурсами

Памятка сельхозпредприятиям❗️

До 16 декабря сдайте отчетность и уплатите налог за пользование водными ресурсами.


Сельскохозяйственные предприятия сдают отчетность по налогу за пользование водными ресурсами 1 раз в год - не позднее 15 декабря.
👉ст.447 НК

Форма отчетности №10601_14 за 2024 год размещена на портале my.soliq.uz.
📑Инструкция по заполнению отчетности

Сроки уплаты налога:
▫️до 1 октября 70% от годовой суммы налога;
▫️до 15 декабряоставшуюся сумму налога.
👉ст.448 НК

Данная налоговая отчетность формируется на основе данных, предоставленных уполномоченным органом в области водопотребления.

Так как 15 декабря - выходной (нерабочий) день, крайний срок представления отчетности и уплаты налога переносится на 16 декабря.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilasizmi

❇️Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq bazasini aniqlashning o`ziga xos xususiyatlari
qanday?

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq bazasi bo`lib Soliq kodeksining 463-moddasiga muvofiq hisoblab chiqilgan, uning tadbirkorlik faoliyati doirasida olingan jami daromadi hisoblanadi.

Jismoniy shaxs o`z tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq bitimlarni tuzishda o`zining yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat ko`rsatayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish holatining o`zidan yaqqol kеlib chiqmasa, ko`rsatishi shart.

Soliq solishda yakka tartibdagi tadbirkorning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i solinadigan, uning tadbirkorlikni amalga oshirish bilan bog`liq bo`lmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari hisobga olinmaydi. Soliq kodeksi 465-modda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Shayxontohur #muhokama

Jinoyatchilikka qarshi kurashishda barchamiz mas'ulmiz

🔹Joriy yilning 12-dekabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari tomonidan Shayxontohur tumanidagi Chorsu mahallasida sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

🔹Ushbu yig'ilishda yuqorida qayd etilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan nima sababdan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi bo‘yicha tushunchalar berilib, mahalla yettiligi, aholi faollari va yoshlar bilan o‘zaro fikr almashildi.

🔹Yig'ilishdan maqsad kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish bilan bir qatorda aholining bo‘sh vaqtini unumli ishlarga jalb qilish, xalqimizning tinch-totuv, erkin va farovon yashashlariga xizmat qilishga qaratilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda Toshkent shahrida 2025-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qo‘llaniladigan koeffitsentlarni belgilash to‘g‘risidagi shahar xalq deputatlari Kengashi qarori loyihasi muhokamasi o'tkazildi.

🔹Mazkur muhokamada Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosarlari va sho'ba boshlig'i ishtirok etib xalq deputatlarga soliq stavkalariga kiritilayotgan o'zgarishlarni taqdimot tarzida mazmun-mohiyati tushuntirilib berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram