TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.79K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yashnobod #Yakkasaroy #Mirobod #Bektemir
#yashil_makon

🌱Shuningdek, loyiha doirasidagi xuddi shunday koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari poytaxtimiz boʻylab, jumladan, Yashnobod, Yakkasaroy hamda Mirobod tumanlaridagi mahallalarda ham koʻtarinki tarzda davom etdi.

Bugun ekilayotgan ushbu koʻchatlar kelgusida ekologiyani muhofaza qilish, poytaxtimizning yashil hududini yanada kengaytirish va yurtimiz havosining musaffoligini saqlab qolishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Bektemir #4_sektor #sarhisob

🔷Bektemir tumani sektorlari faoliyati monitoring qilindi

Davlat xizmatini rivojantirish agentligining Toshkent shahar filiali rahbari hamda 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida hokimlik va sektor xodimlari uchun trening tashkil etilib, unda sektorlarning tuman mahallaridagi samaradorligi monitoring qilindi.

Shuningdek, tumanning 4 ta sektor shtabida ham o’rganish ishlari olib borilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun–mohiyati hamda samaradorlik.uz elektron platformasi orqali shakllanayotgan sektor rahbarlarining reytingi taqdimot shaklida batafsil tushuntirildi.

Shundan soʻng, mahalladagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faoli va uchastka nozirlari faoliyatiga alohida toʻxtalib oʻtilib, ularga kerakli tavsiyalar berib o'tildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram