TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.81K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.83K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida (340 000 so'm) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_kodeksi

18-bob. Soliq tekshiruvlarining va soliq nazorati boshqa choralarining huquqiy oqibatlari

156-modda. Soliq auditi natijalarini rasmiylashtirish


Soliq auditi natijalariga ko‘ra soliq organlarining ushbu tekshiruvni o‘tkazgan vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan soliq auditi dalolatnomasi tuzilishi kerak.
Soliq auditi dalolatnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) soliq auditi dalolatnomasini tuzish sanasi – ushbu tekshiruvni o‘tkazgan shaxslar tomonidan dalolatnoma imzolangan sana;

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #nazorat_tadbiri

🔷 Murojaatlar asosida nazorat tadbirlari o‘tkazilishi davom etmoqda

Soliq xizmati xodimlari tomonidan Soliq mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali kelib tushgan murojaatlar asosida poytaxtimiz tumanlarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Onlayn-NKT dan foydalanmaslik, QR-kodli chek bermaslik va tovarlar uchun to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish (P2P) orqali hisob-kitob qilish kabi qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan tadbirkorlarga tegishli tartibda jarimalar qo‘llanilmoqda.

Xususan, Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tumandagi Oliy ta'lim muassasalaridan birining umumiy ovqatlanish shoxobchasida sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazganida tadbirkorlik subyekti xodimi mijozga xarid uchun QR-kodli chek bermaganligi hamda kunlik savdodan tushgan 4 mln.431 ming so‘m naqd pullarni nazorat-kassa mashinasi хotirasiga kirim qilmaganligi aniqlandi. Ushbu holatlar bo‘yicha tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi. Shuningdek, mazkur shoxobchadagi 7 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlatilib kelinayotganligi aniqlanib, kamchilik joyida bartaraf etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Prezident

-Qanchalik murakkab bo`lmasin, boshlagan islohotlarimizni oxirigacha etkazishimiz zarur. Lekin targ`ibot-tushuntirish ishlarini bahona qilib, o`rganishlarni tekshiruvga aylantirishga mutlaqo yo`l qo`yilmaydi. Halol tadbirkor doimo davlat himoyasida, mening himoyamda.

Sh.Mirziyoyev



Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#korrupsiya

🔷Korrupsiya haqida xabar bering!

Agar siz soliq xizmati organlari tizimida korrupsiya holatlaridan xabardor boʻlsangiz quyidagi aloqa kanallari orqali Soliq qoʻmitasiga murojaat qiling.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram