TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.78K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yashnobod #mahallabay #4_sektor

Toshkent shahar 4-sektor rahbariga Yashnobod hamda Bektemir tumanidagi 48 nafar uyushmagan yoshlar biriktirilgan bo'lib, ularning hayotda o'z o'rnini topishi uchun amaliy yordamlar berib kelinmoqda.

Xususan, Yashnobod tumani Jo'rabek mahallasida istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlardan biri Z. Usmonov yashash uyining tom qismi ta'mirtalab bo'lib qolganligi tufayli amaliy yordam so'rab murojaat qilgan edi. Mazkur holat o'rganib chiqildi va 4-sektor rahbari tashabbusi bilan joriy yilning 3-avgust kuni ushbu fuqaro uyining tom qismiga yetarli bo'lgan 140 m. kvadrat qurilish mollari yetkazildi va ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Holat yakuniga yetgunga qadar davom etadigan jarayonlarni soliq tizimi xodimlari o'z zimmasiga oldi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Seni hurmat qilishlarini istasang, o'zingni hurmat qil.

B. Grasian

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#soliq_kodeksi

4-bob. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar

39-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari

Soliq solish maqsadida bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan chet el yuridik shaxsi nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb e’tirof etiladi:
1) chet el yuridik shaxsi O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etilmaydi;
2) O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladigan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar chet el yuridik shaxsini nazorat qiluvchi shaxslar hisoblanadi.

🔶BATAFSIL🔶

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#savol_javob

SAVOL:
To'liq amortizatsiya qilingan binolar bo'yicha mol-mulk solig'ini qo'llash qanday amalga oshiriladi?

JAVOB:

Soliq kodeksining yangi tahrirdagi 412-moddasiga asosan, amortizatsiya qilingan bino bo'yicha uning uch yilda kamida bir marta aniqlanadigan qayta baholangan bozor qiymati mol-mulk solig'i bazasi hisoblanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#obodonlashtirish #mahallabay #obod_mahalla

Prezidentimiz tashabbusi bilan mutasaddilar boshchiligida olib borilayotgan islohotlar natijasida poytaxtimizdagi tuman va mahallalar yangicha ko'rinish kasb etmoqda.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i Yunusjon Nasimdjanov ko'rsatmasiga binoan 4-sektor hududiga qarashli mahallalarda obodonlashtirish va aholini rozi qilish bo'yicha yangi tizimda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan eralabki yo'riqnoma o'tkazildi.

Unda mas'ul xodimlarga aholi bilan xonadonbay tarzda suhbatlashish, ularning muammolarini aniqlash va bartaraf etish, ko'p qavatli uylarning ta'mirtalab bo'lib qolgan tom qismini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, joylarga maxsus texnika vositalarini jalb etish hamda mahallalarda obodonlashtirish ishlarini tashkil etish borasida kerakli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB