TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.73K subscribers
13.5K photos
1.45K videos
79 files
5.64K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq qonunchiligidagi yangiliklar hamda kiritilgan o'zgarishlarni keng jamoatchilikka yetkazish uchun Toshkent shahar Jamoatchilik bilan aloqalar va Yuridik sho'ba boshliqlari ishtirokida davra suhbati.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

34
-bob. Soliq bazasi

🔹248-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi

Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bazasi ushbu Kodeksning 176-moddasi talablarini hisobga olgan holda, aksiz solig‘ini (aksiz to‘lanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qo‘llanilgan narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi.

👉BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #ozini_ozi_band_qilish

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar o‘sish dinamikasi

2024-yil 1-noyabr holatiga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 4,2 mln nafardan oshdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 83,8 % ga (1,9 mln nafar) ortiq.

📊Oʻsish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar (01.11.2023-yilga nisbatan):
🔸
maishiy xizmatlar – 125,2% (985,7 mingta);
🔸ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish – 108,1 % (205,6 mingta);
🔸axborot-kommunikatsiya – 94,1 % (53 mingta).
_____
#цифровизация #самозанятость

Динамика роста числа самозанятых

По состоянию на 1 ноября 2024 года число самозанятых превысило 4,2 млн. Это на 83,8% (1,9 млн) больше в сравнении с таким же периодом прошлого года.

📊Отрасли с самыми высокими показателями роста (в сравнении с 01.11.2023 года):
🔸
бытовое обслуживание – 125,2% (985,7 тыс.);
🔸производство и обслуживание – 108,1% (205,6 тыс.);
🔸информационно-коммуникационные услуги – 94,1% (53 тыс.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#korrupsiya #Sergeli

🔷Biz korrupsiyaga qarshimiz!

Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlardan kelib chiqib, Soliq xizmati organlarida ham bu illatning oldini olish va bartaraf etish nuqtai nazaridan muntazam ravishda targ'ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Sergeli tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumandagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berishdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#YTT

YTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari

Yakka tartibdagi tadbirkor va xodim o‘rtasida yozma shakldagi mehnat shartnomasi tuzadi.
👉VMQ-707-son 22.11.2021

📃Mehnat shartnomasi namunasi

▫️Mehnat shartnomasining amal qilish muddati yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.

▫️Mehnat shartnomasi ikki nusxada tuziladi: bir nusxasi yakka tartibdagi tadbirkorda, ikkinchisi xodimda qoladi.

▫️Mehnat shartnomasida quyidagilar talab qilinmaydi:
✖️yakka tartibdagi tadbirkorning imzosini muhr bilan tasdiqlash;
✖️ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtirish.

✔️Xodimning mehnat stajini hisoblash budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.

❗️Yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodimlarni yollash huquqiga ega
____________
#индивидуальный_предприниматель

Особенности заключения трудового договора между индивидуальным предпринимателем и наемным работником

При найме работника индивидуальный предприниматель заключает с ним в письменной форме трудовой договор.
👉ПКМ от 22.11.2021 №707

📃Образец трудового договора

▫️Срок заключенного с наемным работником трудового договора не должен превышать срок действия Свидетельства о государственной регистрации индивидуального предпринимателя.

▫️Трудовой договор составляется в двух экземплярах: один остается у индивидуального предпринимателя, второй - у работника.

▫️В трудовом договоре не требуется:
✖️заверение печатью подписи индивидуального предпринимателя;
✖️оформление приказа о приеме на работу.

✔️Исчисление трудового стажа работника осуществляется на основании сведений об уплате социального налога во внебюджетный Пенсионный фонд.

❗️Индивидуальные предприниматели имеют право нанимать до 5 работников

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Inson tabassumi bilan tarbiyasini, nimaga kulgani bilan saviyasini namoyon qiladi.

Jaloliddin Rumiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

YaTT qat'iy belgilangan miqdorda soliqni qaysi sanagacha to'lashi lozim?

🔹O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 392-moddasi ga ko'ra, qat'iy belgilangan miqdorda soliq to'lash xohishini bildirgan soliq to'lovchi soliqni har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 15- sanasidan kechiktirmay, qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda to'lashi belgilangan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#korrupsiya #Yakkasaroy

Korrupsiya uchun jazo muqarrar

Mamlakatimiz rivojiga to'siq bo'layotgan omillardan biri — bu korrupsiya ekani hech kimga sir emas. Bugun ushbu illatga qarshi kurash doimiy hamda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Yakkasaroy tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumandagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berishdi.

Targ'ibot tadbirlari davomida tadbirkorlar bilan suhbatlar o'tkazildi va mazkur holatlarga duch kelinganda qayerga murojaat qilish kerakligi to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar berilib, maxsus flayerlar tarqatildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#TTY

Yuklarni temir yoʻl orqali tashishda elektron TTYni rasmiylashtirish takomillashtirildi

Avval xabar berilganidek, joriy yil 1-apreldan yirik soliq toʻlovchilar va 1-iyuldan barcha xoʻjalik subyektlari uchun tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etilgan.

Soliq qoʻmitasi tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun qulaylik yaratish maqsadida elektron tovar-transport yuk xatlari tizimi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning yagona darcha tizimiga integratsiya qilindi.

Endilikda, temir yoʻl orqali yuk joʻnatishda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan ajratilgan vagonlar boʻyicha ID raqamini elektron TTY tizimiga kiritish orqali

▫️yuk joʻnatuvchi va yuk oluvchi;
▫️yuklash va yetkazish manzillari (stansiyalar);
▫️vagon turi va raqami;
▫️yuk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (tovarlar nomi, miqdori);
▫️tashish masofasi;
▫️tashish narxi haqidagi maʼlumotlar avtomatik shakllantiriladi.
__________
#ТТН

Усовершенствовано оформление электронных ТТН при перевозке грузов железнодорожным транспортом

Как известно, с 1 апреля 2024 года - для крупных налогоплательщиков, а
с 1 июля 2024 года - для всех хозяйствующих субъектов внедрена система оформления товарно-транспортных накладных (ТТН) в электронном виде.

В целях создания удобства для субъектов предпринимательства Налоговый комитет интегрировал систему электронных товарно-транспортных накладных с системой единого окна АО «Ўзбекистон темир йўллари».

Теперь при отправке грузов железнодорожным транспортом и вводе в системе электронных ТТН ID-номера по вагонам, выделенным АО Ўзбекистон темир йуллари», автоматически формируются сведения о:

▫️грузоотправителе и грузополучателе;
▫️адресах погрузки и разгрузки (станциях);
▫️типе и номере вагона;
▫️грузе (наименование, количество товара);
▫️расстоянии доставки;
▫️стоимости доставки.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads