TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.78K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
71 files
4.85K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#savol_javob

SAVOL:

Budjet tashkilotlariga foizlar uchun to'lov amalga oshirilganda to'lov manbaida soliq solinadimi

JAVOB:

Soliq kodeksining 344-moddasiga asosan, O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lgan yuridik shaxs tomonidan notijorat va byudjet tashkilotlariga mablag'larni depozitga joylashtirishidan to'lanadigan foizlarga to'lov manbaida ushbu Kodeks 337-moddasi birinchi qismining 12-bandida belgilangan miqdordagi soliq stavkasi bo'yicha soliq solinadi va bunday daromadlar oluvchilarning soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Korxona balansida mavjud bo‘lgan yer uchastkalari amortizatsiya qilinadimi?


JAVOB:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 306-moddasi 7-qismining
1-bandiga asosan yer va tabiatdan foydalanishga doir boshqa ob'ektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar) amortizatsiya qilinmaydigan aktivlar sifatida hisobga olinadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:
Maqsadli mablag‘larga nimalar kiradi?

JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 48-moddasi 1- va
2-qismlariga asosan soliq solish maqsadida soliq to‘lovchi tomonidan maqsadli mablag‘larning manbai bo‘lgan shaxs tomonidan belgilangan yoki qonunchilikda belgilangan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun olingan mol-mulk maqsadli mablag‘larga kiradi.
Maqsadli mablag‘larga jumladan quyidagilar kiradi:
1) byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar va byudjet subsidiyalari;
2) grantlar va insonparvarlik yordami;
3) maqsadli tushumlar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram