TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12K photos
1.27K videos
65 files
4.78K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#oʻquv_mashgʻulot #korrupsiya

🔷Soliq xizmati xodimlari uchun o'quv mashg'uloti tashkil etildi

Joriy yilning 9-avgust kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasida Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ullari tomonidan Soliq xizmati xodimlari uchun navbatdagi kasbiy o'quv mashg'uloti tashkil etildi.

Unda korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik, uning ayanchli oqibatlaridan ogoh bo'lish, har bir xodim o'z kasbiga vijdonan mas'uliyat bilan yondashishi va soliq to'lovchilar bilan muomala madaniyatiga amal qilgan holda odob-axloq doirasida faoliyat yuritishi kerakligi ta'kidlandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#markirovka

Markirovkalanadigan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlari xatlovdan o‘tkaziladi

Bugungi kunda, O‘zbekistonda alkogol, tamaki, pivo mahsulotlari, maishiy texnika, dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda suv va salqin ichimliklar majburiy raqamli markirovkalanmoqda.

Raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlarning chakana yoki ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar “Asl belgisi” – mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga ulanishi shart.
👉 VMQ 737-son 5-band 20.11.2020

Majburiy raqamli markirovkalanishi shart bo‘lgan tovarlarning chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari “Asl belgisi” MATda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishlari shart.
👉 Chakana savdo qoidalari 58 prim 1- band

2024-yil 1-sentabrga qadar Soliq qo‘mitasi tomonidan alkogol, tamaki va pivo mahsulotlari, maishiy texnika va dori vositalari chakana savdosi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlarining “Asl belgisi” milliy axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tganligi hamda raqamli markirovkalash talablariga rioya etilayotganligi xatlovdan o‘tkaziladi.
👉 VMQ-478-son 03.08.2024

Raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlaridan “Asl belgisi” MATdan ro‘yxatdan o‘tish hamda markirovkalash talablariga rioya etishlari so‘raladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #murojaatlar

Call-markaz javob beradi

2024-yil iyul oyida
Soliq qo'mitasi Call-markazi 67 467 ta murojaat qabul qilgan.

Murojaatlar soliq to‘lovchilar kesimida:
🔹jismoniy shaxslar – 40 941 tа;
🔹yuridik shaxslar – 24 380 tа;
🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar – 2 060 tа;
🔹fermer va dehqon xo‘jaliklari – 86 tа.

📈Eng ko‘p
murojaat:
📍hududlar kesimida
Toshkent shahridan – 26 648 ta;
👩🏻‍💼toifalar kesimida jismoniy shaxslardan – 40 941 ta kelib tushgan.

Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |X| Thread
#uchrashuv

Alkogol va tamaki mahsulotlarining “qora bozori”ga barham berish masalalari muhokama qilindi


Joriy yilning 9-avgust kuni Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida alkogol va tamaki sohasidagi ishlab chiqaruvchi va savdo subyektlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Unda, Departament rahbariyati, Soliq qoʻmitasi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar masʼullari hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari, 42 ta ishlab chiqaruvchi, 81 ta ulgurji va 381 ta chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar, soha mutaxassislari hamda ekspertlar ishtirok etdi.

Tadbirda, yashirin ishlab chiqarilgan yoki aylanma yoʻllar orqali kirib kelgan sifati kafolatlanmagan alkogol va tamaki mahsulotlarining “qora bozori”ga barham berish, shuningdek Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qoʻshilishi arafasida oldinda turgan qator masalalar muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yilning oʻtgan davrida alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish va realizatsiya qilinishining oldini olish borasida oʻtkazilgan tadbirlar natijasida 978 ta qonunbuzilish holati aniqlangan.

Ular doirasida 19 ta yashirin faoliyatga barham berilgan, 822 ta noqonuniy savdo, 26 ta holatda noqonuniy saqlash va 111 ta kontrabanda holatlari fosh etilgan.

Ushbu tezkor-qidiruv va tahliliy tadbirlarda gumonlanuvchilardan qoʻlbola usulda ishlab chiqarilgan, qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasiz 365 ming dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol, qalbaki mahsulotlarni tayyorlashga moʻljallangan 15 tonna spirt va 1,5 mln quti tamaki mahsulotlari, yashirin ishlab chiqarish uskunalari va boshqa anjomlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Koʻrilayotgan choralar natijasida yil boshiga nisbatan noqonuniy tamaki aylanmasini 22 %dan 14 %ga, alkogol aylanmasini 35 %dan 24 %ga qisqartirishga erishilgan.

Uchrashuvda ekspert va mutaxassislar bilan birga tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarning taklif, mulohazalari tinglanib, alkogol va tamaki bozorida xufiyona iqtisodiyotga barham berish, ishlab chiqarish sifatini xalqaro talablarga moslash, istiqbolda milliy brendni rivojlantirish orqali eksport salohiyatini yanada oshirish choralari belgilab olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar (klasterlar, paxta, g‘alla, meva-sabzavot, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa mahsulot yetishtiruvchilar) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Unda tadbirkorlar va mutaxassislarning sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflari tinglanmoqda.

Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi va boshqa tegishli vazirlik hamda idoralar rahbariyati ishtirok etmoqda.

📡Uchrashuv YouTube platformasi orqali tog'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.
___________

#встреча

Встреча с предпринимателями, осуществляющими деятельность в сельскохозяйственной отрасли


В эти минуты проходит встреча с предпринимателями, осуществляющими деятельность в сельскохозяйственной отрасли (кластеры, производство хлопка, зерна, фруктов и овощей, животноводство, птицеводство, рыболовство, пчеловодство и др.), посвященная предстоящему Открытому диалогу с Президентом Республики Узбекистан.

На ней рассматриваются проблемы, существующие в сфере, и обсуждаются предложения по их решению.

Во встрече участвует руководство Налогового комитета и других соответствующих министерств и ведомств.

📡Встреча транслируется в прямом эфире на платформе Youtube.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlar faol bo‘ling!

Faoliyatingiz yuzasidan taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa, 24/7 rejimida 1094 va 1100 qisqa raqamlari orqali ish olib borayotgan “Call-markaz”, @taklif2024bot hamda taklif2024.uz elektron platformasi orqali mavjud masalangizni bayon eting.

Prezidentning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga juda oz vaqt qoldi!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Noqishloq yerlarga qishloq xo‘jaligi yerlari uchun soliq stavkasida yer solig‘i hisoblanmaydi


Soliq qo‘mitasi Raisi tadbirkorga noqishloq yerlarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun belgilangan stavkada yer solig‘i hisoblanmasligi yuzasidan tushuntirish berdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #QQS

Fermerlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini differensial tartibda pasaytirilgan stavkada qo‘llash taklifi bo‘yicha alohida ishchi guruh o‘rganish olib boradi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads