TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12K photos
1.27K videos
68 files
4.82K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Bektemir #korrupsiya

🔹Bugungi kunda korrupsiya illati ba’zi jamiyatlar taraqqiyotiga katta to‘siq bo‘layotgani va shu sababdan korrupsiyaga qarshi kurashish dunyo miqyosida global muammolardan biriga aylangani hech kimga sir emas. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan.

Bu borada Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Bektemir tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tuman hududidagi savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berishdi.

Korrupsiya atalmish jamiyat kushandasi bo‘lgan ushbu illatga qarshi kurashda nafaqat davlat tashkilotlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’uldir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

33-bob. Soliq solishdan ozod etish


🔹243-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma

Agar ushbu Kodeksning 260-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagilarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi:

👉BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#nazorat_tadbiri #yashirin_iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyotga qarshi o‘tkazilgan 1 315 ta nazorat tadbirlarida huquqbuzarlik holatlari aniqlangan


 Soliq organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida, umumiy ovqatlanish sohasida onlayn – NKTdan foydalanish hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ayrim tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning sentabr-oktabr oylarida o‘tkazilgan 1 315 ta nazorat tadbirlarida qator huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. Natijada huquqbuzarlarga nisbatan jami 10,8 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Umumiy ovqatlanish sohasida :

▫️ 960 ta holatda xaridorga onlayn-NKTdan 117,4 mln so‘mga chek berilmaganligi hamda 529,8 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;
▫️113 ta holatda 141 nafar norasmiy ishchilar faoliyat yuritayotganligi;
▫️63 ta holatda markirovkalanmagan 4,6 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi;
▫️15 ta holat (nazorat xaridi)da to‘lovlarni jismoniy shaxslarning bank plastik kartochkalariga o‘tkazish orqali amalga oshirilganligi;
▫️ 41 ta holatda foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalarini soliq organlari axborot tizimlariga integratsiya qilinmaganligi aniqlangan.

Makirovkalash qoidalariga rioya qilinishi (121 ta dori vositalari va tibbiy buyumlar 114 ta alkogol, 84 ta tamaki, 34 ta maishiy texnika sotuvchilar):

▫️343 ta holatda onlayn-NKTdan 32,4 mln so‘mga chek berilmaganligi hamda 283,2 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;

▫️ 47 ta holatda markirovkalanmagan 63,4 mln so‘mlik mahsulotlar savdoga qo‘yilganligi;
▫️21 ta holatda 6,3 mln so‘mlik aksiz markasiz va hujjatsiz alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Soliq qo‘mitasi xodimlari tomonidan alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi «U.Sh» MCHJda o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvida:
▫️ 31,1 mln so‘mlik tovar moddiy zaxiralari qoldig‘i omborlarda mavjud emasligi;
▫️38,9 mln so‘mlik tovar moddiy zaxiralari qoldig‘i omborlarda ortiqchaligi;
▫️960,9 mln so‘mlik 139,4 ming dona ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlar buxgalteriyada aks ettirilmaganligi;
▫️1 507,4 mln so‘mlik 199 ming dona ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlari bo‘yicha maʼlumotlar “Asl belgisi” axborot tizimiga yuborilmaganligi;
▫️7 nafar ishchilarning ish haqi summasi hisobotda aks ettirilmaganligi aniqlandi.

Natijada SK 223- va 227 prim 1- moddalariga asosan korxonaga nisbatan 426,7 mln so‘m moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Ijtimoy tarmoq, elektron platformalarda sotiladigan tovar va xizmatlar uchun ham fiskal chek berilishi kerakligini bilasizmi?

Знаете ли, что за продажу товаров и оказание услуг в социальных сетях и на электронных площадках нужно выдавать фискальный чек?
Anonymous Poll
54%
Albatta, lekin hech qachon chek berishmaydi/Безусловно, но чеки никогда не дают
22%
Chek talab qilish kerakligini bilmas edim/Не знал(а), что нужно требовать чеки
24%
Men ijtimoiy tarmoqlardan xarid qilmayman/Не делаю покупки в социальных сетях
Ijtimoiy tarmoqdan xarid chekisiz sotib olingan tovar va xizmatlar uchun iste'molchi huquqlari himoyalanmasligini bilasizmi?

Знаете ли, что в случае покупки товара или услуг в социальных сетях без выдачи фискального чека права потребителя не защищены?
Anonymous Poll
48%
Yo'q bilmagan edim/Нет, не знал(а)
52%
Ha, huquqlarim kafolatlanmasligini bilaman/Да, понимаю риски
#MXIK

Yuqori likvidli mahsulotlarni EHF orqali realizatsiya qilishda qatʻiy biriktirilgan oʻlchov birliklaridan foydalaniladi


Soliq organlarining tahlillarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan sotilayotgan tovarlar miqdori, oʻlchov birligi va qiymatida katta farqlar aniqlanmoqda. Bu haqda avval ham bir necha bor xabar qilingan edi.

Oʻlchov birliklari yoki tovarlar miqdori notoʻgʻri koʻrsatilganligi sababli:
▫️sotilgan tovarlar tannarxining haqiqiy holati buzilishi;
▫️tovarlar harakatini nazorat qilish qiyinlashishi;
▫️soliq hisobotlarini topshirishda savollar koʻpayishi mumkin.

Mazkur xatoliklarni bartaraf qilish va ularning oldini olish maqsadida, yuqori likvidli mahsulotlarning MXIK roʻyxati shakllantirildi.

📌Endilikda👉 mazkur roʻyxatdagi yuqori likvidli mahsulotlarni EHF orqali realizatsiya qilishda qatʻiy biriktirilgan oʻlchov birliklaridan foydalaniladi.

Uzbekistan global xalqaro mahsulot raqamlash tizimi (GS1) maʼlumotlari asosida yuqori likvidli tovarlar uchun yaratilgan MXIKlarning o'lchov birliklari saqlanib qolinadi.

Ushbu mahsulotlar chakana savdoda Onlayn-NKM cheklari orqali realizatsiya qilinganda tasnif.soliq.uz saytida ko'rsatilgan o'lchov birliklaridan foydalanish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Audio
#JSHODS

"Maryam soliqlar haqida bilib oladi" audiokitobining yangi qismini tinglang!

Uchinchi qismda Maryam jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bilan tanishadi 💼💰

Bu soliq ish haqi va boshqa daromadlardan ushlab qolinadi.

Maryam nima uchun biz bu soliqni to‘lashimiz, yig‘ilgan mablag‘lar qayerga ketishi va ular maktablar, kasalxonalar va boshqa muhim ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishga qanday yordam berishi haqida bilib oladi.

Audiokitobni butun oila bilan tinglang va farzandlaringizga har bir kishi o‘z hissasini qo‘shsa, bu atrofimizdagi hayotni yaxshilashga yordam berishini tushuntiring.

🎧1-qism mol-mulk va yer solig'i haqida
🎧
2-qism QQS haqida

Kitob muallifi: Irodaxon Abbosxonova, Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

❇️Hech qachon birovning siz haqingizdagi xulosasiga quloq tutmang. Hatto suv ustida yura olganingizda ham "Qaranglar, u suza olmas ekan" deguvchilar topiladi...

Margaret Tetcher

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

🔹Qayta tashkil etilganda soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari qanday?

🔸Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda uning soliq majburiyati ushbu moddada belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda, ushbu Kodeksning 92-moddasiga muvofiq o‘zining huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan bajariladi.

Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, qayta tashkil etish shaklidan qat’i nazar, qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga qo‘yilgan va (yoki) ushbu shaxs tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) olishda (olib kirishda) to‘langan, lekin u tomonidan hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq summasi ushbu bo‘limda nazarda tutilgan tartibda ushbu yuridik shaxsning huquqiy vorisida, agar huquqiy voris soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, hisobga olinishi lozim.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart


EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

🔸elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal va aloqa xizmatlari;
🔸temir yoʻlda tashish;
🔸transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🔸quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
🔸tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.


Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

❗️Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingi halol biznesni rag'batlantirishga asoslanadi

O‘zbekistonda 2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etildi.
👉PQ-39-son, 23.01.2024-y.

Tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:
▪️“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
▪️“BBB”, “BB” va “B” toifalar – oʻrta barqarorlik reytingi;
▪️“CCC”, “CC” va “C” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
▪️“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Ushbu reytingda past ball olgan korxonalarga jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlarni rag‘batlantirish choralari nazarda tutilgan.

4-noyabr holatiga Toshkent shahrida Davlat xizmatlari markazidan qonuniy ro‘yxatdan o‘tgan holda jami 102 212ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat olib bormoqda va bulardan

“AAA”- 574, “AA”- 1481, “A”- 1859 ta

“BBB”- 6440, “BB” - 10 086, “B”- 12 438 ta

“CCC”,- 6708, “CC”-19 530, “C”-16 410 ta

“D”-26 686
nafarni tashkil etmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qayta_aloqa

2024-yil sentabr oyida Soliq qo'mitasi Call-markazi 65 521 ta murojaat qabul qilgan

BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Prezident #yashirin_iqtisodiyot

"To‘g‘ri ishlayotgan, tushumlarini to‘liq ko‘rsatib, soliqlarini o‘z vaqtida to‘layotgan tadbirkorlar bir narsadan hotirjam bo‘lsin. Bunday tadbirkorlarni biz har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz
"

Sh. Mirziyoyev


Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Bektemir #korrupsiya

🔷Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat tashkilotlarining birgalikdagi harakatlari, samarali natijalarga erishishda muhim vazifa bo'ladi.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Bektemir tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda tuman hududida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, targ'ibot ishlari olib borildi hamda huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgan taqdirda tashkil etilgan aloqa kanallari to'g'risida tushunchalar berishdi.

Bunday holatlarga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz masʼuldirlar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 14 baravarga ko‘paydi


Hozirda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” elektron onlayn platformasida jami 550 ming ta tadbirkorlik subyekti baholangan.

Umumiy yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 14 baravarga oshib, jami 10 ming dan oshdi.

Joriy yilning 4-noyabr holatiga:

🟢AAA - 1697 ta
🟢AA - 4101 ta
🟢A - 4946 ta

O‘rta reytingdagi tadbirkorlar soni 2,8 baravarga oshib, 90 ming taga yetdi.

🔵ВВВ - 16 964 ta
🔵ВВ - 30 080 ta
🔵В - 42 866 ta

🔴Quyi rengtingdagi tadbirkorlar soni 1,2 baravarga kamayib, jami 228 ming taga yetdi.

Hududlar kesimida yuqori reytingga ega tadbirkorlar:

📍Toshkent shahrida - 3,9 ming ta;
📍Toshkent viloyatida - 1,1 ming ta;
📍Samarqand viloyatida - 966 ta.

AAA reytingdagi tadbirkorlarning 837 tasiga 1, 3 trln so‘mlik QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlarning barqarorlik reytingidagi "AAA" toifali eng yuqori ballga ega bo'lgan tadbirkorlarga QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi xechqanday tekshiruvlar o'tkazilmagan holda necha kunda qaytariladi?
Anonymous Poll
13%
2-kunda qaytariladi
54%
1-kunda qaytariladi
14%
5-kunda qaytariladi
19%
3-kunda qaytariladi