Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Har bir yil inson, jamiyat, davlat hayotida turlicha iz qoldiradi. Yil so‘ngida esa erishilgan natijalar, o‘tgan daqiqalarni sarhisob qilish imkoni bo‘ladi.
Mana daqiqa sayin oxirlab borayotgan 2022-yil so‘ngida soliq organlaridagi faoliyatim yakuniga yetdi.
Bu yerdagi faoliyatimni tahlil qilib, ortga nazar tashlaydigan bo‘lsak, avvalo, soliq organlarida ahil va katta jamoa bo‘lib shakllana oldik. Sadoqatli va o‘z kasbining bilimli vakillaridan iborat jamoa bilan yurtimiz ravnaqi, xalqimizni rozi qilish yo‘lida hamjihatlikda ishladik.
Soliqdagi raqamlashtirish jarayonini jadal davom ettirdik. Soliq to‘lovchilar va soliq organlarining o‘zaro ishonchga asoslangan yaqin hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Natijada soliq organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasida ochiq va shaffof konstruktiv muloqot maydoni yaratildi.
QQS maʼmurchiligining inson omilisiz boshqarilishi, jamoatchilikni jalb qilgan holda, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomiga rioya etilishi bo‘yicha rag‘batlantirish institutining (“Keshbek” va “Soliq hamkor” tizimi) joriy etilishi aholi va tadbirkorlik subyektlarining faolligini oshirib, yashirin tovar aylanmalarini soyadan chiqarish orqali soliq tushumlarini sezilarli darajada o‘sishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatdi.
Natijalar albatta, muhim va barcha uchun qiziq. Shuni inobatga olgan holda, soliq maʼmurchiligining tendensiyalarini keng ommaga sodda tarzda yetkazish maqsadida fiskal tahlillarni eʼlon qilishni joriy etdik.
Har doim har bir yo‘nalishda ilg‘or va obyektiv bo‘lishga intildik. Respublikada birinchilardan bo‘lib, meritokratik tamoyil asosida ochiq kadrlar siyosatini yo‘lga qo‘ydik. Soliq organlarida yagona kadrlar siyosatining yuritilishi kadrlarni samarali boshqarish va salohiyatini rivojlantirish, raqobatbardosh kadrlar zaxirasini shakllantirish va bo‘sh ish o‘rinlarini o‘z vaqtida to‘ldirishda katta qadam bo‘ldi.
Buni, soliq organlari tomonidan korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan saʼy-harakatlarimizning amaliy ifodasi deyish mumkin.
Shu bilan birga, bu davrda yakunlanmay qolgan ayrim g‘oyalarimiz va loyihalarimiz ham yo‘q emas. Men ishonch bilan ayta olamanki, Soliq qo‘mitasining hamjihat jamoasi bu ishlarni yakuniga yetkazib, bundanda yuksak marralarni zabt etadi.
Zero, erishgan barcha yutuqlarimizda lavozimidan qatʼi nazar, rahbardan tortib eng chekka tuman inspektori bo‘lsin har bir xodimning hissasi bor.
Hurmatli hamkasblar, men uchun qadrli soliq organlari xodimlari, sohaning sadoqatli va mehnatsevar jonkuyarlari, zamonaviy bilimlarga ega yoshlar va xotin-qizlarimiz Sizlarga birgalikdagi samarali faoliyat uchun chin yurakdan minnatdorlik bildiraman.
Bundan salkam uch yil avval Davlatimiz rahbari tomonidan katta ishonch bildirilib, Davlat soliq qo‘mitasida faoliyat boshlagan edim. O‘tgan davr mobaynida Sizlarning sadoqatli va mashaqqatli mehnatlaringiz bilan mana shu ishonchni oqladik deb ayta olaman.
Bugun Muhtaram Prezidentimiz tomonidan menga yana bir bor yuksak ishonch bildirilib, Iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimida faoliyatimni davom ettirish oldidan bu juda katta masʼuliyat va javobgarlik ekanini yaxshi anglab turibman.
Keyingi faoliyatimda ham Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan davlatimiz siyosatini qo‘llab-quvvatlashga va Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz roziligi yo‘lida yangi mehnat jamoasi bilan sidqidildan xizmat qilishga vaʼda beraman va buni muqaddas burch deb bilan.
Aslida eng katta baxt – oilamiz, yaqinlarimiz, hamkasblarimiz davrasida, sog‘likda, qanday lavozimda bo‘lmasin, Yangi O‘zbekistondagi islohotlar ishtirokchisi sifatida yangi manzillar, yangi marralar sari sadoqat bilan Vatanga xizmat qilishdir.
Fursatdan foydalanib, kirib kelayotgan Yangi yil bilan barchangizni samimiy muborakbod etaman. Yangi yilda yangi omad va zafarlar tilayman.
Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Kudbiyev Sherzod Davlyatovich

#onlayn_NKM
✅ Fiskal chekda QQS stavkasi
2023-yil 1-yanvardan QQS stavkasi pasaytirilishi munasabati bilan, onlayn nazorat-kassa texnikalari orqali beriladigan fiskal cheklarda QQS stavkasi 12 % ko‘rsatilishi kerak.
❗️ Xo‘jalik yurituvchi subyektlar NKT dasturiga o‘zgartirish kiritish uchun TXKM xizmatiga murojaat qilishlari lozim.
Bu haqda:
✔️TXKM va NKT ishlab chiqaruvchilari;
✔️elektron toʻlov tizimlari operatorlari va marketplyeslar;
✔️tijorat banklari
shaxsiy kabinetlariga tegishli xabarnomalar yuborildi.
Fiskal chekda quyidagi ma'lumotlar aks ettitiriladi:
✔️ tadbirkorlik subyekti nomi va STIR (YATT– JSHSHIR);
✔️chek berilgan sana va vaqt;
✔️ MXIK (tovar va xizmatlarning identifikatsiya kodi) va o'lchov birligi;
✔️QQS stavkasi va summasi;
✔️to‘lov turi (naqd/bank kartasi orqali/aralash);
✔️ fiskal modulning unikal raqami;
✔️ fiskal belgi;
✔️ QR-kod.
* va boshqa zarur ma‘lumotlar
👉 Batafsil VMQ-943 7-b.1-ilova
_____________
#онлайн_ККТ
✅ Ставка НДС в фискальном чеке
В связи со снижением с 1 января 2023 года ставки НДС, в фискальных чеках, выданных онлайн контрольно-кассовой техникой, следует указывать сумму НДС 12%.
❗️Субъектам предпринимательства следует обратиться в обслуживающий ЦОТУ для внесения изменений в программу ККТ.
Соответствующие уведомления об этом были направлены в персональные кабинеты:
✔️ ЦОТУ и производителей ККТ;
✔️операторов электронных платежных систем и маркетплейсов;
✔️коммерческих банков.
В фискальном чеке отражаются:
✔️ наименование субъекта предпринимательства и ИНН (ПИНФЛ – если ИП);
✔️ дата выдачи чека и время;
✔️ ИКПУ (идентификационный код товаров и услуг) и ед.измерений;
✔️ ставка и сумма НДС;
✔️ вид оплаты (наличные/банковская карта/смешанная);
✔️ уникальный номер фискального модуля;
✔️ фискальный признак;
✔️ QR-код.
*и другая необходимая информация
👉 Подробнее п.7 прил.-1 ПКМ-943
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tax_free
Yurtimizga kelayotgan turistlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida xalqaro aeroportlarda Davlat soliq qo'mitasi tomonidan "tax free" servis markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Mazkur shaxobchalarda malakali mutaxassislar tomonidan xizmat ko'rsatlib, chet el davlati fuqarolarining haqiqatdan ham xaridni amalga oshirganliklari tekshiriladi va QQS qaytarish uchun hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Joriy yilning 2-yanvar kuni "Toshkent xalqaro aeroporti"dagi "tax free" xizmat koʻrsatish markazining ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari va yana bir qator masʼul rahbarlar ishtirok etishdi.
Ushbu tashabbusdan koʻzlangan maqsad yurtimizga turistlarni koʻproq jalb etish va mamlakatimizning turistik salohiyatini yanada yuksaltirishdir.
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati
🔰kanalga ulanish✅
@toshkent_shaharDSB