TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.93K subscribers
12.4K photos
1.32K videos
73 files
5.07K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#markirovka

Xaridorlar Soliq mobil ilovasi orqali mahsulotlarning haqiqiyligini tekshirishi mumkin

Mahsulotlarni noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish, alohida turdagi mahsulotlarning qonuniy aylanmasini ta’minlash maqsadida Respublikamizda 2021-yildan boshlab tovarlar bosqichma-bosqich raqamli markirovkalanmoqda.

Bugungi kunda quyidagi mahsulotlar raqamli markirovkalangan holda sotilishi lozim:
👉tamaki va alkogol mahsulotlari;
👉pivo;
👉maishiy texnika;
👉dori vositalari va tibbiy buyumlar.


Ushbu mahsulotlarni xarid qilishda markirovkalanganiga alohida e'tibor bering va uni Soliq mobil ilovasi orqali tekshirishni unutmang. Bu qalbaki va sifatsiz tovarlarga aldanib qolishingizni oldini oladi.

Markirovkani tekshirish uchun Soliq mobil ilovasining "Umumiy xizmatlar" bo‘limidan "Markirovkani tekshirish" tanlanadi. Ochilgan oyna pastki qismidan "Datamatrixni skanerlash" tugmasi bosiladi va kamera mahsulotdagi markirovka kodiga yo‘naltiriladi.

Agar markirovka kodi haqiqiy bo‘lsa:

🔸"Kod haqiqiy" yozuvi;
🔸Mahsulot nomi;
🔸Mahsulot holati (ishlab chiqarilgani, sotuvdaligi yoki sotilganligi);
🔸Qaysi korxona tomonidan qachon ishlab chiqarilgani;
🔸Ulgurji savdo korxonasi qachon sotib olgani;
🔸iste'molchiga qaysi korxona tomonidan qachon sotilgani tog‘risidagi ma'lumotlar ekranda paydo bo‘ladi.

📝"Mahsulot tavsifi" bo‘limi orqali tovar haqida to‘liq ma'lumot olish mumkin.
"Kod haqiqiy emas" yozuvi markirovkaning soxtaligini bildiradi.

Yuqoridagi mahsulotlarda markirovka mavjud bo‘lmasa yoki soxta markirovkalangan bo‘lsa Soliq mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali murojaat qoldiring.

❗️Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.

👉Hammasi raqamli markirovka haqida
👉Markirovka qoidalarni buzish Soliq kodeksining 227-1–moddasiga asosan javobgarlikka sabab bo‘ladi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#markirovka

Onlayn-NKT orqali 5 oyda 724 mlrd soʻmlik alkogol mahsulotlari raqamli
markirovka kodlarisiz realizatsiya qilingan

Bugungi kunda Oʻzbekistonda quyidagi mahsulotlarga majburiy raqamli markirovkalash talablari joriy etilgan:
▪️tamaki va alkogol (01.01.2021-yildan);
▪️pivo (01.04.2021-yildan);
▪️maishiy texnika (15.04.2022-yildan);
▪️dori vositalari va tibbiy buyumlar (01.09.2022-yildan);
▪️suv va salqin ichimliklar (01.03.2024-yildan).
👉 VMQ-737 20.11.2020-yil

Majburiy raqamli markirovkalash talablarining toʻliq bajarilishi uchun markirovkalangan tovarlarni onlayn-NKT chekida MXIK va markirovka kodlarini aks ettirish orqali realizatsiya qilish lozim.

Raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni sotib olish va ularning markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʻlumotlarni kiritmasdan yakuniy isteʻmolchiga realizatsiya qilish markirovka qoidalarining buzilishi deb baholanadi.
👉 VMQ-833-son 31.12.2020

Bu esa qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

Bu haqda soliq organlari xodimlari tomonidan joylarga chiqqan holda bevosita tushuntirish-targʻibot ishlari oʻtkazib kelinmoqda.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan markirovka qoidalarga amal qilmaslik holatlari kuzatilmoqda.

Xususan, onlayn-NKT cheklari tahliliga koʻra, 2024-yilning yanvar-may oylarida respublika boʻyicha alkogol mahsulotlarining chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi 5 035 ta tadbirkorlik subyektida raqamli markirovka qoidalari buzilishi holatlari aniqlangan. Ularga tegishli 7 021 ta onlayn-NKT orqali 3,4 mln dona xarid chekida 724,7 mlrd soʻmlik alkogol mahsulotlari raqamli markirovka kodlarisiz realizatsiya qilingan.

Bu haqda tadbirkorlik subyektlari shaxsiy kabinetlariga ogohlantirish xatlari yuborilmoqda.

📌Soliq xizmati organlari majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar chakana savdosida mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalariga toʻliq amal qilish lozimligini tavsiya etadi.
__________
#маркировка

За 5 месяцев через онлайн-ККТ реализована алкогольная продукция без кодов цифровой маркировки на сумму 724 млрд сумов

На сегодняшний день в Узбекистане требования обязательной цифровой маркировки введены для следующих товаров:
▪️табак и алкоголь (с 01.01.2021 г.);
▪️пиво (с 01.04.2021 г.);
▪️бытовая техника (с 15.04.2022 г.);
▪️лекарственные средства и медицинские изделия (с 01.09.2022 г.);
▪️вода и прохладительные напитки (с 01.03.2024 г.).
👉ПКМ № 737 от 20.11.2020 г.

Для полного соблюдения требований обязательной цифровой маркировки необходимо реализовать маркированный товар с отражением ИКПУ и кодов маркировки в чеках онлайн-ККТ.

Покупка продукции без цифровой маркировки и реализация ее конечному потребителю без внесения сведений о кодах маркировки считается нарушением правил маркировки.
👉ПКМ № 833 от 31.12.2020 г.

Это влечет за собой ответственность в установленном законом порядке.

Сотрудники налоговых органов выезжают на места и проводят адресную разъяснительно-просветительскую работу в этом направлении.

Несмотря на принимаемые меры, имеются случаи несоблюдения правил маркировки некоторыми субъектами предпринимательства.

В частности, в результате анализа чеков онлайн-ККТ в январе-мае 2024 года выявлены нарушения правил цифровой маркировки у 5 035 субъектов предпринимательства, занимающихся розничной торговлей алкогольной продукцией по всей республике. Через принадлежащую им 7 021 единицу онлайн-ККТ выдано 3,4 млн товарных чеков на реализацию алкогольной продукции без кодов цифровой маркировки общей стоимостью 724,7 млрд сумов.

Об этом в персональные кабинеты субъектов предпринимательства направляются уведомительные письма.

📌Органы налоговой службы рекомендуют при розничной реализации продукции, подлежащей обязательной цифровой маркировке, полностью соблюдать правила цифровой маркировки продукции средствами идентификации и контроля за ее оборотом.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar #markirovka

"Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" Prezident qarori qabul qilindi.
👉 PQ-203 30.05.2024

Qarorga ko‘ra,

🔹2027-yil 1-yanvarga qadar raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun markirovkani oʻqish qurilmalarini sotib olishda bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda (foyda soligʻi yoki AOS yoxud YATTlar tomonidan toʻlanadigan JSHODS) soliq imtiyozi berildi.

Avval ushbu imtiyoz 2023-yilning 1-yanvariga qadar berilgan edi. (PQ-5252 04.10.2021 y) Soliq qoʻmitasining dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, 2024-2026-yillarda 34 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti 2D-skanerlar bilan taʼminlanishi kerak. Imtiyozlar ularga jami 46,2 mlrd soʻm mablagʻni tejash imkonini beradi.

🔹2024-yil 1-sentabrdan quyidagi normalar joriy etiladi:
▫️tadbirkorlik subyektlari tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni 2D-skanerdan foydalanmasdan sotish holatlari aniqlanganda, ular shaxsiy kabineti orqali bu haqda ogohlantiriladi;
▫️2-marta ana shunday ogohlantirishdan soʻng markirovkalash qoidalarini buzish holati 1 oy ichida qayta takrorlansa, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Bunda huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat qamrab olinadi;
▫️soliq tekshiruvi yakunlangandan keyin markirovka qoidalarini buzish 1 oy ichida qayta takrorlansa tadbirkorlik subyektlari xabardor qilinmasdan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bu haqda tekshirish kunida xabardor qilinadi.

Soliq tekshiruvlari tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilmasdan hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni tekshirish kunida xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
▫️har chorakda majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari amalga oshiriladi.

Majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari orasidan har chorakda, har bir hudud kesimida avtomatik tarzda kamida 10 %ini tanlab olingan holda nazorat tadbirlari oʻtkaziladi hamda qonunbuzilishi holatlari aniqlangan subyektlar faoliyati keyingi 3 chorak davomida nazorat qilib boriladi.

🔹2024-yil 1-sentabrdan quyidagi tartiblar oʻrnatiladi:
▪️pivo mahsulotlarining chakana savdosi faoliyati xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi;
▪️tamaki va pivo mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun BHMning 10 %i miqdorida har oylik yigʻim joriy etiladi.

📌Tadbirkorlik subyektlari pivo mahsulotlarining chakana savdosi faoliyatini boshlash yoki to‘xtatish haqida soliq organlarini xabardor qilishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads