TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.92K subscribers
12.3K photos
1.31K videos
73 files
4.99K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Uchtepa #sayyor_qabul

Aholi muammolari tizimli hal etilmoqda

Davlat organlari ishtirokida joylarda tashkil etilayotgan sayyor qabullarda fuqarolarni qiynayotgan muammolar o'z yechimini topmoqda. Toshkent shahar 4-sektor rahbari boshchiligida Uchtepa tumanida o'tkizilgan qabulda ham bu yaqqol namoyon bo'ldi.

Unda 17 nafar fuqaro murojaatlari bilan ishtirok etib, 14 tasi shu yerning o'zida ijobiy hal etildi. Xususan, kundalik yumushlarda ishlatiladigan oziq-ovqat nahsulotlari, salomatlikni tiklash uchun tibbiyot birlashmasidan yo'llanma hamda sog'lig'ini tiklash uchun dori-darmon vositalari o'z egalariga topshirilgan bo'lsa, o‘rganish qo‘shimcha vaqt talab qiladigan 3 ta masala bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, tumandagi "Nayman" mahallasida istiqomat qiladigan ijtimoiy himoyaga muhtoj bir nafar fuqaroning xonadonida kapital ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Kim hunarni desa, u dono bo‘lur,
Nodonlar qudrat deb boylikni bilur.

Jomiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 9-yanvar

dekabr oyi uchun:


- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️9 января 2024 года последний день

за декабрь:


- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#alkogol #yigim

2024-yil uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari

👉OʻRQ-886-son, 25.12.2023-y.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_kodeksi

17-bob. Soliq nazorati to‘g‘risidagi umumiy qoidalar. Soliq tekshiruvlari

143-modda. Soliq auditini o‘tkazishga doir cheklovlar


Soliq organlari soliq to‘lovchining aynan bitta davr uchun aynan bir xil soliqlar bo‘yicha bir martadan ortiq soliq auditini o‘tkazishga haqli emas, bundan soliq auditini o‘tkazish chog‘ida soliq organiga ma’lum bo‘lmagan yangi holatlar aniqlangan hollar mustasno. Yangi holatlar aniqlangan taqdirda soliq organi takroriy soliq auditini tayinlashga haqli.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#alkogol #yigim

Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lash tartibi

Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan paytdan e’tiboran to‘lanadi.

❗️Bildirishnoma elektron litsenziyalash tizimi license.gov.uz orqali yuboriladi.

Bunda xabarnoma:
▫️joriy oyning 20-sanasiga qadar yuborilganda yig‘im ushbu oy uchun to‘liq hajmda,
▫️joriy oyning 20-sanasidan keyin yuborilganda keyingi oyning 1-sanasidan boshlab hisoblab chiqariladi.

Agar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining soniga, shuningdek ularning har biri joylashgan hudud o‘lchamlariga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi hamda undiriladi.

👉
2024-yil uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im stavkalari

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati to‘xtatib turilganda yoki tugatilganda yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oyning 1-sanasidan to‘xtatib turiladi.

👉Soliq kodeksi 460-modda

To‘xtatib turilgan yoki tugatilgan faoliyat tiklanganda tadbirkorlik subyekti ruxsatnoma olish uchun yangi xabarnoma yuborishi lozim.
__________
#алкоголь #cбор

Порядок уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции

Сбор за право реализации алкогольной продукции уплачивается с момента направления уведомления о начале реализации алкогольной продукции.

❗️Подать уведомление необходимо через систему электронного лицензирования license.gov.uz

При направлении уведомления:
▫️до 20 числа текущего месяца сбор исчисляется в полном объеме за данный месяц,
▫️после 20 числа текущего месяцас 1 числа следующего месяца.

В случае если реализация алкогольной продукции осуществляется через несколько пунктов стационарной торговли и (или) общественного питания, сборы за право реализации алкогольной продукции исчисляются и взимаются в пределах установленных ставок пропорционально количеству стационарных пунктов торговли и (или) общественного питания, а также размерам территории расположения каждого из них.

👉Ставки сбора за право реализации алкогольной продукции на 2024 год

При приостановлении или прекращении деятельности по розничной торговле алкогольной продукцией исчисление сбора приостанавливается с 1 числа следующего месяца.

👉ст.460 НК

При возобновлении приостановленной или прекращенной деятельности субъект предпринимательства должен направить новое уведомление для получения разрешения.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#raqamlashtirish #murojaatlar #sarhisob

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasiga
2023-yil davomida jami 61 025 ta murojaat kelib tushgan.

📉Shundan:
▫️yuridik shaxslar40 788 ta;
▫️jismoniy shaxslar20 237 ta.

📊Murojaatlar shakli:
▫️yozma 648 ta;
▫️elektron53 801 ta;
▫️og‘zaki6 576 ta.

📈Murojaatlarda eng ko‘p ko‘tarilgan masalalar:
▫️turli mavzular: soliq qarzdorligi, ortiqcha to‘lovlarni qaytarish, ma'lumotlar taqdim etish, ijtimoiy masalalar va boshqalar to‘g‘risida56 736 ta;
▫️Soliq to‘lovlariga oid tushuntirish berish to‘g‘risida3 707 ta;
▫️Savdo-sotiq sohasidagi tartib buzilish holatlari to‘g‘risida153 ta.

☎️
Shuningdek, Soliq boshqarmasi Call-markazi (78 140 3232)ga 2023-yil davomida jami 397 883 ta murojaat yo‘llangan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#raqamlashtirish #murojaatlar #sarhisob

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi va tuman soliq inspeksiyalariga 2023-yil mobaynida kelib tushgan murojaatlar top-5 taligi:

◽️Toshkent shahar soliq boshqarmasi29 666 ta;
◽️Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi 5 462 ta;
◽️Yunusobod tumani soliq inspeksiyasi5 377 ta;
◽️Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi5 159 ta;
◽️Chilonzor tumani soliq inspeksiyasi3 990 ta.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram