TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.9K subscribers
12.2K photos
1.3K videos
72 files
4.93K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Shayxontohur
#Korrupsiya

"9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan poytaxtimiz bo'ylab "Korrupsiya - rivojlanishimizga to'siq" mavzusida seminarlar tashkil etilmoqda.

Ushbu tadbirlarning navbatdagisi, Shayxontohur tumanida bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuvda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari tuman DSI shaxsiy tarkibiga korrupsiya va uning zararli oqibatlari haqida ma'lumotlar berishdi.

Shuningdek uchrashuv davomida so’nggi vaqtlarda sodir etilgan salbiy holatlar xodimlar o’rtasida tanqidiy muhokama etildi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#MXIK

🔴 tasnif.soliq.uz dagi qidiruv tizimida mavjud MXIK kodi o‘rniga “yangilangan” MXIK kodlarini ishlatish tavsiya etilmoqda. Bunday holda qanday yo‘l tutish lozim

🔵 Klassifikator tuzilmasini optimallashtirish munosabati bilan alohida tovarlar (xizmatlar) identifikatsiya kodlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Agar MXIK nofaol bo‘lsa, tasnif.soliq.uz sahifasidagi qidiruv tizimida taklif qilingan yangi MXIKdan foydalanish tavsiya etiladi.

❗️Shu bilan birga, avval chop etilgan cheklarda bugungi kunda nofaol bo‘lgan MXIKdan foydalangan bo‘lsa, bunday cheklar uchun isteʼmolchilar xarid summasining 1 foizini qaytarib olishlari mumkin.

Ma'lumot uchun

Yangi MXIKka qanday onlayn-ariza berish mumkin
MXIK onlayn katalogini qayerda ko'rish mumkin
Mahsulot uchun qadoqni qanday shakllantirish mumkin
MXIKni noto‘g‘ri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmaydi❗️
_______________
#ИКПУ

🔴 Вместо действующего кода ИКПУ поисковая система tasnif.soliq.uz. предлагает использовать новый – что нужно предпринять в этом случае

🔵 В связи с оптимизацией структуры классификатора в коды отдельных товаров (услуг) внесены изменения. Если действующий ИКПУ не активен, рекомендуется использовать новый код, предлагаемый поисковой системой tasnif.soliq.uz.

❗️При этом по ранее пробитым чекам, в которых использованы неактуальные на сегодняшний день ИКПУ, покупатели смогут получить причитающийся им возврат 1% от суммы покупки (кешбэк).

Для справки

Как подать онлайн-заявку на получение нового ИКПУ
Где просмотреть онлайн-каталог ИКПУ
Как сформировать упаковку для товара
За неправильное отражение ИКПУ финансовые санкции не применяются❗️

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Men_donorman
#Toshkent_shaharDSB

Sog'lom donorlar - salomatlik kafolatidir!

Ayni kunlarda yurtimiz bo'ylab ko'plab tashkilotlarda najot istab, kimningdir yordamiga muhtoj bemorlar uchun qon topshirish aksiyalari olib borilmoqda.

Shu jumladan 9-dekabr kuni Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasida ham 🩸 shahar qon quyish markazi "Qon preparatlari" IICHK Sayyor guruhi bilan hamkorlikda 🩺 "Men Donorman" aksiyasi o'tkazildi.

Boshqarmaning 40 dan ortiq ko'ngilli xodimlari ushbu hayriya tadbirida donor sifatida ishtirok etib,🌡 bir qancha bemorlar hayotini saqlab qolishda, ularning umid bilan boqqan ko'zlarini quvonchga to'ldirishda o'zlarining beg'araz hissalarini qo'shishdi. Siz ham donorlik aksiyalarida qatnashing va bemorlarga hayot bag'ishlashda ko'maklashing!

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Sergeli
#Yangihayot
#Seminar

Soliq to'lovchilar bilan uchrashuv
Bugun Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining mas'ul xodimlari poytaxtimizning Sergeli tumanida tadbirkor va soliq to'lovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni tashkillashtirishdi. Unda soliq sohasiga oid yangiliklar va o'zgartirishlar haqida so'z bordi.

30 ga yaqin ishtirokchilar tashrif buyurgan seminarda har kim o'zini qiynayotgan sohaga oid savollariga mutasaddilardan javob olishdi. Boshqarmaning soliq solish bo'yicha maslahat bo'limi xodimlari tadbir davomida Sergeli hamda Yangihayot tumanlarida ro'yxatdan o'tgan tadbirkorlarning tom ma'noda ko'makchisiga aylandi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB