TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.94K subscribers
12.3K photos
1.31K videos
72 files
4.97K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#songi_qongiroq

🔹So'ngi qo'ng'iroq.

Bugun 25-may maktab o‘quvchilari va bitiruvchilarning, qalblarini hayajonlantiradi. “Xayr, maktabim!” qo‘shig‘i yangrashi bilan maktabimiz, o‘qituvchilarimiz va sinfdoshlarimizni sog‘inamiz.

Bugun Poytaxtimizning 4-sektor hududlaridagi maktablarda ham bayramona kuy-qo‘shiqlar  jarang sochmoqda.

Unda sektor rahbarlari maktab o‘quvchilariga ulkan-ulkan omadlar tilab bayram bilan tabriklashdilar.

Shuningdek, yoshlarga Prezidentimiz tomonidan kecha maktab bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga yo‘llagan tabrik so‘zlarini o‘qib eshittirib ularga oq yo‘l tilandi.

Oq yo‘l sizga aziz bitiruvchilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#25_may

...barcha maktab bitiruvchilarini bugungi ayyom bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Qadrdon maktab, mehribon ustozlar bilan hayajonli xayrlashuv onlari qalbingizda bir umrga muhrlanib qolajak.

Umid va ishonch ramzi bo‘lgan yetuklik shahodatnomalarini qo‘lga olib kelgusi hayotingizdagi ulkan yutuq va omadlar sari olg‘a qadam tashlang.

Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev maktab bitiruvchilariga tabrik yo‘lladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq imtiyozlari va preferensiyalarni yuridik shaxslar reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi belgilandi

“Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. (PQ-193-son 24.05.2024)

Qaror bilan soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar va preferensiyalar (imtiyozlar)ni yuridik shaxslarning reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi tasdiqlandi. Bunda:

Reytingi o‘rta va yuqori bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozlar amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:

🟩yuqori toifaga – 80-100 %
▫️“AAA” – 100 %
▫️“AA” – 90 %
▫️“A” – 80 %

🟦o‘rta toifaga – 50-70 %
▫️“BBB” – 70 %
▫️“BB” – 60 %
▫️“B” – 50 %


❗️Ushbu miqdorlar avval berilgan imtiyozlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda 76 ming korxonaning reyting darajasi “B” va undan yuqori. 2023-yilda 25,1 mingta korxonaga 15 trln so‘m soliq imtiyozi berilgan.

Shuningdek, imtiyozlar faoliyat boshlaganiga 6 oy bo‘lmagan tadbirkorlarga ham beriladi.

4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga imtiyozlar, ularning reyting darajasidan qatʼi nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi.

Bugungi kunda 4 va 5-toifadagi 60 ta tumanda jami 105,7 mingta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lib, 8,8 mingtasining reytingi “B” va undan yuqori.

Tadbirkorlarning reyting darajasi:
⬇️pasayganda, imtiyozlar berish 3 oy davomida saqlab qolinadi;
⬆️yuqorilaganda, imtiyozlar keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Yoshlik kelgusi umrning qay manzil tomon yo‘nalishini hal etadigan muhim palladir

Soliq qo'mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev yoshlar bilan uchrashdi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Markaziy istirohat bog‘ida tashkil etilgan uchrashuv ochiq va samimiy tarzda o‘tdi.

Uchrashuvda Sherzod Kudbiyev yoshlarga oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishlari uchun tavsiyalar berdi. Ularni qo‘llab-quvvatlashga doim tayyorligini bildirdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Faqat halol va beg‘araz faoliyatdagina insoniy fazilatlar uchun shart-sharoit mujassam, faqat iroda kuchidagina tanlagan sohamizdagi muvaffaqiyatlarimizga shart-sharoit mavjud.

V. G. Belinskiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#deklaratsiya

3-iyun* – jismoniy shaxslar tomonidan 2023-yil uchun jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha hisoblangan daromad soligʻini toʻlashning oxirgi kuni.
👉 Soliq kodeksi 398-modda

To'lov tizimlari va mobil ilovalarda:
▶️Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172;
▶️ jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad solig‘i to‘lov kodi – 182.

*1-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 3-iyunga ko‘chiriladi.

👉Soliqlarni Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin
___________
#декларация

3 июня* - последний день уплаты физическими лицами налога на доходы, исчисленного по данным декларации о совокупном годовом доходе за 2023 год.
👉ст.398 НК

В платежных системах и мобильных приложениях для уплаты:
▶️налога на доходы физических лиц на основании декларации о совокупном годовом доходе следует выбрать код 172;
▶️налога на доходы физических лиц от сдачи имущества в аренду следует выбрать код 182.

*В связи с тем, что 1 июня - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты налога переносится на 3 июня.

👉Уплатить налоги можно через мобильное приложение Soliq

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#deklaratsiya

2023-yilda chet eldan pul o‘tkazmasi olgan edim. Soliq organlari buning uchun soliq hisoblashga haqlimi?

Agar jismoniy shaxs jismoniy shaxsdan pul mablag'i olgan bo'lsa, unda bu daromad soliqqa tortilmaydi va jami yillik daromad to'g'risida deklaratsiya taqdim etilmaydi.

Agar jismoniy shaxs xorijiy yuridik shaxsdan daromad olgan bo'lsa, u holda ushbu daromad 1-aprelgacha taqdim etilishi kerak bo'lgan deklaratsiya asosida soliqqa tortiladi.

Tijorat banklari soliq organlariga xorijiy yuridik shaxsdan jismoniy shaxsning hisobvarag'iga chet eldan kelib tushgan mablag'lar to'g'risida umumlashtirilgan ma'lumotlarni taqdim etadi.

Agar soliq to'lovchi 1-aprelgacha ushbu daromad bo'yicha deklaratsiya taqdim etmasa, soliq organi o'zida mavjud ma'lumotlarga asoslanib soliq hisoblaydi va bu haqda soliq to'lovchini xabardor qiladi. Hisoblangan soliq to'g'risida batafsil ma'lumot aks ettirilgan xabarnomalar soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga yuborilgan. Bunda soliq summasi 1-iyungacha* to'lanishi lozim.

Agar soliq to‘lovchining hisoblangan soliq summasiga e'tirozi bo‘lsa va tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lsa, u holda ushbu hujjatlarni ilova qilgan holda my3.soliq.uz sayti orqali qayta deklaratsiya taqdim etishi lozim.

*1-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 2024-yil 3-iyunga ko‘chiriladi.
__________
#декларация

В 2023 году я получил денежный перевод из-за рубежа. Вправе ли налоговые органы начислить по нему налог?

Если физлицо получило денежные средства от физического лица, то эти доходы не облагаются налогом и декларация о совокупном годовом доходе не представляется.

Если физлицо получило доходы от иностранного юрлица, то эти доходы подлежат налогообложению на основании декларации, которую необходимо представить до 1 апреля.

Коммерческие банки предоставляют налоговым органам обобщенную информацию о поступлении на счет физлица денежных средств из-за границы от иностранного юридического лица.

Если налогоплательщик не представит по этим доходам декларацию в срок до 1 апреля, то налоговый орган на основании имеющейся у него информации имеет право начислить налог и известить об этом налогоплательщика. Уведомление с подробной информацией о начисленном налоге имеется в персональном кабинете налогоплательщика. Налог уплачивается до 1 июня*.

Если налогоплательщик не согласен с суммой начисленного налога и у него имеются обосновывающие документы, то ему необходимо подать перерасчет по декларации через сайт my3.soliq.uz с приложением этих документов.

*В связи с тем, что 1 июня - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты налога переносится на 3 июня 2024 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#YTT

Qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish mumkin?

Yuridik shaxs tashkil qilmasdan yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin.
👉Soliq kodeksi 31-modda

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi ikki usuldan birini tanlash lozim:
1. Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish;
2. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun masofadan turib
new.birdarcha.uz sayti orqali ariza berish.

Agar:
▫️shaxsan kelib ariza berilsa BHMning 1 baravari miqdorida (340 000 so‘m) davlat boji to‘lanadi;
▫️Internet orqali ariza berilganda to‘lov BHMning 0,9 baravarini tashkil etadi (306 000 soʻm).

Shundan so'ng, YTTga ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida guvohnoma beriladi.

👉YTTlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati

BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#YTT

YTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari

Yakka tartibdagi tadbirkor va xodim o‘rtasida yozma shakldagi mehnat shartnomasi tuzadi.
👉VMQ-707-son 22.11.2021

📃Mehnat shartnomasi namunasi

▫️Mehnat shartnomasining amal qilish muddati yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.

▫️Mehnat shartnomasi ikki nusxada tuziladi: bir nusxasi yakka tartibdagi tadbirkorda, ikkinchisi xodimda qoladi.

▫️Mehnat shartnomasida quyidagilar talab qilinmaydi:
✖️yakka tartibdagi tadbirkorning imzosini muhr bilan tasdiqlash;
✖️ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtirish.

✔️Xodimning mehnat stajini hisoblash budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.

❗️Yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodimlarni yollash huquqiga ega

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#YTT #qayta_aloqa

– Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyatimni to‘xtatsam ham nima sababdan menga ijtimoiy soliq hisoblanyapti?


Yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ (Davlat xizmatlari markazlari) orqali tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turgan bo‘lsa, soliq organi keyingi ish kundan kechiktirmay bu haqda axborot oladi va YTTning o‘ziga ijtimoiy soliq hisoblashni to‘xtatadi.

Agar faoliyatini to‘xtatayotgan YTTning yollangan xodimlari bo'lsa, har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkalarini o‘zi hisobda turgan soliq organiga taqdim etishi lozim.

Buning uchun, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishi va 1 ish kunidan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organiga xabarnoma yuborishi lozim. Davlat soliq xizmati organi xabarnoma qabul qilingan kunning o‘zida xodimni hisobga qo‘yish kartochkasini bekor qiladi.

Ushbu kartochkalar YTTning xodimlariga ijtimoiy soliqni hisoblashni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi.

Agar faoliyatini to‘xtatib turgan YTT har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkasini soliq organiga topshirmasa, ular uchun ijtimoiy soliq hisoblanishi to‘xtatilmaydi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram