TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.79K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchtepa
#Soliqchi_komakchi
#Hokim_yordamchisi

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi xodimlari va hokim yordamchilari poytaxtimizda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga "soliqchi tadbirkorga ko'makchi" tamoyiliga asosan yordam ko'rsatib kelishmoqda.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#marketpleys

Marketpleyslar orqali 4 kunda 9 mlndan ortiq elektron chek shakllantirildi

Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi marketpleyslarning maʼlumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilingan.
👉Tahlily ma'lumotlar

Bugungi kunda Davlat reyestriga kiritilgan, soliq organlari axborot tizimlariga integratsiyalashgan marketpleyslar ish faoliyatini uzilishlarsiz odatdagi tartibda davom ettirmoqda.

2023-yilning 1-4 yanvar kunlari xaridlar uchun umumiy qiymati 262,3 mlrd so‘mlik 9,2 mln ta:
- elektron to‘lov tizimlarida 247 mlrd so‘mlik 9 mln ta;
- bank mobil ilovalarida 5,6 mlrd so‘mlik 125 ming ta;
- internet do‘konlarida 9,7 mlrd so‘mlik 8 ming ta elektron chek shakllantirilgan.

Xarid summalaridan 428,1 mln soʻm keshbek hisoblangan.

Eslatib o‘tamiz, joylarda onlayn to‘lovlar:
👉savdo shoxobchasida o‘rnatilgan QR-kodni skanerlab;
👉nazorat-kassa texnikalaridagi QR-kodni skanerlab;
👉to‘lov ilovasida shakllangan QR-kodni skanerlab;
👉mobil ilovalar (to‘lov tizimi)da "lokatsiya" usulidan foydalanib to‘lov qilishdir.

💻Marketpleys cheklari shaxsiy kabinetda aks etadi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar #JShODS #ijtimoiy_soliq

JShODS va ijtimoiy soliq boʻyicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar

1.Saqlab qolindi
▫️soliq toʻlovchilarning toifasi,
▫️soliqlarning stavkalari,
▫️soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash (shu jumladan, ShJBPHGA 0,1% oʻtkazish) tartibi.

2. Jismoniy shaxslar oʻz daromadlarini ipoteka kreditlarini soʻndirishga yoʻnaltirganda, bir vaqtning oʻzida turar joy qiymati (bugungi kunda 300 mln soʻm) boʻyicha talabni bekor qilgan holda, JShODS boʻyicha soliq solinmaydigan daromad summasi 15 mln soʻmdan MHTEKMning 80 baravarigacha (yoki 920 000х80=73,6 mln soʻm) oshirildi.

3.Bekor qilindi 2023-yil 1-apreldan jismoniy shaxslarning hayotini uzoq muddatga sugʻurtalash haqini toʻlashga yoʻnaltiriladigan jismoniy shaxslarning daromadlari qismida JShODS boʻyicha imtiyozlar.

4.Qatʼiy belgilangan miqdorlarda soliqni toʻlovchi jismoniy shaxslar (YaTT) uchun JShODS stavkasi 10%ga indeksatsiya qilindi.

5. JShODS va ijtimoiy soliq boʻyicha yillik soliq hisobotini taqdim etish muddatlariga oʻzgartirish kiritildi. 2022-yil yakunlariga koʻra yillik soliq hisobotini 2023-yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etish zarur.

6. JShODSni hisoblab chiqarish maqsadida jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 10 foizga indeksatsiya qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

5-toifadagi tumanlarda YaTTlar daromad solig‘ining qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilindi

🗓
2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar:

🔹5-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan YaTTlar JShODSning qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilindi;

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga 4-toifadagi tumanlar bo‘yicha YаTTlar uchun qat'iy belgilangan miqdordagi JShODS bo‘yicha 0,5 gacha kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritish huquqi berildi.
—————————————
#новое_в_законодательстве

Индивидуальные предприниматели в районах 5-й категории освобождены от уплаты налога на доходы в фиксированном размере

🗓
С 1 января 2023 года по 1 января 2026 года:

🔹индивидуальные предприниматели, зарегистрированные и осуществляющие деятельность в районах, отнесенных к 5-й категории, освобождены от уплаты налога на доходы физических лиц в фиксированном размере;

🔹Жокаргы Кенесу Республики Каракалпакстан и Кенгашам народных депутатов областей предоставлено право вводить для индивидуальных предпринимателей в районах, отнесенных к 4-й категории, понижающие коэффициенты до 0,5 по НДФЛ в фиксированном размере.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2023-yil 5-yanvar

dekabr oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- dekabr oyida natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizom 7-bandi).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️5 января 2023 года последний день

за декабрь:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме в декабре
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar #aksiz_soligi

Aksiz solig‘i bo‘yicha qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarishlar

🔹Saqlab qolindi
▫️soliq to‘lovchilarning toifasi,
▫️soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash muddatlari.

🔹2023-yil 1-fevraldan neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari 10 %ga indeksatsiya qilindi.

🔹2023-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarini (kuchsiz alkogolli ichimliklar bundan mustasno) ishlab chiqarishda aksiz solig‘i aksiz to‘lanadigan mahsulot tarkibidagi etil spirtining ulushidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotining o‘lchov birligi “litr” deb belgilandi (ilgari “dal” edi).

2022-yilda aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkasi 1 dal uchun 138 000 so‘m (yoki 1 litr uchun 13 800 so‘m) miqdorida belgilangan edi.

2023-yilda ushbu mahsulotlarga aksiz solig‘i stavkasi aksiz to‘lanadigan tovar tarkibidagi suv qo‘shilmagan etil spirtining 1 litri uchun 34 500 so‘m miqdorida belgilanmoqda.
Masalan, aroq tarkibidagi etil spirti ulushi 40%ni tashkil etadi, 1 litr uchun aksiz solig‘i summasi 13 800 so‘mni (34 500 so‘m x 40%), 2023-yil 1-fevraldan esa indeksatsiyani hisobga olgan holda – 15 200 so‘mni (38 000 so‘m x 40%) tashkil etadi.

🔹2023-yil 1-yanvardan quyidagilarga aksiz solig‘i stavkasi 5 baravarga oshiriladi va 1 litr uchun 7 450 so‘mni tashkil etadi:
▫️oziq-ovqat xom ashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti;
▫️efiraldegidli fraksiyadan texnik rektifikatsiyalangan etil spirti;
▫️asosiy fraksiyadan etil spirti.

🔹2023-yil 1-yanvardan alkogol va tamaki mahsulotlarini import qilishda aksiz solig‘i stavkalari 5% ga pasaytirildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchtepa
#4_sektor
#Tv

Uchtepa tumanida 4-sektor rahbarlari tashabbusi bilan amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari OAV nigohida.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Soliqchi_komakchi
#Investitsiya

Davlatimiz rahbarininig 2022-yil 20-dekabrdagi murojaatnomasidan so'ng yurtimizda investitsion muhitni yanada yaxshilash va investorlarni ko'proq jalb qilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlarini oshirish va QQS ni kamaytirish choralari shular jumlasidandir.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#soliq_taqvimi

❗️2023-yil yanvar oyi uchun avval e’lon qilingan soliq to‘lovchi taqvimiga tuzatishlar kiritildi:

🔸2022-yil yakunlari boʻyicha AOS hisobotini taqdim etish va to‘lash 2023-yil 16-yanvardan emas, 15-fevraldan kechiktirmay amalga oshiriladi.
__________
#календарь_налогоплательщика

❗️Внесены исправления в опубликованный ранее календарь налогоплательщика на январь 2023 года:

🔸представление налоговой отчетности и уплата по налогу с оборота по итогам 2022 года осуществляется не 16 января, а не позднее 15 февраля 2023 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisobotini taqdim etish muddatlariga o‘zgartirish kiritildi

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan o'zgartishlarga muvofiq:
1. 2023-yilda saqlab qolindi
▫️soliq bazasini aniqlash tartibi,
▫️1 kv.m uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymat miqdorlarini belgilash tartibi;
▫️Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlarining koʻchmas mulk obyektlarining belgilangan eng kam qiymatiga, tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, 0,5 gacha boʻlgan kamaytiruvchi koeffitsiyentni belgilash huquqi;
▫️soliq bazasiga nisbatan 1,5 foiz miqdoridagi soliq stavkasi.

2. Soliq kodeksining 415-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha belgilangan pasaytirilgan soliq stavkasini bazaviy soliq stavkasiga, 2023-yilda uni 0,5% dan 0,6 %gacha oshirish yoʻli bilan, bosqichma-bosqich yetkazish davom ettiriladi.
Yuridik shaxslar uchun pasaytirilgan soliq stavkasi 2020-yildan boshlab ilgari soliq imtiyozlari berilgan obyektlar boʻyicha joriy etilgan edi.

3. 2022-yil 1-iyuldan qonunchilikda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning oshirilgan stavkalarini belgilash yoʻli bilan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin boʻlgan obyektlarga soliq solish tartibi bekor qilindi.

4. Soliq hisobotini taqdim etish va soliqni (boʻnak toʻlovlarini) toʻlash muddatlariga oʻzgartirish kiritildi. Xususan, quyidagi muddatlar belgilandi:
🔹soliq hisobotini taqdim etish – hisobot beriladigan soliq davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay. Soliq davri uchun soliq, boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda, xuddi shu muddatda toʻliq toʻlanadi;
🔹joriy soliq davri uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etish (boʻnak toʻlovlari) – joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay;
🔹AOS toʻlovchilar tomonidan boʻnak toʻlovlarini toʻlashhar chorakdagi 3-oyning 20-sanasidan kechiktirmay. Qolgan soliq toʻlovchilar uchun boʻnak toʻlovlarini toʻlash muddatlari saqlanib qoldihar oyning 10-sanasigacha, bunda ular yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay toʻlaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i boʻyicha o‘zgarishlar

🔸2022-yilda amal qilgan soliq stavkalari Soliq kodeksining 422-moddasi 1-qismi 1-3-bandlarida nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha oʻrtacha 10%ga indeksatsiya qilindi. 2018-yilda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan belgilangan jismoniy shaxslar uchun soliq solish obyektlarining kadastr qiymati miqdori (soliq bazasi) saqlanib qolishi shuni taqozo etdi.

🔸2023-yilda turar joy fondi obyektlariga (shu jumladan, koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan mashina turar joylariga) ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun soliq summasini oʻtgan yildagiga nisbatan oshirishga cheklov qoʻllash amaliyoti saqlab qolindi.

Xususan
, 2023-yilda 2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblab chiqarilgan soliq summasi 2022-yil uchun hisoblangan soliq summasidan 1,3 baravardan oshishi mumkin emas.

Bunda 2023-yildan boshlab yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari qismida jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasini oʻtgan yildagiga nisbatan cheklashni qoʻllash amaliyoti bekor qilindi. Ushbu norma koʻchmas mulk obyektlari jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli ekanidan qatʼi nazar, ularning funksional vazifasiga (noturar joylar) qarab soliq solishning teng sharoitlarini yaratish maqsadida joriy etilgan.

Yer soligʻi boʻyicha cheklov jismoniy shaxslar tomonidan 2022-yildan boshlab tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan qoʻllanmaydi.

🔸2022-yilning 1-iyulidan boshlab qonunchilikda yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin boʻlgan koʻchmas mulk obyektlariga soliq solish tartibi bekor qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Bektemir
#Tozalik_kuni

Joriy yilning 5-yanvar kuni Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig'i tomonidan poytaxtimizning Bektemir tumanida bir qator tashkilot xodimlaridan iborat ishchi guruh bilan birgalikda ertalabki yo'riqnoma o'tkazildi. Unda tumandagi mavjud 18 ta mahallada muammolarni bartaraf etish bo'yicha qilinadigan ishlar belgilab olindi.

800 ga yaqin hasharchilar va 35 taga yaqin maxsus texnikalar jalb etilib, hududlar kesimida ishlar boshlab yuborildi. Jumladan, atrof-muhit chiqindi va xazonlardan tozalanib, daraxtlarga shakl berilmoqda. Shuningdek, ichki yo'llar holati ko'zdan kechirilib, bolalar maydonchalarini barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur tumanda reja asosida belgilangan ishlarni yakunlash va manzillarni obodonlashtirish uchun 2 kun belgilab olindi.

Shuni ta'kidlash joizki, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi yurtdoshlarimiz salomatligi va aholi turmush tarzini yanada yaxshilashga qaratilgandir!

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB