#korrupsiya #seminar
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz hamda Jaholatga qarshi ma'rifat mavzularida seminar tashkil etildi
Bugungi kunda korrupsiya muammosi jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Ushbu illatga qarshi kurashishda davlatamizda muhim chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Shuningdek mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va xotirjamlik uchun shukrona keltirish, uni asrab-avaylashga har bir yurtdoshimiz mas'ul ekanligiga ham alohida urg'u beriladi.
Joriy yilning 8-noyabr kuni Toshkent shahar Soliq boshqarmasida 20-oktabrdan 20-noyabrga qadar korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi munosabati bilan jamoviy davra seminari tashkil etildi. Unda Toshkent shahar prokuraturasi Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida nazorat bo'limi prokurori D.Dusmatov va Din ishlari bo'yicha qo'mitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi Olmazor tuman bosh mutaxassisi, "Ma'rifiy targ'ibot markazi" direktor o'rinbosari M.Xidirov hamda boshqarmaning shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimi D.Vaxabov va Yuridik sho'ba boshlig'i S.Nekovlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida Insonlar ongini egallashga bo'layotgan aksariyat ma'naviy xurujlar diniy niqobga o'ralayotganligi, bunda ayniqsa yoshlarimizni asrab-avaylashga mas'ul ekanligimiz muhimligi alohida ta'kidlanib, buzg'unchi g'oyalar bilan yo'g'irilgan turli materiallar ta'siriga bugun ayrim yoshlarimiz tushib qolayotganligi dalil va raqamlar keltirilgan holda so'z yuritildi. Soliq tizimi xodimlari ham avvalo ota-ona sifatida farzand tarbiyasida mana shu jihatlarga jiddiy e'tiborda bo'lishi zarurligi aytildi.
Xususan, seminar davomida yoshlarni jamiyatga zid bo'lgan yot g'oyalardan asrash, turli ekstremistik va terroristik guruhlar ta'siriga tushib qolishlariga yo'l qo'ymaslik, o'qish, ish jarayonlarida korrupsiya holatlariga yo'l qo'ymaslik, farzandlarni Vatanga muhabbat tuyg'usida voyaga yetkazish zarurligi haqida shuningdek, vijdon erkinligi hamda diniy bag'rikenglik kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatiga doir muhim tavsiyalar berildi.
Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram

#Uchrashuv #seminar #barqarorlik_reytingi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-39-sonli qarorining hamda ushbu PQ-39 son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-yanvardagi 55-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to'g'risida”gi nizomni yetkazish maqsadida joriy yilning 8-noyabr kuni Toshkent Davlat Transport Universitetida tahsil olayotgan yoshlar uchun mahorat darsi tashkil etildi.
Unda Toshkent shahar Soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari A.Abdrasulova, Z.Xalmurzaevalar O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat Palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va loyiha ofislari bilan ishlash bo'limi bosh mutaxassisi X.Madaliyev hamda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi xorijiy va kasbiy tillarini rivojlantirish NTM o'qituvchisi A.Soatovlar ishtirok etishdilar.
Mahorat darsi davomida mas’lullar tomonidan yuqorida ko’rsatilgan qaror va nizomning mazmun mohiyati talabalarga yetkazildi. Shuningdek, tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga to’liq javoblar berildi.
Jumladan, tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi hamda Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida toʻliq tushuncha berilib, kichik biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar samarasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#quyoshli_xonadon
Quyoshli xonadon: 9 oyda 6 ming nafardan ortiq fuqaroga 8,9 mlrd so‘mlik subsidiya hisoblandi
Ma'lumki, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 6 ming nafardan ortiq jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan ☀️quyosh energiyasi uchun 8,9 milliard so‘m (8,9 million kVt/soat) subsidiya oldi.
Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:
📍 Xorazm viloyati - 2,1 mlrd so‘m;
📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 1,5 mlrd so‘m;
📍 Toshkent shahri - 1,2 mlrd so‘m.
Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasining “Keshbek” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Quyoshli xonadon: 9 oyda 6 ming nafardan ortiq fuqaroga 8,9 mlrd so‘mlik subsidiya hisoblandi
Ma'lumki, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 6 ming nafardan ortiq jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan ☀️quyosh energiyasi uchun 8,9 milliard so‘m (8,9 million kVt/soat) subsidiya oldi.
Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:
Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasining “Keshbek” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YTT #qayta_aloqa
– Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyatimni to‘xtatsam ham nima sababdan menga ijtimoiy soliq hisoblanyapti?
Yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ (Davlat xizmatlari markazlari) orqali tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turgan bo‘lsa, soliq organi keyingi ish kundan kechiktirmay bu haqda axborot oladi va YTTning o‘ziga ijtimoiy soliq hisoblashni to‘xtatadi.
Agar faoliyatini to‘xtatayotgan YTTning yollangan xodimlari bo'lsa, har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkalarini o‘zi hisobda turgan soliq organiga taqdim etishi lozim.
Buning uchun, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishi va 1 ish kunidan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organiga xabarnoma yuborishi lozim. Davlat soliq xizmati organi xabarnoma qabul qilingan kunning o‘zida xodimni hisobga qo‘yish kartochkasini bekor qiladi.
Ushbu kartochkalar YTTning xodimlariga ijtimoiy soliqni hisoblashni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi.
Agar faoliyatini to‘xtatib turgan YTT har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkasini soliq organiga topshirmasa, ular uchun ijtimoiy soliq hisoblanishi to‘xtatilmaydi.
Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

EHF va ETTYni birlashtirish loyihasi muhokama qilindi
Soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida elektron hisobvaraq-faktura (EHF) va elektron tovar-transport yuk xati (ETTY)ni birlashtirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihada:
▫️ tovarlarni realizatsiya qilish transport orqali tashish bilan bir vaqtda amalga oshirilganda, EHF va ETTYni birlashtirgan holda rasmiylashtirish;
▫️standart shakldagi EHF va ETTYni alohida ixtiyoriy rasmiylashtirish imkoniyati saqlab qolish;
▫️ ayrim faoliyat turlarining xususiyatidan kelib chiqib, ETTYni rasmiylashtirishning oʻziga xos tomonlari (tuzatuvchi va bir tomonlama ETTYni rasmiylashtirish, tovarlarni qayta ishlash hamda pochta va kuryerlik xizmati orqali tashish) tartibga solish koʻzda turilgan.
Soliq qoʻmitasi tomonidan mazkur loyihani muhokama qilish maqsadida Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda biznes vakillari tomonidan bildirilgan takliflar asosida qaror loyihasi yanada takomillashtirilmoqda.
Shuningdek, loyiha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi bilan birgalikda ko‘rib chiqilmoqda.