TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.78K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
71 files
4.85K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#yer_soligi #soliq_imtiyozi

Kimlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilingan?

▫️ “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlari, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
▫️urush nogironlari va qatnashchilari;
▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
▫️yolgʻiz pensionerlar;
▫️boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar;
▫️Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;
▫️energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga.

Soliq imtiyozlari yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga beriladi.

Soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
👉 Soliq kodeksi 436-modda

👉Qaysi jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ini to'lashdan ozod qilingan?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_tushumlari #yashirin_iqtisodiyot

🔹Xalq farovonligi yo'lidagi islohotlar.

➡️Joriy yilning 24-avgust kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasida shahar soliq boshqarmasi boshlig'i Y.Z.Nasimdjanov, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari B.X.Haydarovlar hamda poytaxtning iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti o'rinbosari A.A.Ganiyev rahbarligida poytaxtda byudjet tushumlari prognozining bajarilishi, soliq qarzdorligini bartaraf etilishi hamda yashirin iqtisodiyotni oldini olish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilib, unda Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i 1-o‘rinbosari J.Mirpulatov, va tuman xokimining 1-o‘rinbosarlari xamda shahar 12 ta tuman soliq inspeksiyalari rahbarlari ishtirok etdi.

➡️Tadbirda soliq tushumlari rejasini bajarilishi ahvoli, soliq prognozi ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, qo‘shimcha soliq manbalarini aniqlash, mamlakat byudjetiga soliqlarni sifatli undirilishini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, sohadagi kamchiliklar muhokama etilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchrashuv #Korrupsiya #yashirin_iqtisodiyot #Sergeli

🔷 Huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda Korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari davom etmoqda

Joriy yilning 23-avgust kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlari va Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari ishtirokida Sergili tumani soliq inspeksiyasida uchrashuv o'tkazildi.

Ushbu uchrashuvda korrupsion holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish hamda yashirin iqtisodni oldini olish bo'yicha mutasaddilar tomonidan shaxsiy tarkib xodimlariga tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#keshbek

Iyul va o'tgan oylarda yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi

💳 Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

♻️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.
___________
#кешбэк

Суммы кешбэка, накопленного в июле и прошлые месяцы, подтверждены

💳 Кешбэк можно перевести на банковскую карту, прикрепленную к приложению.

♻️ Остальные суммы кешбэка будут выплачиваться автоматически по мере того, как субъекты предпринимательства представят налоговую отчётность, устранят недостатки в отчётности, погасят налоговую задолженность.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#keshbek

🔴 Keshbekni bank kartasiga o‘tkazishda “Hisobingizdan ko‘chirilgan summa bank kartaga tushish jarayonida” degan yozuv chiqadi. Bunday holda nima qilish kerak?

🔵 Ushbu xabarnoma chiqqan bo'lsa, keshbek 24 soat ichida avtomatik ravishda foydalanuvchining "Hamyon"iga qaytariladi.

Shundan so'ng, ushbu summani qaytadan bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.
__________
#кешбэк

🔴 При переводе кешбэка на банковскую карту появилось уведомление "Сумма, списанная с вашего счета, находится в процессе зачисления на банковскую карту". Что можно предпринять?

🔵 При возникновении данного уведомления, сумма кешбэка в течение 24 часов будет автоматически возвращена в "Кошелек" пользователя.

После этого её можно перевести на прикрепленную банковскую карту.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#keshbek

🔴 Ilovaga bank kartasini qo‘shishda karta 3 ta akkauntga biriktirilganligi haqida yozuv chiqdi. Endi men keshbek o'tkazolmaymanmi?

🔵 Soliq mobil ilovasida bitta bank kartasini 3 tagacha akkauntga biriktirish mumkin.

Tasdiqlangan keshbeklarni o'tkazish uchun 3 tadan ko'p bo'lmagan akkauntda bitta bank kartasidan foydalanish tavsiya etiladi.
___________
#кешбэк

🔴При добавлении банковской карты появилось уведомление, что банковская карта привязана к трем аккаунтам. Я теперь не смогу перевести кешбэк?

🔵 В мобильном приложении Soliq одна банковская карта может быть привязана максимум к трем аккаунтам.

Для перевода подтвержденных сумм кешбэка одну банковскую карту рекомендуется использовать не более, чем в трех аккаунтах.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#keshbek

🔴 Tasdiqlangan keshbek summalarini o'tkazishda "Kartaning amal qilish muddati yaroqsiz" degan yozuv chiqyapti. Bunday holda nima qilish kerak?

🔵 Tasdiqlangan keshbek mablag'larini muvaffaqiyatli o'tkazish uchun foydalanuvchilar biriktrilgan bank kartasining amal qilish muddati tugamaganini tekshirish kerak. Agar karta amal qilish muddati o‘tgan bo‘lsa, ushbu bank kartasini o'chirib, amal qilish muddati faol bo'lgan boshqa karta qo'shish kerak.
_________
#кешбэк

🔴 При переводе подтвержденных сумм кешбэка выходит уведомление "Срок действия карты истек". Что делать?

🔵 Для успешного перевода подтвержденных сумм кешбэка пользователям следует заранее убедиться, что у добавленной банковской карты не истек срок действия. Для устранения ошибки необходимо удалить данную банковскую карту и добавить новую, у которой активный срок действия.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads