TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Uchrashuv #Korrupsiya #yashirin_iqtisodiyot #Shayxontoxur

🔷Korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlik

Joriy yilning 23-avgust kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlari va Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari ishtirokida Shayxontoxur tumani soliq inspeksiyasida uchrashuv o'tkazildi.

Ushbu uchrashuvda korrupsion holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish hamda yashirin iqtisodiyotga yo'l qo'ymaslik bo'yicha mutasaddilar tomonidan shaxsiy tarkib xodimlariga tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Prezident #yashirin_iqtisodiyot

"To‘g‘ri ishlayotgan, tushumlarini to‘liq ko‘rsatib, soliqlarini o‘z vaqtida to‘layotgan tadbirkorlar bir narsadan hotirjam bo‘lsin. Bunday tadbirkorlarni biz har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz
"

Sh. Mirziyoyev


Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #EHF

Yanvar-iyul oylarida EHF orqali tovar aylanmasi 1 062,3 trln so‘mni tashkil etdi

2024-yil 15-avgust holatiga elektron hujjat aylanish tizimi operatorlari yordamida rasmiylashtirilgan EHFlar bo‘yicha jami tovar aylanmasi 1 062,3 trln so‘mni (QQS bilan) tashkil etgan.

Tovar aylanmasi bo'yicha yetakchi – TOP-3:

📍YSTBHSI - 587,5 trln so‘m;
📍Toshkent sh. - 205,9 trln so‘m;
📍Toshkent v. - 59 trln so‘m.
_____________
#цифровизация #ЭСФ

В январе-июле товарооборот по ЭСФ составил 1 062,3 трлн сумов

По состоянию на 15 августа 2024 года товарооборот по ЭСФ, оформленным с помощью операторов системы электронного документооборота, составил 1 062,3 трлн сумов (с НДС).

По показателям товарооборота лидируют:

📍МРИ по крупным налогоплательщикам - 587,5 трлн сумов;
📍г.Ташкент - 205,9 трлн сумов;
📍Ташкентская обл. - 59 трлн сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” davlat dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi


Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” davlat dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga tabaqalashgan miqdorlarda soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etish nazarda tutilmoqda.

Xususan, Soliq kodeksining 482 va 483-moddalariga quyidagi qoʻshimchalar kiritilmoqda:
🔹01.01.2025-yilga qadar “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga mol-mulk va yer soliqlarini 50 %dan 100 %gacha kamaytirilgan stavkalarda toʻlash;
🔹barcha soliqlarni (QQS va soliq agentlari sifatida toʻlanadigan soliqlar bundan mustasno) va bojxona toʻlovlari boʻyicha taʼminotsiz va foizsiz 3 oydan 12 oygacha boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etilmoqda.

BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Shayxontoxur #korrupsiya

🔷Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz

Mamlakatimiz rivojiga toʻsiq boʻlayotgan omillardan biri bu - korrupsiya ekani hech kimga sir emas. Bugun ushbu illatga qarshi kurash doimiy hamda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 23-avgust kuni korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari ishtirokida Shayxontoxur tumani soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkibi bilan jamoaviy uchrashuv o'tkazildi.

Korrupsiya - yurtimiz rivoji farzandlarimiz kelajagiga soya soluvchi illat. Ushbu illatga qarshi kurash esa har birimizning burchimizdir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram