TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.79K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#oʻquv_mashgʻulot #korrupsiya

🔷Korrupsiya — halokatli yo‘l

Joriy yilning 2-fevral kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi ishtirokida xodimlar uchun navbatdagi kasbiy o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Unda Soliq qo‘mitasining 2023-yil 9-iyundagi 128-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Soliq qo‘mitasining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati" asosida, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, uning ayanchli oqibatlaridan ogoh bo‘lish, har bir xodim o‘z kasbiga vijdonan mas'uliyat bilan yondashishi kerakligi ta'kidlandi va soliq to‘lovchilar bilan muomala madaniyatiga amal qilgan holda odob-axloq doirasida faoliyat yuritish hamda belgilab berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida, sifatli, ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida bajarish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

Qolaversa, tizimdagi yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar takrorlanmasligi uchun misollar bilan tushuntirildi va berilgan topshiriqlarni bo‘lim boshliqlari o‘z nazoratiga olishi kerakligi hamda xodimlar kesimida alohida-alohida ishlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#QQS

QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi

1-apreldan QQS boʻyicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi. Yaʻni quyidagilar QQSga tortiladi.

savdo aylanmasi boʻyicha:
▫️ tibbiy xizmatlar;
▫️ veterinariya xizmatlari;
▫️ dori vositalari;
▫️ veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar.


Oʻzbekiston hududiga olib kirishda:
▫️dori vositalari;
▫️veterinariya dori vositalari;
▫️tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar;
▫️shuningdek qonunchilikda belgilanadigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan xomashyo.

aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha:
▫️suv taʼminoti;
▫️kanalizatsiya;
▫️sanitariya jihatdan tozalash;
▫️issiqlik taʼminoti.
Avval ushbu xizmatlarni koʻrsatish bo‘yicha aylanmaga QQSning nol darajali stavkasi qo‘llanilgan.
_________
#НДС

Отменяются некоторые льготы по НДС

С 1 апреля отменяются некоторые льготы по НДС, т.е. будет облагаться НДС

оборот по реализации:
▫️медицинских услуг;
▫️ветеринарных услуг;
▫️лекарственных средств,
▫️ветеринарных лекарственных средств, изделий медицинского и ветеринарного назначения.


ввоз на территорию РУз:
▫️лекарственных средств,
▫️ветеринарных лекарственных средств,
▫️изделий медицинского и ветеринарного назначения,
▫️а также сырья, ввозимого по перечню, определяемому законодательством.


оборот по реализации услуг, оказываемых населению по:
▫️водоснабжению,
▫️канализации,
▫️санитарной очистке,
▫️теплоснабжению.
Ранее оборот по оказанию этих услуг облагался НДС по нулевой ставке.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #soliq_hisoboti

2024-yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

QQS hisobotining paket kodi: 10006_41

👉YouTube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
❗️QURILISH SOHASIDA FAOLIYAT YURITUVCHI TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

Joriy yilning 6-fevral kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingining mazmun-mohiyatini yetkazish hamda reytingni aniqlash mezonlari bilan tadbirkorlarni tanishtirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etiladi.

🏗 Uchrashuvga qurilish faoliyati bilan shug’ullanuvchi, shuningdek qurish materiallari ishlab chiqaruvchi hamda import qiluvchi korxonalar rahbarlari va ularning xisobchilari taklif etiladi!

Oʼtkazilish vaqti: 6-fevral, 10:00

📍 Manzil: Toshkent shahri, “InterContinental Tashkent” (Trilliant) mehmonxonasi — LOKATSIYA

Tadbirda qatnashish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz so'raladi: https://surl.li/qccmd

Batafsil ma’lumot uchun:
📞 +998781506006
🕊@mkuchkarova

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

"O‘zbekiston 24" telekanalida Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i O‘ktam Rajabov hamda Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashi a'zosi Jamshid Ismatullayev ishtirokida barqarorlik reytingi mavzusida suhbat tashkil etildi.

👉Suhbatni youtube orqali tomosha qilish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Yunusobod #nazorat_tadbiri

🔷Yunusobod tumanida nazorat tadbiri o‘tkazildi

Soliq to‘lovchilar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga QR-kodli chek taqdim etishi shart. Bu bo‘yicha Soliq xizmati xodimlari xaridorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida muntazam ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazib, aniqlangan qonunbuzarliklarni tegishli tartibda bartaraf etmoqda.

Xususan, Yunusobod tumanida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birining faoliyati tekshirilganida tadbirkorlik subyekti haqiqatan ham xarid uchun QR-kodli chek taqdim etmaganligi hamda soliq bazasini yashirib ko‘rsatish maqsadida savdodan tushgan naqd pullarni onlayn-NKM xotirasiga kiritmaganligi ma'lum bo‘ldi. Ushbu holatlar bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, tadbirkorga nisbatan Soliq kodeksining tegishli moddalariga asosan moliyaviy jarima qo‘llanildi. Shuningdek, norasmiy tarzda ishlatilib kelinayotgan 10 nafar xodimlar borligi aniqlanib, ular bilan mehnat shartnomasi tuzish bo‘yicha mas'ullarga kerakli tushuntirishlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

📊Ma'lumot o‘rnida, joriy yilning yanvar oyi holatiga ko'ra Yunusobod tumanida qonun buzilishi holatlari bo‘yicha jami 159 ta sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, 60 mln. so‘m moliyaviy jarima undirilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yunusobod #nazorat_tadbiri

🔷Soliq mobil ilovasi orqali kelib tushgan murojaat asosida, Yunusobod tumani soliq inspeksiyasi Sayyor soliq tekshiruvi sho‘basi xodimlari tomonidan tumanda faoliyat yuritadigan umumiy ovqatlanish shoxochalaridan birida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #sayyor_qabul

Xalq roziligi yo‘lidagi tadbirlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
tashabbusi bilan Toshkent shahar Adliya boshqarmasi va soliq boshqarmasi hamkorligida joriy yilning 3-fevral kuni  Mirzo Ulug‘bek tumani "Alisherobod" mahallasida ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Tadbir boshlanishidan avval fuqarolarga xush kayfiyat bag‘ishlash maqsadida madaniy tadbir, shu bilan birga, aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi.