TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yunusobod #mahalla_yettiligi #seminar #barqarorlik_reytingi

🔷Yunusobod tumanida seminar tashkil etildi

Yunusobod tumanida Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni yetakchi inspektori ishtirokida tadbirkorlar, shuningdek, "mahalla yettiligi" tizimi mas'ullari uchun seminar tashkil etildi.

Unda tadbirkorlikka berilgan yengillik va imtiyozlar to‘g‘risidagi Prezident qaror va farmonlari, shuningdek, "yettilik tizimi" asosida Soliq xizmati xodimlarining mas'uliyati yanada ortganligi sababli joylardagi tadbirkorlik subyektlarini izchil tarzda o‘rganib, ularning mavjud muammolarini bartaraf etishda ko‘maklashish, soliq bazasini kengaytirish, tushumlarni o‘z vaqtida jalb etish, vakolat doirasidan chetga chiqmaslik bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida o‘zgaritish kiritilgan qonunlarni o‘z vaqtida, sifatli, ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida bajarish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar ko‘rsatilib, xodimlar tomonidan yo‘llangan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yunusobod #seminar #barqarorlik_reytingi #mahalla_yettiligi

🔷Yunusobod tumanida tadbirkorlar hamda "mahalla yettiligi" tizimi mas'ullari uchun seminar tashkil etildi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #Chilonzor #hamkorlik #nazorat_tadbiri

🔷Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi hamda Soliq xizmati xodimlari hamkorligida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida poytaxtimizdagi savdo majmualarida ish yuritadigan tadbirkorlik subyektlarinig faoliyati o'rganilmoqda. Unda QR-kodli chek taqdim etmaslik, soliq bazasini yashirib ko‘rsatish maqsadida savdodan tushgan naqd pullarni onlayn-NKM xotirasiga kiritmaslik, xodimlarni mehnat shartnomasisiz ishlatish kabi aniqlangan holatlar bartaraf etilmoqda.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #korrupsiya

🔷 Yunusobod tumani soliq inspeksiyasi xodimlari bilan profilaktik suhbat o'tkazildi

Toshkent shahar soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ullari poytaxtimiz tumanlari bo'ylab Soliq sohasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan korrupsion holatlar va ularning oldini olish to'g'risida targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelmoqdalar.

Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Ichki ishlar bosh boshqarmasi vakili taklif etilgan holda Yunusobod tumani soliq inspeksiyasining Shaxsiy tarkib xodimlari bilan tashkil etildi. Tashkilotchilar qatnashchilar bilan sohadagi huquqbuzarliklarga oid profilaktik suhbat olib borib, ularga huquqiy tushunchalar berdi.

📌Shuni alohida ta'kidlash joizki, har bir tizimning adolatli va shaffof bo'lishi yurtimizni taraqqiyotga yetaklaydi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #sayyor_qabul

Aholi muammolari o‘z yechimini topmoqda

Sayyor qabul o‘tkazish tizimi fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish va ijobiy hal etish, muhim ma’lumotlar va qonunchilikdagi yangiliklarni aholiga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu maqsadda Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining topshirig‘iga asosan, poytaxtimizning Yunusobod tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari hamda tuman 4- sektor rahbari ishtirok etdi.

Qabulda 50 dan ziyod fuqaro o‘z murojatlari bilan ishtirok etdi. Subsidiya asosida 6 nafar fuqaroga tikuv mashinasi, 2 nafariga moddiy yordam, 5 ta fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari berilgan bo‘lsa 4 nafar murojatchining sog‘ligini tiklsh uchun yo‘llanma berilgan bo‘lsa, 5 nafar fuqaroning maktabgacha ta‘lim muassasasiga yo‘llanma masalasi shu joyning o‘zida hal etildi. Qolgan masalalar o‘rganib chiqish uchun mas'ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yunusobod #sayyor_qabul

Aholi muammolari o‘z yechimini topmoqda

Sayyor qabul o‘tkazish tizimi fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish va ijobiy hal etish, muhim ma’lumotlar va qonunchilikdagi yangiliklarni aholiga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #nazorat_tadbiri #yashirin_iqtisodiyot

🔷Tovar va xizmatlar uchun xarid cheki bermagan tadbirkorlarga chora koʻrilmoqda

Toshkent shahrida tadbirkorlarning noqonuniy faoliyatini oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. "Soliq hamkor" orqali kelib tushgan murojaatlar asosida poytaxtimiz tumanlarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida onlayn-NKT dan foydalanmaslik va tovarlar uchun to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish (P2P) orqali hisob-kitob qilish kabi qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan tadbirkorlarga tegishli tartibda rasmiylashtirilib choralar ko‘rilmoqda.

Xususan,Yunusobod tumani Bog'ishamol koʻchasidagi savdo shoxobchada oʻtkazilgan sayyor soliq tekshiruvida tadbirkor xaridorlarga QR-kodli chek bermasdan faoliyat yuritayotganligi hamda kunlik savdodan tushgan naqd pullarni onlayn-NKTga kirim qilmaganligi aniqlandi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, tadbirkorga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yunusobod #barqarorlik_reytingi

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari tadbirkorlarning barqarorlik reytingida quyi, o'rta va qoniqarli toifalarga tushib qolgan tadbirkorlarining reytingini yaxshilashga ko'mak berish bilan bir qatorda, yuqori reytingdagi tadbirkorlarning o'z o'rnini saqlab qolishiga, faoliyatini yanada takomillashtirishiga, duch kelgan muammolarini aniqlagan holda bartaraf etishga yordam bermoqda.

Jumladan, joriy yilning 18-aprel kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari poytaxtimizning Yunusobod tumanida ish olib boradigan yuqori reytingdagi "AAA" toifali "Fayz food" MChJning faoliyati bilan tanishdilar. Ushbu tadbirkorlik subyekti korxona rahbarining qonun doirasidagi halol va insofli faoliyat olib borishi hamda Soliq xizmati xodimlarining ko'rsatgan yordamlari bilan o'rta reytingdan yuqori reytingga ko'tarildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #barqarorlik_reytingi #uchrashuv

🔷Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi haqida talabalarga ma'lumot berish davom etmoqda

Savdo-sanoat palatasi va Toshkent shahar soliq boshqarmasi vakillari tomonidan yuqori reytingga ega tadbirkor Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga taklif etilgan holda talabalarga tadbirkorlarning barqarorlik reytingi haqida batafsil maʼlumot berildi.

Uchrashuvda mazkur reytingni shakllantirishning asosi bo'lgan mezonlar, shuningdek, yuqori toifaning afzalliklari xususida so'z bordi. Tadbir yakunida mutaxassislar talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #mehnat_yarmarkasi

🔷Bitiruvchi talabalar uchun "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 23-fevraldagi "Yoshlar bandligini ta'minlash chora-tadbirlari"ga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida universitetda tahsil olayotgan talabalarni ishga joylashtirishga ko'maklashish hamda 2023–2024-o'quv yili bitiruvchilarini ish joyiga samarali taqsimlash maqsadida "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi o'tkazish vazifasi topshirilgan edi.

Ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 19-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi tashkil etilib, unda bir qancha davlat tashkilotlari bilan birga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo'mitasi, Toshkent shahar soliq boshqarmasi va "Soliq-servis" davlat unitar korxonasi ham faol ishtirok etdi. Tadbirda bitiruvchilar hamda ish beruvchi hamkor tashkilot va idoralar o'rtasida suhbatlar tashkil qilinib, bitiruvchi kurs talabalari bo'sh ish o'rinlari to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishdi.

Mazkur yarmarkadan ko'zlangan maqsad tayyor mutaxassislarga ehtiyoji bor barcha tashkilotlar, shuningdek, tumanlardagi hokimliklar, aholi bandligiga ko'maklashish markazi mas'ul xodimlari talabalar bilan bevosita suhbat o'tkazgan holda ishga tanlab olish hamda shartnomalar rasmiylashtirishdan iborat.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar #barqarorlik_reytingi

🔷 Yunusobod tumanida soliq to'lovchilar uchun seminar tashkil etildi

Soliq qonunchiligi normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash, ular toʻgʻrisida tadbirkorlarga batafsil maʼlumotlar taqdim etish hamda soliq toʻlovchilarga atroflicha ma'lumot berish yuzasidan poyataxtimizning turli manzillarida seminarlar oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning 26-aprel kuni Yunusobod tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan seminar oʻtkazilib, unda tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi. Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida toʻliq tushuncha berilib, kichik biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar samarasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Jumladan, joriy qilingan tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #muhokama

🔷Jinoyatchilikka qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir

Joriy yilning 18-may kuni Toshkent shahar 4-sektor rahbari boshchiligida Yunusobod tumanidagi "Shayx Shivli", "Otchopar 1" va "Otchopar 2" MFYlarida sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda mahalla raislari hamda faollar, shuningdek, tumandagi yoshlar bilan birga jami 50 nafardan ortiq qatnashchilar ishtirok etdi.

Tadbirda yuqorida qayd etilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan nima sababdan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi bo‘yicha tushunchalar berilib, mahalla yettiligi, aholi faollari va yoshlar bilan o‘zaro fikr almashildi. Tashkil etilgan ushbu muhokama yig‘ilishidan maqsad, kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish bilan bir qatorda aholi bo‘sh vaqtini unumli ishlarga jalb qilish, xalqimizning tinch-totuv, erkin va farovon yashashlariga xizmat qilishga qaratilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod_tumani
#4_sektor

Toshkent shahar 4-sektor rahbarining tashabbusi bilan sektor hududidagi mahallalarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga opshirilmoqda.

Xususan, Yunusobod tumanidagi Akbarobod mahallasida "Obod xonadon-Obod ko'cha-Obod mahalla" dasturi asosida mahalla hududidagi eski elektr kabellari yangisiga almashtirilmoqda.

Bu boradagi ishlar 4-sektorga qarashli barcha mahallalarda amalga oshirilmoqda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#4_sektor
#obodonlashtirish
#Olmazor #Yunusobod

Obod mahallalar — yurtimiz ko'zgusi

❇️Shahrimiz bo'ylab mahallalar obodligini ta'minlash, ularni zamonaviy ko'rinishga keltirish uchun muntazam xashar va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining tashabbusi bilan 4-sektorga biriktirilgan hududlar bo'ylab yuqori darajada obodonlashtirish ishlar olib borilmoqda.

Bu boradagi ishlar Olmazor tumani Zamondosh mahallasida "Obod xonadon, obod ko'cha va obod mahalla" dasturi asosida ko'p-qavatli uylar atrofi chiqindilardan tozalanmoqda. Tumanning Jiydali mahallasida esa BSK xodimlari tomonidan hududdagi qurib qolgan shox-shabbalar tozalanib, atrof obod bo'lmoqda.

Qolaversa, Yunusobod tumani Obod va Qadrdon mahallalarida "Art Feniks Servis” hamda "Ustazoda Qurilish” BSK xodimlari tomonidan ko'p-qavatli uylarning yerto'la qismlarida dizenfeksiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Bu kabi xayrli ishlar 4-sektorga qarashli barcha mahallalarda amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Soliq_tushumlari #yashirin_iqtisodiyot #Yunusobod

🔷Davlat budjetiga soliqlarni sifatli undirish chora tadbirlari

Joriy yilning 19-iyul kuni Yunusobod tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig'ining o'rinbosari hamda Poytaxt soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda budjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma'murchiligini salmog'ini kengaytirish hamda soliq bazalarini ko'paytirib mahallabay tizimida ish samaradorligini ko'tarish, yashirin iqtisodni oldini olish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod

🔷Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining II-chaqiriq 95-sessiyasi bo'lib o'tdi

🔶2024-yilning 9-avgust kuni Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining II-chaqiriq 95-sessiyada joriy yilning ikkinchi choragi davomida tuman soliq inspeksiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo'yicha mas'ullarning hisobotlari tinglandi. Shuningdek, tuman soliq inspeksiyasi rahbari 2-yarim yillikda soliq organlari tomonidan bajariladigan ishlar yuzasidan tuman deputatlariga murojaat qildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#korrupsiya #Yunusobod

🔹Korrupsiyaga — befarq bo'lmasligimiz kerak

Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma'lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to'g'anoq bo'ladi. Ana shunday illat – korrupsiyadir.

Hech kimga sir emaski, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatimizda keng qamrovli tadbirlar olib borilib, jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada, 20-avgust kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Yunusobod tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Yunusobod tumanidagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Soliq_tushumlari #yashirin_iqtisodiyot #Yunusobod

🔷Soliqlarni sifatli undirish chora tadbirlari

Joriy yilning 18-sentabr kuni Yunusobod tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida byudjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma'murchiligini salmog'ini kengaytirish hamda soliq bazalarini ko'paytirib mahallabay tizimida ish samaradorligini ko'tarishga katta e'tibor qaratilishi ta'kidlandi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram