TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.77K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
71 files
4.85K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 20-sentabr

avgust oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1–2-qismlari);

- agar avgust oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3–4-qismlari);

sentabr oyi uchun:

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

III chorak uchun:

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, AOS toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek AOS toʻlovchilar va YTTlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

- AOS toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- AOS toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️20 сентября 2023 года последний день

за август:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1 и 2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в августе были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3 и 4 ст.454 Налогового кодекса);

за сентябрь:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юрлицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);

за III квартал:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юрлицами, не являющимися плательщиками налога с оборота, у которых сумма налога за налоговый период составляет менее 200-кратного размера БРВ, а также плательщиками налога с оборота и индивидуальными предпринимателями в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_kodeksi

6-bob. Soliqlarning elementlari

71-modda. Soliq bazasi

Soliq bazasi soliq solish obyektining qiymat, fizik yoki boshqa xususiyatini ifodalaydi.
Har bir soliq uchun soliq bazasi va uni aniqlash tartibi ushbu Kodeks bilan belgilanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #obodonlashtirish #4_sektor

🔷Hamjihatlik bilan bajariladigan barcha ishlar muvaffaqiyatli yakun topadi. Shu jumladan, sektor rahbarlari hamkorligida olib borilayotgan islohotlar yurtimiz mahallalarining tobora zamonaviy qiyofa aks etishiga sabab bo'lmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i Yunusjon Nasimdjanov topshirig'iga asosan, poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumani 4-sektori hududiga qarashli "Habib Abdullayev" mahallasida bolalar maydonchasi barpo etish, ko'p qavatli uylar fasadi va kirish yo'laklarini ta'mirlash, ijtimoiy soha ob’ektlari, issiqlik ta'minoti quvurlari hamda piyodalar yo‘laklarini rekonstruksiya qilish kabi dolzarb masalalar bilan bog‘liq tadbirlar ham jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Olmazor #obodonlashtirish #4_sektor

Shuningdek, Olmazor tumanining 4-sektor hududiga qarashli mahallalar ham obodonlashtirilib, infratuzilmalar holati yaxshilanyapti.

Xususan, tumanning "Hislat" mahallasida uylar fasadiga rang berish, kirish yo'laklari va bolalar maydonchasi, istiqomat qiluvchilar salomatligiga foydali bo'lgan zamonaviy "Workout"larni ta'mirlash hamda yog'ingarchilik mavsumida aholiga noqulaylik yaratmasligi uchun piyodalar yo'laklarini rekonstruksiya qilish ishlari bajarilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
YTT tomonidan daromad va xarajatlar hisobga olinmasdan 2023-yilning bir oyida 20 mln. so‘mlik aylanma amalga oshirildi. Qo‘llaniladigan moliyaviy jarima summasini aniqlang.
Anonymous Quiz
40%
500 ming so'm
17%
1 mln. so'm
15%
2 mln. so'm
29%
4 mln. so'm
#Chilonzor #soliqchi_koʻmakchi #mahallabay

"Teletahlil" ko'rsatuvining navbatdagi sonida Chilonzor tumani soliq inspeksiyasi tomonidan 4-sektor hududiga qarashli manazillarda aholi turmush darajasi farovonligini yanada yuksaltirish va tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash samaradorligini oshirish kabi ko'plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

🔹Ko'rsatuvni ushbu havola orqali tomosha qiling🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram