TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12.2K photos
1.3K videos
71 files
4.93K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#uchrashuv

Soliq qo'mitasi rahbariyatining biznes vakillari bilan ochiq muloqotlari davom etmoqda


Soliq qo'mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev bilan navbatdagi yuzma-yuz uchrashuv Shayxontohur va Yunusobod tumanlari tadbirkorlari ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda.

Sh.Kudbiyev bugungi kunda "Soliq" mobil ilovasida tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyat va qulayliklar xususida so‘z yuritdi.

Shunigdek, uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan masalalar muhokama qilinyapti.

Xususan, tadbirkorlar faoliyatida yuzaga kelayotgan yangi loyihalarni ishga tushirish, eksport hajmini oshirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, kommunnikatsiya tarmoqlariga ulanish bilan bog'liq muammolar haqida so‘z yuritib, mas’ullar tomonidan ularning yechimi bo‘yicha takliflar bildirilmoqda.
____________
#встреча

Очередная встреча председателя Налогового комитета с предпринимателями


Проходит встреча председателя Налогового комитета Шерзода Кудбиева с предпринимателями Шайхантахурского и Юнусабадского районов Ташкента.

Ш.Кудбиев презентовал новые возможности мобильного приложения Soliq для бизнеса.

В ходе встречи также обсуждаются вопросы, препятствующие развитию предпринимательской деятельности.

В частности, предпринимателями озвучиваются проблемы, связанные с запуском в своей деятельности новых проектов, увеличением объемов экспорта, совершенствованием производственных циклов, подключением к коммуникационным сетям, а также выдвигаются предложения по их решению.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#seminar
#kuz_qish

Energiya resurslaridan oqilona foydalanish va uni iqtisod qilish yuzasidan seminar tashkil etildi

Davlatimiz rahbarining tegishli topshirig’i asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prokuratura, vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat ishchi guruhi tashkil etilgan bo’lib, kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish, aholini energiya resurslari bilan ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan qator ishlar olib borilmoqda.

Shu boisdan joriy yilning 4-dekabr kuni tegishli tashkilotlar hamkorligida mamlakatimizda kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazishga mas’ul bo’lgan bir qator soha mutaxassislari uchun seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda Toshkent shahar sektor rahbarlari ham ishtirok etishib, qilinishi kerak bo’lgan ishlarni belgilab olishdi.

Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan energetik xavfsizlik, samaradorlik, resurslarni iqtisod qilish imkoniyati ilmiy yechimlar asosida tushuntirish ishlari berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_eshiklar
#korrupsiya

🔹Toshkent shahar soliq boshqarmasi "Shaxsiy xavsizlik bo’limi" tomonidan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag’ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o’tkazildi. Unda Soliq xizmati xodimlari bilan birgalikda tadbirkorlar hamda oliy o'quv yurti talabalari ham ishtirok etishdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 5-dekabr

noyabr oyi uchun:


- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism).
____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️5 декабря 2024 года - последний день

за ноябрь:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Yashil_makon #4_sektor #Bektemir

🌿Poytaxtimiz bo'ylab “Yashil makon” loyihasi doirasida tadbirlar davom etmoqda. Xususan joriy yilning 4-dekabr kuni poytaxtimizdagi Bektemir tumani hududida ushbu aksiya doirasida ko'chat ekish tadbirlari bo'lib o'tdi.

Unda Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ul rahbarlari hamda tuman soliq inspeksiyasi xodimlari va boshqa idora va tashkilot mas'ullari bilan birgalikda ikki ming tubdan ziyod manzarali ko'chatlar umummilliy loyihasi doirasida ekildi.

Ushbu tashabbus nafaqat atrof-muhitni asrash, balki shahrimiz aholisi uchun qulay va go‘zal yashash muhiti yaratishga qaratilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Foyda solig'i bo'yicha bonak to'lovlar kimlar tomonidan to'lanadi?

JAVOB:


Soliq kodeksining 340-moddasiga muvofiq, jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda besh milliard so'mdan oshadigan soliq to'lovchilar ushbu moddaning uchinchi oltinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik bonak to'lovlarini hisobot davri har bir oyining yigirma uchinchi kunidan kechiktirmay to'laydi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram