TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.79K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#soliq_kodeksi

15-bob. Soliq qarzini undirish

120-modda. Soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi umumiy qoidalar


Soliq qarzi belgilangan muddatda to‘lanmagan yoki to‘liq to‘lanmagan taqdirda bu qarzni undirish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Soliq qarzi mazkur soliq qarziga ega bo‘lgan soliq to‘lovchidan, ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda esa — boshqa shaxslardan undiriladi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi summalari Kadastr organlari maʼlumotlari asosida hisoblanadi

Agar korxonaga tegishli koʻchmas mulk va yer maydonlari hamda soliq organlaridagi mavjud maʼlumotlar oʻrtasida tafovutlar mavjud boʻlsa, unga aniqlik kiritish yuzasidan kadastr organlariga murojaat qilish lozim.

Maʼlumot uchun:
Imtiyoz va alohida soliq stavkasi qoʻllaniladigan koʻchmas mulk obyektlari va yer uchastkalari hamda koʻchmas mulkning oʻrtacha yillik qoldiq qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar my3.soliq.uz – elektron soliq xizmatlari portalining quyidagi boʻlimlaridan murojaat yuborish orqali shakllanadi.
▫️ “Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat”;
▫️ “Alohida soliq stavkasi qoʻllaniladigan koʻchmas mulk obyektlari va yer uchastkalari”.

Eslatma:
2024-yil 1-yanvardan soliq toʻlovchilarning tanloviga koʻra yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha soliq hisobotlarini soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantirish tartibi joriy etiladi.

👉 VMQ-548-son 18.10.2023

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Chilonzor #mahallabay #4_sektor

"Ochiq muloqotdan so'ng" teleko'rsatuvining navbatdagi sonida Chilonzor tumani sektor rahbarlari tomonidan olib borilgan o'zgarishlar xususida so'z boradi.

👉Ko'rsatuvni ushbu havola orqali tomosha qiling👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_qarzdorligi #uchrashuv

🔷Soliq qarzdorligi bo‘lgan 50 dan ziyod tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Soliqlar – iqtisodiyotimiz tayanchi, farovon hayotimiz manbai. Biroq ayrim soliq to‘lovchilar o‘z majburiyatlarini unutib, qarzlarini to‘lamayotgan holatlarga ham duch kelinmoqda.

Joriy yilning 30-noyabr kuni Toshkent shahar prokuraturasi hamda soliq boshqarmasi mas'ullari rahbarligida aynan mana shunday holatlani bartaraf etish maqsadida soliq qarzdorligi mavjud tadbirkorlar bilan individual tarzda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Profilaktik suhbatlarda soliq qarzdorligining qanday qilib kelib chiqishi va uning oldini olish uchun nimalarga ahamiyat qaratish kerak ekanligi mutaxassislar tomonidan izohlanib, qarzdorlikni qisqartirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rgan holda byudjetga to‘lanishi yuzasidan tadbirkorlik subyektlari vakillariga tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram