Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#uchrashuv
Zamonaviy loyihalar va ilg'or tashabbuslar istiqbollari muhokama qilindi
Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bunyodkorlik ishlari, mahalliy tadbirkorlarning yangi tashabbuslari bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab viloyat markazida barpo etilayotgan Yangi Navoiy shaharchasi, bu yerda yaratilayotgan zamonaviy infratuzillma va loyihalarni ko'zdan kechirdi.
Shuningdek, Soliq qo'mitasi Raisi Navbahor tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan "Agrocenter" MChJga qarashli issiqxona va u yerda sifatli pomidor mahsulotlarini yetishtirishda eng ilg'or texnologiyalardan samarali foydalanish borasidagi ishlarni o'rgandi. Tadbirkorning yangi biznes loyihalari, kelgusi rejalari bilan tanishdi.
Navbatdagi manzil Navbahor tumanidagi o'simlik moyi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Pure Nature Oils" MChJ bo'ldi. Qo'mita Raisi tadbirkorning o'z biznesini yanada rivojlantirish yo'lidagi izlanish va tashbbuslari hamda eksport loyihalarini qo'llab-quvvatladi.
Shundan so‘ng Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida Navoiy viloyati soliq boshqarmasida xodimlar faoliyati samaradorligi, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
“Korxonabay” ishlash tizimida joriy oyda KPI past bo‘lgan 2 nafar xodim lavozimidan ozod etildi, 1 nafar xodimga ogohlantirish berildi.
Yigʻilishda tizimdagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish, xalqning, tadbirkorlarning ishonchiga erishib, ularga amaliy yordam koʻrsatib borish birinchi darajali vazifa ekanligi yana bir bor ta'kidlandi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads