#Konstitutsiya
🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Konstitusiyasi qabul qilinganligiga 32 yil to‘ldi
Asosiy Qonunimizda mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishi ilk vazifa etib belgilangan.
Bosh Qomusimizda fuqarolarning barcha haq-huquqlari kafolatlangan bo‘lib, ularning baxtli yashashi va farovon turmush kechirishi ta'minlanishi qayd etilgan. Inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Konstitutsiya inson hayotining barcha yo‘nalishlarida uning huquq va majburiyatlarini ko‘rsatib beradigan asosiy hujjat hisoblanadi. Unga amal qilish esa har bir fuqaroning burchidir.
🇺🇿 Barchani O‘zbekiston Konstitusiyasi qabul qilingan kun bilan tabriklaymiz!
Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#8_dekabr #konstitutsiya
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi muborak boʻlsin!
Milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yoʻlida shu kungacha erishilgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy poydevori Konstitutsiyamiz ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz.
Bosh Qomusimizda belgilab qoʻyilgan asosiy tamoyillardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish borasida soʻnggi yillarda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emasligi amalda isbotini topmoqda.
Xususan har bir davlat idoralari rahbarlari fuqarolar oldida hisobot beradigan samarali tizim yoʻlga qoʻyildi, xalq bilan doimiy muloqot qilish faoliyatimizning mezoni etib belgilandi.
Barcha mansabdor shaxslar quyi boʻgʻinga, mahalla darajasiga tushib, aholi bilan bevosita uchrashib, ularning muammolarini joyida hal etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ishonch bilan aytamanki, Inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati boʻlgan Konstitutsiyamizga tayangan holda barchamiz birgalikda Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilamiz va jonajon Oʻzbekiston rivoji yoʻlida koʻzlagan yuksak marralarga albatta erishamiz.
Hurmatli yurtdoshlar, Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo’mitasi Raisi