TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.77K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
71 files
4.85K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Nima adolatli ekanini tushunish, go‘zallikni his etish, faqat yaxshilikni ravo ko‘rish — oqilona yo‘l-yo‘riq mana shudir.

A. Platen

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga asosan qoʻllanilgan jarima summasining 98 %i hisobdan chiqariladi

🖊O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-39 son Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra:
Fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i (avval 100%);

♻️Bir yil davomida takror sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 %i miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar (227 prim 1-modda) uchun qoʻllanilgan moliyaviy jarimalar boʻyicha mavjud qarzdorlikning 98 %i hisobdan chiqariladi va qarzdorlikni undirish bilan bogʻliq sud va ijro ishlari tugatiladi.

📌Undirilgan jarima summalarining 98%i kelgusi toʻlovlar hisobiga tadbirkorlik subyektlariga qaytariladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Mirobod #korrupsiya

🔷Mirobod tumani soliq inspeksiyasi xodimlari bilan profilaktik suhbat tashkil etildi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan MIrobod tumani soliq inspeksiyasi Shaxsiy tarkibi bilan profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.

Xodimlarga ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya etishlari, belgilangan ish vaqtida yuzaga keladigan har qanday munosabatlar mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinishi, ish vaqtida xizmat vazifasi bilan band bo‘lishlari, soliq to‘lovchilardan kelib tushadigan murojaatlarni qanoatlantirishda vakolatlari doirasidan chetga chiqmasliklari, fuqarolar bilan munosabatda davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari borasida tushuntirishlar berishdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#uchrashuv #yashirin_iqtisodiyot #barqarorlik_reytingi

🔷Tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga keng yo‘l ochib berish, ular faoliyatiga to‘siq bo‘ladigan holatlarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, tadbirkor – iqtisodiyotning, islohotlarimizning asosiy tayanchi va lokomotividir.

Shu maqsadda, Toshkent shahar prokurori va soliq boshqarmasi boshlig‘ining 100 nafardan ortiq tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda biznes muhitini yaxshilash yuzasidan so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar tushuntirilib, qonun doirasida faoliyat yuritish, yashirin iqtisodiyotdan saqlanish hamda soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etish lozim ekanligi ta'kidlandi. Shuningdek, mutaxassislar ishbilarmonlar tomonidan yo‘llangan tadbirkorlarning barqarorlik reytingiga oid savollarga batafsil javob berdilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram