TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.91K subscribers
12.4K photos
1.33K videos
74 files
5.09K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Sergeli
#Saxovat_va_komak

Shuningdek, mazkur tumanning 4-sektor hududiga qarashli mahallalarda istiqomat qiluvchi kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari va issiq kiyimlar taqdim etildi.

Bundan tashqari mas'ullar tomonidan imkoniyati cheklangan va hastaligi bo'lgan fuqarolar holidan xabar olib, ularga tegishli yordamlar ko'rsatish bo'yicha qilinadigan ishlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharSB
#hamkorlik

Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi Jahon banki bilan hamkorlikda rivojlantiriladi

2023-yilning 28-yanvar kuni Soliq qo‘mitasida Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.Kudbiyev Jahon bankining O‘zbekistondagi doimiy vakili Marko Mantovanelli bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Soliq qoʻmitasining Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi texnik imkoniyatlari, shuningdek, Jahon banki bilan qoʻshma loyiha doirasida Markaz quvvatini oshirish istiqbollari, xususan, uskunalari mavjud texnik yechimlarga to'liq mos keladigan yangi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazini yaratish bo‘yicha taqdimotlar namoyish etildi.

Yangi quvvatlar yaratilishi nafaqat Soliq qo‘mitasi, balki iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun ham ishlatilishi qayd etildi.

Marko Mantovanelli amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholadi va Jahon banki ushbu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun har tomonlama qo‘llab quvvalashini ta’kidladi.

Uchrashuv doirasida boshqa qoʻshma loyihalar bilan tanishish boʻyicha kelgusi rejalar, hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va oʻzaro aloqalarning asosiy yoʻnalishlari belgilab olindi.

Yaqin kunlarda navbatdagi uchrashuv tashkil etiladi, shuningdek, Jahon banki rahbariyatining O‘zbekistonga tashrifi ham kutilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bektemir
#Nazorat_tadbiri

Poytaxtimizning Bektemir tumanida joylashgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining isitish tizimi va xonalar harorati Toshkent shahar 4-sektor rahbari boshchiligida nazoratdan o'tkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharSB
#Nazorat_tadbiri

Joriy yilning 29-yanvar sanasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i Yunusjon Nasimdjanov boshchiligida poytaxtimizning barcha tumanlarida davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida isitish tizimlari hamda xonalarning harorati nazoratdan o'tkazildi.

Shuningdek, ta'lim muassasalarining yon atrofi qor va muz bo'laklaridan tozalanib, xonalarni yetarli darajada isitish choralari ko'rilmoqda.

Bundan tashqari tarbiyalanuvchilarga yetarlicha sharoitlar yaratish borasida mas'ul xodimlarga tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#QQS

Soliq uzilish koeffitsiyenti paydo bo‘lish sababini qanday aniqlash mumkin?

1. My.soliq.uz portali bosh sahifasining chap tomonida joylashgan “QQS to‘lovchilarni aniqlash” bo‘limiga kiriladi.

2. Ochilgan oynada “Soliq uzilishi” sahifasi tanlanadi. Ushbu sahifa 2 ta bo‘limdan iborat - soliq to‘lovchining asosiy ko‘rsatkichlari va soliq uzilishi koeffitsiyentiga taʼsir etuvchi asosiy kontragentlar haqidagi ma’lumotlar.

Qo'shimcha ma'lumot uchun ushbu sahifada ko‘rsatilgan telefon raqamlari orqali Soliq qo‘mitasi yoki uning hududiy bo‘linmalari mutaxassislariga murojaat qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz
❗️Soliq uzilishi koeffitsiyenti soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchilar kontragentlarini tanlash chogʻida lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi uchun joriy qilingan.

👉O‘tgan yil yakuniga ko‘ra soliq uzilish koeffitsiyenti o‘rtacha 2 barobarga kamaydi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM