TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.8K subscribers
12.9K photos
1.37K videos
75 files
5.32K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Vaqtni o‘zingga bo‘ysundirmoqchimisan, bir daqiqani ham behuda o‘tkazma.


Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #murojaatlar

Soliq qo‘mitasiga 2024-yil yanvar oyida 4 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan

Soliq qo‘mitasi markaziy apparatida 2024-yil yanvar oyida elektron hujjat aylanish tizimi orqali ro‘yxatga olingan murojaatlar soni 4 154 tani tashkil etdi.

Shundan:
🔹elektron
– 3 705 ta (89,2%);
🔹ogʻzaki – 191 ta (4,6%);
🔹yozma – 258
ta (6,2%).

📍Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetakchi hududlar:
🔸Toshkent shahri – 1 306 ta (31,4%);
🔸Samarqand viloyati – 369 ta (8,9%);
🔸Toshkent viloyati – 343 ta (8,3%).

👉 Soliq qo‘mitasiga 2023-yilda 52 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_kodeksi

18-bob. Soliq tekshiruvlarining va soliq nazorati boshqa choralarining huquqiy oqibatlari

164-modda. Soliq organlarining qarorlarini ijro etish


Soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha qaror u kuchga kirgan kundan e’tiboran ijro etilishi lozim.
Tegishli qarorni ijroga qaratish ushbu qarorni qabul qilgan soliq organining zimmasiga yuklatiladi.
Shikoyat yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ko‘rib chiqilgan taqdirda, ushbu yuqori turuvchi soliq organining kuchga kirgan qarori yuqori turuvchi soliq organining qarori kuchga kirgan kundan e’tiboran uch kun ichida dastlabki qaror qabul qilgan soliq organiga yuboriladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Shayxontohur #korrupsiya

🔷Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi xodimlari bilan davra suhbati tashkil etildi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar izchil tarzda amalga oshirilmoqda. Jumladan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi Shaxsiy tarkibi bilan profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.

Tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i ham ishirok etgan tadbirda Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari bugungi kunda aholi o‘rtasida “ommaviy madaniyat”ning turli ko‘rinishlari o‘sib borayotgani, xodimlarga ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya etishlari, belgilangan ish vaqtida yuzaga keladigan har qanday munosabatlar mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinishi, shuningdek, ish vaqtida xizmat vazifasi bilan band bo‘lishlari, vakolat doirasidan chetga chiqmasliklari, fuqarolar bilan munosabatda davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari borasida tushuntirishlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #yigilish #soliq_tushumlari #yashirin_iqtisodiyot

Mirobod tumani hokimligida iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi


Mirobod tumani hokimligining faollar zalida joriy yilning 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimi, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i va boshqa mas’ul tashkilot vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi. Tadbirda budjet tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlash, mol-mulk va yer soliqlari o‘z vaqtida to‘lanishi bo‘yicha aholi o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini olib borish kerakligi ta'kidlandi.

Shuningdek, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari hamda tuman soliq inspeksiyasi mutaxassislariga tadbirkorlarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlar haqida keng axborot berish, shu bilan bir qatorda yashirin iqtisodiyot va uning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini jadallashtirish haqida vazifalar belgilab berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onlayn_NKT

Umumiy ovqatlanish xizmati bilan shug‘ullanib kelamiz. Faoliyatimizda Onlayn-NKTdan tashqari boshqa hisobga olish tizimi (dasturiy mahsul)dan ham foydalanamiz. Bu noqonuniymi?

O‘zbekiston hududida aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari Davlat reyestiriga kiritilgan va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan (onlayn-NKT) foydalanishi shart.

Savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida onlayn-NKT bilan bir vaqtda boshqa turdagi (ikkilamchi) fiskal maʼlumotlar* hisobini yuritish tizimlaridan foydalanish taqiqlanadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019

Shunga ko‘ra, chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faqat Davlat reyestriga kiritilgan va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan dasturiy mahsulotlardan foydalanishi lozim.

Maʼlumot uchun: ofd.uz saytida Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKT va virtual kassalar ro‘yxati va ulardan foydalanish bo‘yicha maʼlumot olish mumkin.

*fiskal maʼlumotlar — hisob-kitoblar to‘g‘risidagi maʼlumotlar, hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyekti to‘g‘risida maʼlumot, hisob-kitobda foydalaniladigan onlayn-NKM, virtual kassalar, Marketpleys yoki operator tomonidan yaratilgan boshqa maʼlumotlar.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob
#AOS

2024-yil yanvar oyi uchun AOS hisobotini topshirish jarayonida “Onlayn nazorat kassa texnikasi orqali shakllangan daromadlar” qatorida 2% o‘rniga avtomatik ravishda 4% stavka qo‘llanilyapti. Buni qanday tuzatish mumkin

Stavka to‘g‘ri qo‘llanilishi uchun tadbirkorlik subyekti onlayn-NKTni Soliq kodeksining 467-moddasidagi faoliyat turi va joyidan kelib chiqqan holda ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.

Misol uchun, tadbirkorlik subyekti chakana savdo bilan shug‘ullanadi, lekin onlayn-NKTni ro‘yxatdan o‘tkazishda faoliyat turini "umumiy ovqatlanish" deb ko‘rsatgan bo‘lsa uni "chakana savdo"ga o‘zgartirishi kerak.
_________________
#вопрос_ответ #налог_с_оборота

При сдаче отчетности налога с оборота за январь 2024 года к суммам в строке "Доходы от онлайн контрольно-кассовой машины" автоматически применяется ставка 4%, но должна быть ставка 2%. Как это исправить

Чтобы налоговая ставка применялась правильно, субъекту предпринимательства необходимо зарегистрировать онлайн-ККТ в соответствии со сферами деятельности и местом расположения согласно статье 467 Налогового кодекса либо зарегистрировать ее заново.

Например, если субъект предпринимательства занимается розничной торговлей, но при регистрации онлайн-ККТ была указана сфера деятельности «общепит», то данное несоответствие следует исправить.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads