TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yunusobod #mahalla_yettiligi #seminar #barqarorlik_reytingi

🔷Yunusobod tumanida seminar tashkil etildi

Yunusobod tumanida Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni yetakchi inspektori ishtirokida tadbirkorlar, shuningdek, "mahalla yettiligi" tizimi mas'ullari uchun seminar tashkil etildi.

Unda tadbirkorlikka berilgan yengillik va imtiyozlar to‘g‘risidagi Prezident qaror va farmonlari, shuningdek, "yettilik tizimi" asosida Soliq xizmati xodimlarining mas'uliyati yanada ortganligi sababli joylardagi tadbirkorlik subyektlarini izchil tarzda o‘rganib, ularning mavjud muammolarini bartaraf etishda ko‘maklashish, soliq bazasini kengaytirish, tushumlarni o‘z vaqtida jalb etish, vakolat doirasidan chetga chiqmaslik bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida o‘zgaritish kiritilgan qonunlarni o‘z vaqtida, sifatli, ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida bajarish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar ko‘rsatilib, xodimlar tomonidan yo‘llangan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yunusobod #seminar #barqarorlik_reytingi #mahalla_yettiligi

🔷Yunusobod tumanida tadbirkorlar hamda "mahalla yettiligi" tizimi mas'ullari uchun seminar tashkil etildi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #Chilonzor #hamkorlik #nazorat_tadbiri

🔷Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi hamda Soliq xizmati xodimlari hamkorligida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida poytaxtimizdagi savdo majmualarida ish yuritadigan tadbirkorlik subyektlarinig faoliyati o'rganilmoqda. Unda QR-kodli chek taqdim etmaslik, soliq bazasini yashirib ko‘rsatish maqsadida savdodan tushgan naqd pullarni onlayn-NKM xotirasiga kiritmaslik, xodimlarni mehnat shartnomasisiz ishlatish kabi aniqlangan holatlar bartaraf etilmoqda.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #korrupsiya

🔷 Yunusobod tumani soliq inspeksiyasi xodimlari bilan profilaktik suhbat o'tkazildi

Toshkent shahar soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ullari poytaxtimiz tumanlari bo'ylab Soliq sohasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan korrupsion holatlar va ularning oldini olish to'g'risida targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelmoqdalar.

Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Ichki ishlar bosh boshqarmasi vakili taklif etilgan holda Yunusobod tumani soliq inspeksiyasining Shaxsiy tarkib xodimlari bilan tashkil etildi. Tashkilotchilar qatnashchilar bilan sohadagi huquqbuzarliklarga oid profilaktik suhbat olib borib, ularga huquqiy tushunchalar berdi.

📌Shuni alohida ta'kidlash joizki, har bir tizimning adolatli va shaffof bo'lishi yurtimizni taraqqiyotga yetaklaydi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #sayyor_qabul

Aholi muammolari o‘z yechimini topmoqda

Sayyor qabul o‘tkazish tizimi fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish va ijobiy hal etish, muhim ma’lumotlar va qonunchilikdagi yangiliklarni aholiga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu maqsadda Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining topshirig‘iga asosan, poytaxtimizning Yunusobod tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari hamda tuman 4- sektor rahbari ishtirok etdi.

Qabulda 50 dan ziyod fuqaro o‘z murojatlari bilan ishtirok etdi. Subsidiya asosida 6 nafar fuqaroga tikuv mashinasi, 2 nafariga moddiy yordam, 5 ta fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari berilgan bo‘lsa 4 nafar murojatchining sog‘ligini tiklsh uchun yo‘llanma berilgan bo‘lsa, 5 nafar fuqaroning maktabgacha ta‘lim muassasasiga yo‘llanma masalasi shu joyning o‘zida hal etildi. Qolgan masalalar o‘rganib chiqish uchun mas'ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram