TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.76K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
71 files
4.88K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_qarzi

Ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzi 867 mlrd so‘mdan oshdi

2024-yil 1-mart holatiga ishlab chiqarish sohasida soliq qarzi (100 mln so'mdan yuqori) mavjud korxonalar soni 854 ta bo‘lib, ularning jami qarzdorligi – 867,2 mlrd so'm. Shundan 198,5 mlrd so‘mi, ya'ni 22,9 %i soliq qarzi eng ko‘p bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.

📊Hududlar kesimida ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlari – TOP-3:

📍Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HSI – 429,7 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati – 93 mlrd so‘m;
📍Farg‘ona viloyati – 57,9 mlrd so‘m.
____________
#цифровизация #налоговая_задолженность

У производственных организаций налоговая задолженность превысила 867 млрд сумов

По состоянию на 1 марта 2024 года у 854 организаций в производственной сфере имеется налоговая задолженность (выше 100 млн сумов) в размере 867,2 млрд сумов. Из них 198,5 млрд сумов или 22,8% приходится на 10 организаций.

📊Показатели налоговой задолженности организаций в сфере производства в разрезе регионов – TOП-3:

📍
МРИ по крупным налогоплательщикам - 429,7 млрд сумов;
📍Ташкентская область – 93 млрд сумов;
📍Ферганская область – 52,6 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X | Threads
#oʻquv_mashgʻulot #korrupsiya

🔷Soliq xizmati xodimlari uchun o'quv mashg'uloti tashkil etildi

Joriy yilning 15-mart kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlariga navbatdagi kasbiy o'quv mashg'uloti tashkil etildi.

Unda korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik, uning ayanchli oqibatlaridan ogoh bo'lish, har bir xodim o'z kasbiga vijdonan mas'uliyat bilan yondashishi va soliq to'lovchilar bilan muomala madaniyatiga amal qilgan holda odob-axloq doirasida faoliyat yuritishi kerakligi ta'kidlandi hamda belgilab berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida, sifatli, ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida bajarish bo'yicha qo'shimcha ko'rsatmalar berildi.

Qolaversa, tizimdagi yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar takrorlanmasligi uchun misollar bilan tushuntirildi va berilgan topshiriqlarni bo‘lim boshliqlari o‘z nazoratiga olishi kerakligi hamda xodimlar kesimida alohida-alohida ishlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #sayyor_qabul

Aholi muammolari o‘z yechimini topmoqda

Sayyor qabul o‘tkazish tizimi fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish va ijobiy hal etish, muhim ma’lumotlar va qonunchilikdagi yangiliklarni aholiga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu maqsadda Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining topshirig‘iga asosan, poytaxtimizning Yunusobod tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari hamda tuman 4- sektor rahbari ishtirok etdi.

Qabulda 50 dan ziyod fuqaro o‘z murojatlari bilan ishtirok etdi. Subsidiya asosida 6 nafar fuqaroga tikuv mashinasi, 2 nafariga moddiy yordam, 5 ta fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari berilgan bo‘lsa 4 nafar murojatchining sog‘ligini tiklsh uchun yo‘llanma berilgan bo‘lsa, 5 nafar fuqaroning maktabgacha ta‘lim muassasasiga yo‘llanma masalasi shu joyning o‘zida hal etildi. Qolgan masalalar o‘rganib chiqish uchun mas'ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar!


Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi serverlari yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 21-mart soat 21:00 dan 23-mart soat 09:00 gacha profilaktika ishlari olib boriladi.

Ushbu davr mobaynida soliq organlarining elektron xizmatlari vaqtinchalik ishlamaydi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun 1198 raqami orqali 24/7 rejimda faoliyat olib boruvchi Call-markazga murojaat qilish mumkin.
______
#объявление

Уважаемые налогоплательщики!

В целях оптимизации работы веб-ресурсов Налогового комитета и повышения пропускной способности серверов Центра обработки данных с 21:00 часов 21 марта до 09:00 часов 23 марта будут проводиться профилактические работы.

В этот период порталы электронных налоговых услуг будут временно недоступны.

За консультацией можно обратиться в круглосуточный Call-центр по номеру 1198.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads