TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.65K subscribers
14K photos
1.5K videos
84 files
5.87K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#ehtirom

🔷Vatan tinchligi uchun jon fido qilgan harbiy xizmatchilarning oilalari holidan xabar olindi

Yurtimizda o‘z Vatani va xalqi uchun jonini fido qilgan insonlar xotirasini pok saqlash, ularning oilalaridan xabar olish, ko‘nglini ko‘tarishga muntazam ravishda e’tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Toshkent shahar 4-sektor hududiga qarashli bo‘lgan 146 ta mahallada o‘z xizmat vazifasini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan 18 nafar harbiy hamda huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari mavjud bo‘lib, shahar va tuman sektor rahbarlari tomonidan ushbu marhumlarning xonadonlariga borgan holda oilalaridan doimiy xabar olinmoqda.

Shu maqsadda, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i joriy yilning 13-yanvar kuni Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi "Donishmand" mahallasida istiqomat qilgan marhum uchuvchi kapitan Jahongir Tog‘ayev oilasi holidan xabar olib, ularga bayram tuhfalari topshirdi va ehtiyojlari bo‘lgan yordamni ko‘rsatishga har doim tayyor ekanliklarini bildirdi.

Shundan so‘ng, Soliq xizmati rahbarlari yana shunday mard va sadoqatli o‘g‘lonlardan biri, Sergeli tumani “Qo‘shqo‘rg‘on” mahallasida istiqomat qilgan podpolkovnik Doston Uyg‘urov xonadoniga borgan holda xodimning oila a'zolari hamda farzandlaridan xabar olib, ularga saovg'a-salomlar ulashdilar.

Vatanni sevmoq iymondandir, deyishadi. Bayram arafasidagi mana shunday tadbirlar Vatan uchun jonini fido qilganlarni xalqimiz aslo unutmasligining dalilidir. Bu esa yosh avlod qalbida vatanparvarlik, yurtga daxldorlik hissi oshishiga, ona Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usi yanada jo‘sh urishiga xizmat qiladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍32
#Sergeli #sayyor_qabul

Sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar o'z yechimini topmoqda

Toshkent shahar sektor rahbarlari tomonidan poytaxtimiz tumanlarida o'tkazib kelinayotgan sayyor qabullar aholi bilan bog'liq muammolarning yechim topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xususan, Toshkent shahar 4-sektor rahbari ko'rsatmasi bilan joriy yilning 13-yanvar kuni  Sergeli tumanidagi yordamga muhtoj 17 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Ushbu ommaviy sayyor qabulda 15 ta murojaat ijobiy hal etildi. Jumladan, 5 ta fuqaroga uy sharoitida daromad manbaiga ega qilish maqsadida tikuv mashinalari olish uchun sertifikatlar taqdim etildi. Shuningdek, yana 10 nafar fuqaroning murojaatlari qanoatlantirilib, kundalik turmushda foydalaniladigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Vaqt talab etuvchi 2 ta muammoli masalalar tegishli tashkilotlarga yo'naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍21