#soliq_kodeksi
4-bob. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar
52-modda. Qimmatli qog‘ozlar bilan REPO operatsiyalari
Repo shartnomasiga muvofiq bitimning bir tarafi bitimning boshqa tarafiga qimmatli qog‘ozlarni ushbu shartnomada oldindan belgilangan narxda muayyan muddatdan keyin ularni qaytarib sotish (sotib olish) majburiyati bilan sotadi. Bunda ushbu qimmatli qog‘ozlarning shartnomada belgilangan sotish (sotib olish) narxi ularning bozor narxlaridan farq qilishi mumkin.
👉BATAFSIL👈
Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram

#savol_javob
SAVOL:❓
Аyrim tumanlarda tadbirkorlar uchun foyda soligʼi 1 foiz etib belgilangan ekan. Shu haqida batafsil ma'lumot berolasizmi?
JAVOB:✅
“Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident farmoniga koʼra, 2023 yil 1 yanvardan:
- respublikaning 208 ta tuman va shaharlari 5 ta toifaga ajratiladi;
- tuman va shahar toifasidan kelib chiqib, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar beriladi.

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi
“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi qanday soliq imtiyozlarini taqdim etadi?
📎 Dasturga kiritilgan tadbirkorlar “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilib MHTEKMning 1 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlaganda va ular jami ishchilar sonining kamida 20% ni tashkil qilganda mol-mulk va yer soligʻidan imtiyozlarga ega boʻladi.
♻️Fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda MHTEKMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblanganda, daromad solig‘i ish beruvchiga qaytarib beriladi, ijtimoiy soliq stavkasi 50% ga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.
👉 Youtube orqali ko‘rish
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads

#JShShODS
"Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolar uchun to‘langan daromad solig‘i qanday qaytariladi❓
🔹Buning uchun my3.soliq.uz portalida shaxsiy kabinetida “Yuridik shaxslar tomonidan xodimlar uchun to‘langan daromad solig‘i summasini Davlat budjetidan to‘liq qaytarib berish bo‘yicha elektron arizalarni ko‘rib chiqish” sahifasiga o‘tiladi.
🔹Ushbu bo‘limdan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolarni ishga olgan ish beruvchilar uchun” menyusi tanlanadi.
🔹Ochilgan ariza shaklida arizachi to‘g‘risida ma’lumotlar (tashkilot nomi, STIR, manzil) avtomatik aks etadi.
🔹Tegishli qatorlarga hisobot davri (yil, oy) kiritilgandan so‘ng xodimlar haqidagi ma’lumotlar (F.I.Sh, JShShIR va qaytariladigan JShODS summasi) avtomatik shakllanadi.
🔹Arizada bank rekvizitlari (bank nomi, MFO, hisobraqam) va yer maydoni avtomatik shakllanadi.
🔹Arizaga Savdo-sanoat palatasi bilan tuzilgan “Hamkorlik shartnomasi”ni yuklab, “Ariza shakllantirish” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.
🔹“Yuborilgan arizalar” bo‘limidan ariza (raqami, sanasi, bajarish muddati, soliq organi va bajaruvchi) haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.
❌Talablarga javob bermagan ish beruvchi uchun ariza yuborish tizim tomonidan avtomatik cheklanadi.
⏳Yuborilgan arizalar bo‘yicha JShODS summasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda qaytariladi.
👉 "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolar uchun to‘langan daromad solig‘ini qaytarish bo‘yicha QO‘LLANMA

#soliq_imtiyozlari #uchrashuv #QQS
✅Joriy yilning 23-avgust kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻining tadbirkorlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Dastavval, Prezidentimiz tashabbuslari bilan biznes muhitini yaxshilash maqsadida kiritilishi kutilayotgan soliq ma'murchiligidagi yengillik va imtiyozlar haqida ma'lumot va tushunchalar berildi hamda tadbirkorlarning taklif va mulohazalari tinglandi.
Shundan so'ng, savol-javob tarzida o'tgan ochiq muloqotda 60 dan ziyod tadbirkorlarning qo'shilgan qiymat solig'i va boshqa muammoli masalalari bilan bog'liq murojaatlariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi. Ularning bir nechtasi joyida hal etilgan bo'lsa, vaqt talab etadiganlari bo'yicha o'rganish o'tkazish va tadbirkorlik subyektiga borgan holda bartaraf etish yuzasidan mas'ul xodimlarga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, boshqarma boshligi tadbirkorlar bilan doimiy muloqot qilib, ularning muammolarini tinglash hamda hal qilish maqsadida haftada bir marotaba onlayn tarzda muloqot tashkil etish taklifini ilgari surdi va bu tadbirkorlar tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlandi.