Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#markirovka #qayta_aloqa
Soliq qo‘mitasi va farmatsevtika sanoati vakillarining QQS va markirovka bo‘yicha muloqoti
Joriy yilning 25-aprel kuni Soliq qo‘mitasi, “Yangi texnologiyalar” IAM hamda “Asl belgisi” Mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish milliy tizimi mutaxassislarining farmatsevtika korxonalari vakillari bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Unda dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun imtiyozlar bekor qilingandan keyin QQSni hisobga olish, tovarlar qaytarilishida EHF rasmiylashtirish shuningdek, markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari muhokama qilindi.
Tadbirkorlar faoliyatida duch kelayotgan qiyinchilik va muammolar tinglandi. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidagi avtomatlashtirilgan tizimlar va xizmatlarni soddalashtirish bo‘yicha takliflari inobatga olindi. Shuningdek, "Asl Belgisi" MAT shaxsiy kabinetidagi markirovka kodlari bilan ishlash uchun mo'ljallangan xizmatlarda qo'shimcha qulayliklar yaratilishi ma'lum qilindi.
—————-
#маркировка #обратная_связь
Диалог Налогового комитета с фармкомпаниями по НДС и маркировке
25 апреля организована встреча специалистов Налогового комитета, НИЦ "Янги технологиялар" и Национальной информационной системы мониторинга маркировки и отслеживания продукции Asl belgisi с представителями фармацевтических компаний.
На ней обсуждались вопросы, связанные с зачетом НДС после отмены льготы на лекарственные средства и медицинские изделия, выставлением дополнительных ЭСФ в связи с возвратом товара, который ранее подлежал льготе, а также особенности реализации продукции с цифровой маркировкой.
Были выслушаны трудности и проблемы, с которыми сталкиваются в своей деятельности предприниматели, приняты во внимание их предложения по упрощению автоматизированных систем и сервисов в персональном кабинете налогоплательщика. Также сообщено о том, в личном кабинете НИС «Asl Belgisi» будут созданы дополнительные удобства для работы с кодами маркировки.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#markirovka
Xaridorlar Soliq mobil ilovasi orqali mahsulotlarning haqiqiyligini tekshirishi mumkin
Mahsulotlarni noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish, alohida turdagi mahsulotlarning qonuniy aylanmasini ta’minlash maqsadida Respublikamizda 2021-yildan boshlab tovarlar bosqichma-bosqich raqamli markirovkalanmoqda.
Bugungi kunda quyidagi mahsulotlar raqamli markirovkalangan holda sotilishi lozim:
👉tamaki va alkogol mahsulotlari;
👉pivo;
👉maishiy texnika;
👉dori vositalari va tibbiy buyumlar.
Ushbu mahsulotlarni xarid qilishda markirovkalanganiga alohida e'tibor bering va uni Soliq mobil ilovasi orqali tekshirishni unutmang. Bu qalbaki va sifatsiz tovarlarga aldanib qolishingizni oldini oladi.
Markirovkani tekshirish uchun Soliq mobil ilovasining "Umumiy xizmatlar" bo‘limidan "Markirovkani tekshirish" tanlanadi. Ochilgan oyna pastki qismidan "Datamatrixni skanerlash" tugmasi bosiladi va kamera mahsulotdagi markirovka kodiga yo‘naltiriladi.
Agar markirovka kodi haqiqiy bo‘lsa:
🔸"Kod haqiqiy" yozuvi;
🔸Mahsulot nomi;
🔸Mahsulot holati (ishlab chiqarilgani, sotuvdaligi yoki sotilganligi);
🔸Qaysi korxona tomonidan qachon ishlab chiqarilgani;
🔸Ulgurji savdo korxonasi qachon sotib olgani;
🔸iste'molchiga qaysi korxona tomonidan qachon sotilgani tog‘risidagi ma'lumotlar ekranda paydo bo‘ladi.
📝"Mahsulot tavsifi" bo‘limi orqali tovar haqida to‘liq ma'lumot olish mumkin.
❌"Kod haqiqiy emas" yozuvi markirovkaning soxtaligini bildiradi.
Yuqoridagi mahsulotlarda markirovka mavjud bo‘lmasa yoki soxta markirovkalangan bo‘lsa Soliq mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali murojaat qoldiring.
❗️Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.
👉Hammasi raqamli markirovka haqida
👉Markirovka qoidalarni buzish Soliq kodeksining 227-1–moddasiga asosan javobgarlikka sabab bo‘ladi