TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yakkasaroy #barqarorlik_reytingi #seminar

🔷Soliq tizimidagi yangiliklar tadbirkorlarga yetkazilmoqda

Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni yetakchi inspektori ishtirokida tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi.

Unda tadbirkorlikka berilgan yengillik va imtiyozlar to‘g‘risidagi Prezident qaror va farmonlari, shuningdek, 2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qo'shimcha rag'batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi, hamda Soliq kodeksiga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar mazmun-mohiyati, to'g'risida batafsil tushuntirishlar berildi. Seminar yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram