TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.78K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
71 files
4.85K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Hamisha haq bo‘lishga intilish — aqlning tarbiya topmaganligi belgisidir.

Alber Kamyu

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#stol_tennisi #Olmazor

🔷Raqobat va natija

🔸Poytaxtimizda davom etayotgan mahallalar aro ochiq musobaqaning avj pallasida Olmazor tumani yoshlari murosasiz bellashdilar. Qizg'in raqobat uchun tumandagi mahallalardan 70 nafardan ziyod oʻgʻil qiz havaskor sportchilar qatnashdi.

Musobaqada gʻolib va sovrindorlarni Tuman hokimligi mas'ullari, soliq inspeksiya boshlig'i va stol tennisi Toshkent shahar ijrochi direktori taqdirladi.
Musobaqa gʻoliblari keyingi bosqich yoʻllanmasiga ega bo'ldilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#TTY

Aprel-iyun oylari uchun elektron TTYlarni 1-avgustgacha rasmiylashtirishi mumkin


Avval xabar berilganidek, joriy yil 1-apreldan yirik soliq to‘lovchilar, 1-iyuldan barcha xo‘jalik subyektlari uchun tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etildi.

Tadbirkorlik subyektlari takliflaridan kelib chiqib, tizim optimallashtirilmoqda.

Soliq qo‘mitasi tomonidan ko‘p sonli soliq to‘lovchilarning murojaatlari inobatga olinib, aprel-iyun oylarida rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan elektron TTYlarni joriy yil 1-avgustga qadar (01.08.2024 y.) rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar, Sizlardan o‘tgan davrda rasmiylashtirilmasdan qolgan elektron TTYlarni berilgan muddatda to‘liq rasmiylashtirish choralarini ko‘rishingiz so‘raladi.
__________
#ТТН

Налогоплательщики могут оформить электронные ТТН за апрель-июнь до 1 августа

Ранее сообщалось, что с 1 апреля для крупных налогоплательщиков, с 1 июля для всех хозяйствующих субъектов внедрена система оформления товарно-транспортных накладных (ТТН) в электронном виде.

С учетом предложений предпринимателей система оптимизируется.

Налоговым комитетом также приняты во внимание многочисленные обращения налогоплательщиков и создана возможность оформления электронных товарно-транспортных накладных за апрель-июнь до 1 августа (01.08.2024) текущего года.

❗️Уважаемые налогоплательщики, просим принять меры по полному оформлению электронных ТТН, которые не были оформлены за предыдущий период.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#foyda_soligi #imtiyoz

Foyda solig‘ining pasaytirilgan stavkasini kimlar qo‘llashi mumkin?

🔹Quyidagilar foyda soligʻining 50%ga pasaytirilgan stavkasini qoʻllashga haqli:


▪️2022-yil 1-sentabrdan keyin ilk marotaba foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar – soliq toʻlashga oʻtgan yildan keyingi 1 soliq davri* mobaynida. Bunda pasaytirilgan stavka qoʻllaniladigan kalendar yilda jami daromadi 10 mlrd soʻmdan oshmasligi lozim.

Misol uchun, korxona 2023-yil I chorak yakuni bilan ilk marotaba foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan bo‘lsa, keyingi soliq davri (2024-yil)da foyda soligʻining 50%ga pasaytirilgan stavkasini qoʻllashi mumkin.

▪️2022-yil 1-sentabrdan keyin jami daromadi joriy yil mobaynida ilk marotaba 10 mlrd soʻmdan oshgan foyda soligʻi toʻlovchilari. Ushbu stavka joriy va keyingi soliq davrilarida qoʻllaniladi. Bunda pasaytirilgan stavka qoʻllaniladigan yillarda jami daromad 100 mlrd soʻmdan oshmasligi lozim.

Misol uchun, 2022-yil dekabrda jami daromadi ilk marotaba 10 mlrd soʻmdan oshgan korxona joriy va keyingi soliq davrlarida, ya’ni 2022-2023-yillarda pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llashi mumkin.

🔹Mazkur imtiyoz quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

▫️yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari
▫️aksiz soligʻi toʻlovchilari
▫️soliq toʻlovchi tugatilganda
▫️pasaytirilgan soliq stavkasini qoʻllash uchun ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyekti oʻrtasida soliq toʻlovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarini ajratish (boʻlish) faktlari aniqlanganda.
👉 Soliq kodeksi 337-modda 11-qism

*Foyda soligʻi uchun soliq davri kalendar yil.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

O‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlari natijalari


2024-yil yanvar-iyun oylari davomida 9,4 mingta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan. Bu respublika boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining (547,4 ming) 1,7 %ni tashkil etadi.

Ushbu tekshiruvlar natijasida 6 080,2 mrld soʻm tafovutlar aniqlangan hamda soliq to’lovchilarga tafovutlar toʻgʻrisidagi talabnoma yuborilgan.

Asosan quyidagi soliq turlari bo‘yicha tafovutlar aniqlangan:
◽️ QQS – 2 963,0 mrld soʻm;
◽️ foyda soligʻi – 2 685,7 mrld soʻm;
◽️ JShODS – 212,6 mlrd soʻm;
◽️ Aksiz solig‘i – 94,2 mlrd soʻm;
◽️boshqa soliqlar va yig‘imlar – 124,8 mlrd soʻm.

Eng katta tafovut aniqlangan sohalar:
🔹umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko’rsatish – 3 553,5 mrld soʻm;
🔹qurilish – 1 084,7 mrld soʻm;
🔹ishlab chiqarish – 1 010,4 mrld soʻm;
🔹transport - 178,3 mlrd soʻm.
🔹qishloq xo‘jaligi - 142,7 mlrd so‘m;
🔹boshqa sohalar - 110,6 mlrd so‘m.
_________
#цифровизация #налоговая_проверка

Результаты проведенных камеральных налоговых проверок

В январе-июне 2024 года камеральные налоговые проверки проведены в отношении 9,4 налогоплательщиков, что составляет 1,7 % от общего их числа (547,4 тыс.).

По результатам данных проверок выявлены расхождения на сумму 6 080,2 млрд сумов и налогоплательщикам направлены уведомления о расхождениях.

В основном расхождения выявлены по следующим видам налогов:
▫️НДС – 2 963,0 млрд сумов;
▫️налог на прибыль – 2 685,7 млрд сумов;
▫️НДФЛ – 212,6 млрд сумов;
▫️акцизный налог – 94,2 млрд сумов;
▫️
другие налоги и сборов – 124,8 млрд сумов.

Отрасли, в которых выявлены наибольшие расхождения
:
🔹общественное питание, торговля и обслуживание – 3 553,5 млрд сумов;
🔹строительство – 1 084,7 млрд сумов;
🔹производство – 1 010,4 млрд сумов;
🔹транспорт – 178,3 млрд сумов;
🔹сельское хозяйство – 142,7 млрд сумов;
🔹 другие отрасли - 110,6 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_qarzi

Soliq to‘lovchilarga 73 mlrd so‘mlik soliqlarni bo‘lib-bo‘lib yoki kechiktirib to‘lash imkoni berildi

Joriy yilning I yarim yilligida 54 ta tashkilotga 73 mlrd so‘mlik soliqlarni to‘lash muddatini o‘zgartirish imkoniyati berildi.

Soliqlarni bo‘lib-bo‘lib yoki kechiktirib to‘lash imkoniyati berilgan yetakchi hududlar:
📍YSTBHSI – 22,7 mlrd so‘m;
📍Toshkent shahri – 18,6 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati – 6,7 mlrd so‘m;
📍Buxoro viloyati – 6,4 mlrd so‘m.
________
#цифровизация #налоговая_задолженность

Налогоплательщикам предоставили возможность отсрочки или рассрочки по уплате 73 млрд сумов налогов

За I полугодие этого года 54 организациям предоставлена возможность изменения сроков уплаты налогов на сумму 73 млрд сумов.

Лидирующие регионы по рассрочке или отсрочке:
📍МРИ по крупным налогоплательщикам – 22, 7 млрд сумов;
📍г.Ташкент – 18,6 млрд сумов;
📍Ташкентская область – 6,7 млрд сумов;
📍Бухарская область – 6,4 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Thread
#imtiyoz #JShODS

Kontrakt to‘lovidan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda nimalarga e'tibor berish kerak?


Kontrakt toʻlovidan 12 % daromad soligʻini qaytarib olish uchun birinchi navbatda imtiyozdan foydalanuvchi “my3.soliq.uz” saytidan jami yillik daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya yuborish kerak.

Deklaratsiya yuborilganda, uning shaxsiy kartochkasida ortiqcha toʻlov shakllanadi va shundan soʻng ushbu ortiqcha toʻlovni qaytarish toʻgʻrisida bank plastik kartasi rekvizitlarini koʻrsatgan holda ariza taqdim etishi lozim.

Ariza 5 kun muddatda koʻrib chiqiladi. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar boʻlmasa ortiqcha toʻlov summasi ariza topshirilgan kundan etiboran 15 kun ichida qaytarib beriladi.

Ma'lumot uchun: professional va oliy ta‘lim tashkilotlariga jismoniy shaxslar o‘zi va farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta‘lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.

👉Soliq kodeksi 378-modda


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads