TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.81K subscribers
13K photos
1.38K videos
75 files
5.34K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Yomonga qo‘shilma, bo‘lursan yomon,
Qarosin yuqtirar doimo qozon.

Firdavsiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#barqarorlik_reytingi

🔷 Barqarorlik reytingi

Biznesni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlarga barcha eshiklarni ochish mamlakat byudjetining o‘sishiga asosiy omillardan biri bo‘ladi. Davlatimiz tomonidan ko‘plab imtiyozlarning yaratilishi ham biznesni yanada rivoj topishiga xizmat qilmoqda.Tadbirkorlik subyektlarining kengayishi esa islohotlar to‘g‘ri yo‘lda ekanligini ko‘rsatadi.

O‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlarining reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘lida muntazam amaliy ishlar olib borilmoqda. 11-sentabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda Yangihayot tumani soliq inspeksiyasining mas'ul hodimlari "Shoxrux Malik" MChJning reyting ballarini yanada yuqori pog'onaga ko'tarish maqsadida tadbirkorning murojaatiga asosan amaliy yordam ko‘rsatdilar va kelgusida doimiy ko‘mak berib borilishi tushuntirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#eʼlon #stol_tennisi

🔹Stol tennisi ishqibozlari diqqatiga!

16-sentabr kuni Poytaxtimizda sportning stol tennisi turi bo'yicha "Soliq qo'mitasi kubogi" ning Toshkent shahar final bosqichi boʻlib oʻtadi.

Musobaqani tamosha qilishga sport ixlosmandlarini taklif etamiz, kirish bepul.

Manzil: Chilonzor tumani Seul ko'chasi "Universal sport saroyi"

Murojaat uchun: +99897679795

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Soliq_tushumlari #Korrupsiya #yashirin_iqtisodiyot #Shayxontohur

🔷Davlat budjetiga soliqlarni sifatli undirish chora tadbirlari

Joriy yilning 11-sentabr kuni Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari A.Ganiyev hamda Poytaxt soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari J.Maxmadustov boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda Toshkent shahar soliq boshqarmasining shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari hamda Shayxontohur tumani iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashi departamenti mas'ullari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida byudjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma'murchiligini salmog'ini kengaytirish hamda soliq bazalarini ko'paytirib mahallabay tizimida ish samaradorligini ko'tarishga katta e'tibor qaratilishi ta'kidlandi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Shuningdek, ish faoliyatlarida zimmalariga yuklatilgan vazifalarga vijdonan yondashgan holda korrupsiya holatlariga yo’l qo'ymaslik to'g'risida barcha xodimlar ogohlantirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar yollangan xodimlarning soliq qarzlarini shaxsiy kabineti orqali toʻlashlari mumkin

Buning uchun YTT “my3.soliq.uz” saytidan “Soliq majburiyatlari” bo‘limida “Yollanma xodimlarning soliqlarini to‘lash” xizmatini tanlashi kerak.

Ochilgan oynada YTT bilan mehnat munosabatida bo‘lib ro'yxatdan o'tgan yollanma xodimlar avtomatik ravishda aks etadi va soliq qarzining mavjudligi yoki yo'qligi to'g'risida ma'lumot ko‘rsatiladi.

Shu bilan birga, faqat soliq qarzi mavjud yollanma xodimlar yoki barcha xodimlarni tanlashingiz mumkin:
▪️"Qarzdorligi mavjud xodimlar" - joriy davr holatiga;
▪️"Barcha xodimlar" - umumiy miqdor.

Bitta yollanma xodim qarzini to'lash uchun "To'lov summasi" qatorida to'lanishi kerak bo'lgan miqdorni ko'rsatish hamda "To‘lash" tugmasini bosish va to'lovni elektron raqamli imzo orqali tasdiqlash kerak.

Shuningdek, bir vaqtning o'zida barcha yollanma xodimlarning soliq qarzi va hisoblangan soliqlarni to'lash mumkin. Buning uchun "To'lov summasi" qatorida to'lanishi kerak bo'lgan miqdor kiritilib, shu oynaning yuqori o‘ng qismida "Hammasini to‘lash" tugmasini bosish va to'lovni elektron raqamli imzo orqali tasdiqlash kerak.

Istalgan vaqtda amalga oshirilgan to‘lovlar yuzasidan "To‘lovlar reestri" bo‘limiga kirgan holda to‘lov topshiriqnomalar holatini kuzatish, topshiriqnomani yuklab olish imkoniyati mavjud.

Agar yollanma xodimlarni soliq qarzi bo'lmasa, ekranda "To‘lov summasi" qatorida summa shakllanmaydi va "To‘lash" yozuvi paydo bo'lmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#antikorrupsiya

Manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!


Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq organlaridagi manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya holatlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri xabardor qilish mumkin boʻlgan bir necha aloqa kanallari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Soliq xizmati organlarining aloqa kanallari:
▫️Telegram – @dsq_anticorrupciya_bot;
▫️Elektron pochta – [email protected]
▫️Soliq organlarining “Ishonch telefonlari";
▫️Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalari telefon raqamlari;
▫️Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti;
▫️“Elektron soliq xizmatlari” portali;

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Eslatma: Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

O‘z ahdiga vafo qilmagan kishi,
Na sevimli bo‘lur va na izzatmand.

Sa’diy Sheroziy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 15-sentabr dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 16-sentabrga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 В связи с тем, что 15 сентября - выходной (нерабочий) день, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 16 сентября.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#soliq_kodeksi

30-bob. Soliq organlarining hujjatlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish tartibi

🔹232-modda. Soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha qabul qilingan soliq organlarining qarorlari ustidan yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat berish tartibi va muddatlari

Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan shikoyat yuqori turuvchi soliq organiga qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi orqali beriladi.

Qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi bunday ariza kelib tushgan kundan e’tiboran uch kun ichida uni yuqori turuvchi soliq organiga barcha materiallar bilan birga yuborishi shart.

👉
BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram