TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
11.9K photos
1.27K videos
64 files
4.77K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #soliq_hisoboti

2024-yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

QQS hisobotining paket kodi: 10006_41

👉YouTube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Prezident #barqarorlik_reytingi

-Tadbirkorlar sinfi jamiyatda yetakchi kuchga aylanmoqda, yoshlar ularga qarab intilmoqda. Endi ushbu reyting orqali tadbirkorlar o‘rtasida qonunlarga itoat qilish, intizomli va harakatchan bo‘lishni rag‘batlantirish zarur. Buni joriy qilish va samaradorligini ta’minlashda Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoat kengashining o‘rni katta bo‘lishi kerak.

Sh.Mirziyoyev


Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliqdan tushgan mablag‘lar nimalarga sarflanadi?

Hurmatli tadbirkorlar, o'z vaqtida to'lanmagan soliq qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?

Ushbu rolik orqali bu savollarga o‘zingiz uchun javob topasiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi ko‘rsatkichlari soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetida aks ettirildi

Platforma soliq hisobotlari, to‘langan soliq summalari, subyektning ro‘yxatdan o‘tgan sanasi, boshqa organlardan olingan maʼlumotlar asosida tadbirkorlarning reytingini avtomatik shakllantiradi.

Tadbirkorning qandaydir kamchiliklari bo‘lib, past ball olsa, dastur nima sababdan bunday ball olgani va kamchiliklar qanday bartaraf etilishini ko‘rsatib turadi.

Tadbirkor faoliyatini baholash koʻrsatkichlari va berilgan ballar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shaxsiy kabinetida ham koʻrishi mumkin.

👉
Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Ming yil o‘qisamu, mendan "nimani bilding", deb so‘rasalar, "haddimni bildim" deyman.

Jaloliddin Rumiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 20-fevral

yanvar oyi uchun:


- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1- va 2-qismlar);

- dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq agenti tomonidan soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yuridik shaxslar tomonidan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-va 4-qismlar);

fevral oyi uchun:

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️20 февраля 2024 года последний день

за январь:


- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по начисленным суммам налога с дивидендов и процентов
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами юридическими лицами
(ч.3-4 ст.454 Налогового кодекса);

за февраль:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юрлицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_kodeksi

18-bob. Soliq tekshiruvlarining va soliq nazorati boshqa choralarining huquqiy oqibatlari

165-modda. Soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ish yuritish


Soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning ushbu Kodeks 157-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan buzilishlari to‘g‘risida dalolat beruvchi faktlar aniqlangan taqdirda, soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik faktini aniqlagan mansabdor shaxsi ushbu mansabdor shaxs va huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan imzolanishi lozim bo‘lgan dalolatnomani tuzadi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Bektemir #korrupsiya

🔷Bektemir tumani soliq inspeksiyasi xodimlari bilan davra suhbati tashkil etildi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimi taklif etilgan holda Bektemir tumani soliq inspeksiyasi Shaxsiy tarkibi bilan profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari bugungi kunda aholi o‘rtasida “ommaviy madaniyat”ning turli ko‘rinishlari o‘sib borayotgani, xodimlarga ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya etishlari, belgilangan ish vaqtida yuzaga keladigan har qanday munosabatlar mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinishi, shuningdek, ish vaqtida xizmat vazifasi bilan band bo‘lishlari, vakolat doirasidan chetga chiqmasliklari, fuqarolar bilan munosabatda davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari borasida tushuntirishlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

2024-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari

❗️Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari (qishloq xoʻjaligi korxonalari bundan mustasno) 2023-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini joriy yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etishi lozim.
___________
#налог_за_пользование_водными_ресурсами

Ставки налога за пользование водными ресурсами на 2024 год

❗️Юридические лица РУз (за исключением сельхозпредприятий) должны представить отчетность по налогу за пользование водными ресурсами за 2023 год не позднее 1 марта этого года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport #stol_tennisi

🏓Sportning stol tennisi turi bo'yicha poytaxtimiz tumanlarida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i kubogi uchun saralash bosqichi o'tkazilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#AOS

🔷Qatʼiy belgilangan summada AOS toʻlovchilar qaysi hisobotlarni topshirmaydi?

Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tartibda AOSni qatʼiy belgilangan summada toʻlashni tanlashi mumkin. Ushbu stavkalar yiliga quyidagi miqdorlarda belgilandi:

🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 25 mln soʻm;
🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 34 mln soʻm.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

“AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvi oʻtkazish avtomatik cheklanadi


Barqarorlik reytingida “AAA” toifadagi (100-96 ball) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi.
(jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno)

Soliq organlarida mavjud barcha dasturiy mahsullarda “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruv oʻtkazish yuzasidan buyruq rasmiylashtirish cheklandi.
Boshqa toifaga o‘zgarganda ushbu rag‘banlantirish amal qilmaydi.

Shuningdek, QQS summasini 1 kunda tekshiruvlarsiz qoplash (qaytarish) boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Joriy yil 1-martdan integratsiya natijasida olingan maʼlumotlar asosida “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga 1 kun muddatda avtomatik ravishda QQS summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) yoʻlga qoʻyiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads