TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.94K subscribers
12.4K photos
1.32K videos
73 files
5.06K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Prezident

– Hurmatli tadbirkorlar! Biz Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida g‘oyat muhim va hal qiluvchi bosqichga qadam qo‘ymoqdamiz. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, innovatsion fikr va yondashuvingiz bugun har qachongidan ham muhim va bu o‘rinda siz barcha soha vakillariga o‘rnak bo‘lishingizga ishonaman.

Sh.Mirziyoyev

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Prezident #yashirin_iqtisodiyot

"To‘g‘ri ishlayotgan, tushumlarini to‘liq ko‘rsatib, soliqlarini o‘z vaqtida to‘layotgan tadbirkorlar bir narsadan hotirjam bo‘lsin. Bunday tadbirkorlarni biz har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz
"

Sh. Mirziyoyev


Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Prezident

-Biz to‘g‘ri ishlayotgan, ish o‘rni yaratayotgan, ilg‘or texnologiyalar joriy qilib, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirayotgan, eksportini oshirayotgan biznes vakillari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz. Lekin, soliqlardan qochib, o‘zining majburiyatlarini bajarmasdan kelayotgan qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlarga, biz albatta murosasiz bo‘lamiz.

Birovning haqqiga xiyonat Yaratganga ham xush kelmaydi.

Shu bois, tadbirkorlarimiz o‘zlari ham bosh bo‘lib, bunday “nopok” ishbilarmonlar saflarida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasa, o‘ylaymanki, “xufiyona iqtisodiyot” ulushini bir necha karra qisqartiramiz.

Sh.Mirziyoyev


Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Prezident

Biz milliy iqtisodiyotimizda haqiqiy bozor munosabatlarini joriy etish, shu asosda mamlakatimizni taraqqiy ettirish uchun tadbirkorlarga bundan buyon ham barcha sharoitlarni yaratib beramiz.

Nega deganda, tadbirkor – iqtisodiyotning, islohotlarimizning asosiy tayanchi va lokomotividir.

Sh.Mirziyoyev


Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Prezident #barqarorlik_reytingi

-Tadbirkorlar sinfi jamiyatda yetakchi kuchga aylanmoqda, yoshlar ularga qarab intilmoqda. Endi ushbu reyting orqali tadbirkorlar o‘rtasida qonunlarga itoat qilish, intizomli va harakatchan bo‘lishni rag‘batlantirish zarur. Buni joriy qilish va samaradorligini ta’minlashda Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoat kengashining o‘rni katta bo‘lishi kerak.

Sh.Mirziyoyev


Telegram | Facebook | Youtube | Instagram