TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.9K subscribers
12.5K photos
1.33K videos
74 files
5.1K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#soliq_kodeksi

34
-bob. Soliq bazasi

🔹252-modda. Transportda tashishni amalga oshirishda soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari

Yo‘lovchilarni, bagajni, yuklarni yoki pochtani temir yo‘l, avtomobil, havo yoki daryo transportida tashishlar amalga oshirilganda soliq bazasi soliqni qo‘shmagan holdagi tashish qiymati sifatida aniqlanadi.
Imtiyozli tariflar bo‘yicha yo‘l hujjatlari realizatsiya qilinganda soliq bazasi ushbu imtiyozli tariflardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

👉BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

34
-bob. Soliq bazasi

🔹253-modda. Muddatli bitimlar bo‘yicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari

Muddatli bitim deganda shartnomada belgilangan muddat tugagach bevosita ushbu shartnomada ko‘rsatilgan narx bo‘yicha tovarlar yetkazib berilishini (xizmatlar ko‘rsatilishini) taqozo etadigan bitim tushuniladi.
Muddatli bitimlar bo‘yicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda soliq bazasi ushbu tovarlarning (xizmatlarning) bevosita shartnomada ko‘rsatilgan, lekin realizatsiya qilingan sanadagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan qiymatdan past bo‘lmagan qiymati sifatida aniqlanadi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

34
-bob. Soliq bazasi

🔹254-modda. Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasini aniqlash tartibi

Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasi quyidagilarni qo‘shgan holda hisoblab chiqarilgan ushbu tovarlarning qiymati sifatida aniqlanadi:

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

34
-bob. Soliq bazasi

🔹255-modda. Tovarlar (xizmatlar) chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinganda soliq agentlari tomonidan soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari

O‘zbekiston Respublikasining hududi realizatsiya qilish joyi bo‘lgan tovarlar (xizmatlar) soliq to‘lovchilar sifatida soliq organlarida hisobda turmagan chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq agentlari tomonidan ushbu tovarlarni (xizmatlarni) aksizlar (aksiz to‘lanadigan tovarlar uchun) va soliq hisobga olingan holda realizatsiya qilishdan olingan daromadning summasi sifatida aniqlanadi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

34
-bob. Soliq bazasi

🔹256-modda. Davlat mol-mulki bilan operatsiyalar amalga oshirilganda soliq agentlari tomonidan soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari

O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mol-mulki ijaraga berilganda, davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha vakolatli organ soliq agenti deb e’tirof etiladi. Bunday hollarda soliq bazasi bunday mol-mulkning soliq hisobga olingan holdagi ijara shartnomasida belgilangan ijara to‘lovi miqdorida soliq agenti tomonidan aniqlanadi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

34
-bob. Soliq bazasi

🔹257-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish

Soliq to‘lovchida soliq bazasiga tuzatish kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
1) tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;
2) ko‘rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda;
3) bitim shartlari o‘zgarganda, shu jumladan jo‘natilgan tovarlarning, ko‘rsatilgan xizmatlarning narxi va (yoki) soni (hajmi) o‘zgarganda;

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

36-bob. Nol darajali stavka bo‘yicha
soliq solinadigan aylanma

🔹260-modda. Eksport operatsiyalariga va ularga tenglashtirilgan operatsiyalarga soliq solish

Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solish quyidagilar realizatsiya qilinganda amalga oshiriladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga olib chiqilgan tovarlar;
2) ilgari O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil bo‘lgan) tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar va (yoki) qoldiqlar);

👉BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram