#Sergeli #Yangihayot #korrupsiya
🔷Biz korrupsiyaga qarshimiz!
So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil tarzda amalga oshirilmoqda. Shu nuqtai nazardan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavsizik bo‘limi tomonidan poytaxtimiz tumanlari bo‘ylab soliq sohasida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik masalasi yuzasidan o‘tkazib kelinayotgan profilaktik davra suhbatlarining navbatdagisi Sergeli hamda Yangihayot tumanlarida bo‘lib o‘tdi.
Mutasaddilar xodimlarga ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya etishlari, belgilangan ish vaqtida yuzaga keladigan har qanday munosabatlar mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinishi, ish vaqtida xizmat vazifasi bilan band bo‘lishlari, soliq to‘lovchilardan kelib tushadigan murojaatlarni qanoatlantirishda vakolatlari doirasidan chetga chiqmasliklari, fuqarolar bilan munosabatda davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari borasida tushuntirishlar berishdi.
Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram

#Sergeli #uchrashuv #yashirin_iqtisodiyot #barqarorlik_reytingi
🔷"Sergeli kichik sanoat zonasi"da faoliyat yuritadigan tadbirkorlarga ko'mak beriladigan bo'ldi
Joriy yilning 23-aprel kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i poytaxtimizda joylashgan "Sergeli kichik sanoat zonasi"ga tuman soliq inspeksiyasi rahbari hamrohligida tashrif buyurdi va tadbirkorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir. Mazkur muassasada 88 ta tadbirkorlik subyekti ish olib boradi va ularda jami 957 nafar ish o'rni yaratilgan.
Boshqarma boshlig'i bu yerdagi barcha tadbirkorlar bilan alohida-alohida uchrashgan holda qonun doirasida ishlab, faoliyatni kengaytirish va yangi ish o'rinlari yaratishga e'tibor berish kerak ekanligini, shuningdek, barqarorlik reytingida yuqori toifaga o'tishda hamda boshqa masalalarda qanday yordam lozim bo'lsa ko'rsatilishini ta'kidladi. Shundan so'ng, mutasaddi tashkilotlarga muayyan sabablarga ko'ra faoliyati to'xtab qolgan tadbirkorlarning faoliyatini yuritishga ko'maklashish bo'yicha kerakli ko'rsatma hamda topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.