TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.67K subscribers
13.9K photos
1.49K videos
83 files
5.85K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 5-dekabr

noyabr oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️5 декабрь 2023 года последний день

за ноябрь:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_kodeksi

15-bob. Soliq qarzini undirish

123-modda. Soliq qarzini boshqa mol-mulk hisobidan undirish


Agar majburiyatga ega shaxsning soliq qarzini ushbu Kodeksning 121 va 122-moddalarida nazarda tutilgan tartibda undirish mumkin bo‘lmasa, soliq organi soliq qarzini shu majburiyatga ega shaxsning boshqa mol-mulki, shu jumladan naqd pul mablag‘lari hisobidan undirishga haqli.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

2023-yil 1-dekabr holatiga

O‘zbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 577 510 tani tashkil etdi. Shundan 84 598 tasi joriy yilning yanvar-noyabr oylarida ro‘yxatdan o‘tgan.

👉 Batafsil
_______
#цифровизация #юридические_лица

По состоянию на 1 декабря 2023 года
количество осуществляющих деятельность юрлиц в Узбекистане составляет 577 510. Из них 84 598 зарегистрировано в январе-ноябре текущего года.

👉 Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#brifing

Ayni daqiqalarda AOKAda Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dildora Xashimova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tmoqda.

Mavzu: Soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

Jonli efir
👉https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/703564758407440
__________
#брифинг

В эти минуты в АИМК проходит брифинг при участии начальника управления Налогового комитета Дилдоры Хашимовой.

Тема: Проводимая работа по переходу налоговой системы до уровня махалли

Прямой эфир
👉https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/703564758407440

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiya

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag’ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o’tkazildi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍1😁1
#Konstitutsiya

🔷Konstitutsiya inson hayotining barcha yo‘nalishlarida uning huquq va majburiyatlarini ko‘rsatib beradigan asosiy hujjat hisoblanadi. Unga amal qilish esa har bir fuqaroning burchidir.

Shu maqsadda joriy yilning 5-dekabr kuni Yunusobod tumanidagi Sayilgoh ko‘chasida "Konstitusiya ko‘chasi" nomli ramziy darvoza tiklanib, bayram tadbiri o'tkazildi va har bir davlat organining o‘z burchaklari tashkil etilgan holda fuqarolarga huquqlari bevosita soha egalari tomonidan tushuntirildi.

Hududda "Soliq burchagi" ham tashkil etilib, unda soliq organlari faoliyatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq, shuningdek, tizimda amalga oshirilayotgan turli tashabbuslar mazmun-mohiyatini tushuntirishga doir ko‘rgazmali materiallar namoyish etildi hamda aholiga soliq sohasidagi imtiyozlar, "Soliq" mobil ilovasi va uning afzalliklari haqida ma'lumot berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
2👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya

Yunusobod
tumanidagi Sayilgoh ko‘chasida "Konstitusiya ko‘chasi" nomli ramziy darvoza tiklanib, bayram tadbiri o'tkazildi va unda har bir davlat organining o‘z burchaklari tashkil etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
2👍1🎉1
#rasmiy_munosabat

Joriy yilning 1-dekabr kuni Soliq qoʻmitasi Maʼlumotlar bazasida yakka tartibdagi tadbirkorlar foydalanadigan soliq imtiyozlari tashqi manba maʼlumotlari asosida avtomatlashtirildi.

Avtomatlashtirish jarayonida texnik xatolik yuzaga kelib oilaviy xususiy bogʻcha faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyoz (oyiga 340 ming soʻm) qoʻllanilmasdan qolgan.

Ayni paytda mazkur texnik xatolik bartaraf etilgan. Tadbirkorlardan yechib olingan ijtimoiy soliq summalari ularning hisobraqamiga qaytarilmoqda.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib aybdorlarga nisbatan tegishli choralar koʻriladi. Natijasi boʻyicha qoʻshimcha axborot berilishi ma'lum qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Yomonlik qilinishini bila turib, uni to‘xtatishga kuchi yetgani holda bu ishni qilmagan kishi, shu yomonlikka sherikdir.

"Avesto"dan

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
🤔2
#soliq_kodeksi

15-bob. Soliq qarzini undirish

124-modda. Soliq qarzini soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining boshqa mol-mulki hisobidan undirish


Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘iga doir soliq qarzini shu konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining boshqa mol-mulki hisobidan undirishda ushbu Kodeks 123-moddasining qoidalari ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda qo‘llaniladi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#rasmiy_munosabat

Toshkent shahar soliq boshqarmasi fuqaro S.S tomonidan soliq hisoboti to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqda qoldirilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Korxona rahbari bo‘lgan mazkur tadbirkorga nisbatan 2023-yining iyun oyi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotini belgilangan muddatda soliq organiga taqdim etmaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasiga muvofiq, Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan va ushbu Kodeks 175-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jarima belgilangan.

Shuningdek, jarimalar qo‘llanilishidan avval shaxsiy kabinet orqali tegishli tartib bilan ogohlantirish xati yuborilgan. Qayd etish joizki, tadbikorga nisbatan tizim tomonidan inson omili aralashuvisiz soliq organlari bazasida mavjud ma'lumotlarni tortish yo‘li bilan mustaqil ravishda ma'muriy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram