TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#bilasizmi #QQS

Taʼlim sohasidagi xizmatlar boʻyicha aylanma QQSdan ozod etilgan

Oʻqitish (taʼlim) sohasidagi xizmatlar, shu jumladan test sinovlari va imtihonlar oʻtkazishni tashkil etish xizmatlari, xususan:

🔹boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus, texnik va kasb-hunar, oliy taʼlim va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim sohasidagi taʼlim xizmatlari;

🔹taʼlim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha taʼlim berish boʻyicha xizmatlar;

👉 Soliq kodeksi 243 modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

🔹Qayta tashkil etilganda soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari qanday?

🔸Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda uning soliq majburiyati ushbu moddada belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda, Soliq Kodeksining 92-moddasiga muvofiq o‘zining huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan bajariladi.

Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, qayta tashkil etish shaklidan qat’i nazar, qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga qo‘yilgan va (yoki) ushbu shaxs tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) olishda (olib kirishda) to‘langan, lekin u tomonidan hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq summasi ushbu bo‘limda nazarda tutilgan tartibda ushbu yuridik shaxsning huquqiy vorisida, agar huquqiy voris soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, hisobga olinishi lozim.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

Soliq to‘lovchilar qanday huquqlarga egadirlar?

🟢Soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi soliqlar to‘g‘risida, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida axborotni, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, shuningdek ularni to‘ldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul olish. Soliq kodeksi 21-modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

❇️Toʼgʼridan-toʼgʼri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslar tomonidan soliq imtiyozlarini qoʼllash tartibi

O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda qoʼllaniladi:

1) yuridik shaxslar qonun hujjatlarida belgilanadigan hududlarga joylashtirilganda;

2) chet ellik investorlar tomonidan toʼgʼridan-toʼgʼri xususiy chet el investitsiyalari Oʼzbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirilganda;

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

❇️Toʼgʼridan-toʼgʼri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslar tomonidan soliq imtiyozlarini qoʼllash tartibi

O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda qoʼllaniladi:

1) yuridik shaxslar qonun hujjatlarida belgilanadigan hududlarga joylashtirilganda;

2) chet ellik investorlar tomonidan toʼgʼridan-toʼgʼri xususiy chet el investitsiyalari Oʼzbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirilganda;

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi #AOS

Chakana savdo sohasida AOS stavkalari:

🔸aholi soni 100 ming nafar va undan ko‘p bo‘lgan shaharlarda - 4️⃣🔤

🔸boshqa aholi punktlarida - 2️⃣🔤

🔸borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda - 1️⃣🔤
__________
#знаете_ли_вы #налог_с_оборота

Ставки налога с оборота в сфере розничной торговли:

🔸в городах с численностью населения 100 тысяч человек и более - 4️⃣🔤

🔸в других населенных пунктах -2️⃣🔤

🔸в труднодоступных и горных районах -1️⃣🔤

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

❇️Qanday shaxslar Yakka tartibdagi tadbirkorlar hisoblanadi?

Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi.

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi, biroq yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan jismoniy shaxslarga soliq solish va ularga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaraladi. Soliq kodeksi 31-modda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

❇️Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq bazasini aniqlashning o`ziga xos xususiyatlari
qanday?

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq bazasi bo`lib Soliq kodeksining 463-moddasiga muvofiq hisoblab chiqilgan, uning tadbirkorlik faoliyati doirasida olingan jami daromadi hisoblanadi.

Jismoniy shaxs o`z tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq bitimlarni tuzishda o`zining yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat ko`rsatayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish holatining o`zidan yaqqol kеlib chiqmasa, ko`rsatishi shart.

Soliq solishda yakka tartibdagi tadbirkorning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i solinadigan, uning tadbirkorlikni amalga oshirish bilan bog`liq bo`lmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari hisobga olinmaydi. Soliq kodeksi 465-modda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi #YaTT

Mеn yakka tartibdagi tadbirkorman. Savdo bilan shug`ullanaman. Tovarlarning aksariyat qismi sotilgan. Mеn pulni YaTT hisobraqamidan yechib olsam, dividеndlardan olinadigan soliqni to`laymanmi?

Dividеndlar tushunchasi Soliq kodeksining 41-moddasida bеlgilangan. Yakka tartibdagi tadbirkor uchun foyda, ya`ni dividеnd kеltirishi mumkin bo`lgan ustav fondiga hissa nazarda tutilmagan.

🔹Yakka tartibdagi tadbirkorga soliq solish olingan daromaddan soliq to`lanishini nazarda tutadi. Daromad jami daromad va chеgirib tashlanadigan xarajatlar o`rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

✔️Barcha soliqlar to`langanidan kеyin yakka tartibdagi tadbirkorning hisobraqamida qolgan pul mablag`lari soliq solish maqsadlarida dividеndlarga kiritilmaydi va qo`shimcha soliq solinmaydi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

O‘z-o‘zini band qilishning afzalliklari:

🔹Jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tishi talab etilmaydi;

🔹O`zini o`zi band qilgan shaxslar o`z faoliyatida yollanma xodimlar mеhnatidan foydalanishga hamda tadbirkorlik sub`еktlariga yollangan xodim sifatida mеhnat faoliyatini amalga oshirishga haqli emas;

✔️Tashkilotlar tomonidan o`zini o`zi band qilgan shaxslarni shartnoma asosida bir martalik xizmatlar ko`rsatish va ishlarni bajarish bo`yicha faoliyatga jalb qilishga yo`l qo`yiladi. Bunda o`zini o`zi band qilgan shaxslar mеhnatiga haq to`lash ijtimoiy soliqni hisoblab chiqish ob`еkti hisoblanmaydi;

✔️O`zini o`zi band qilish tartibida mеhnat faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i tatbiq etilmaydi;

🔹O`zini o`zi band qilgan shaxslar ma`lumotnomani
mobil ilova yoki shaxsiy kabinеt orqali yuklab olishlari yoxud soliq xizmati organiga kеlgan holda qog`oz shaklida ham olishlari mumkin;

O`zini o`zi band qilgan shaxslarni soliq xizmati organlarida ro`yxatdan o`tkazishda haq undirilmaydi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

🔹Soliq qarzi nima?

Bu hisoblangan va belgilangan muddatlarda to‘lanmagan soliqlar, shu jumladan ular bo‘yicha bo‘nak va joriy to‘lovlarning summalari, moliyaviy sanksiyalar va penyalar.

Soliq to‘lovchining yoki soliq agentining soliq qarzi barcha soliqlar bo‘yicha ham, ularning har biri bo‘yicha ham alohida aniqlanishi mumkin.

🔹Soliq qarzi qanday to‘lanadi?

Soliq qarzini to‘lash to‘lash quyidagi tartibdagi amalga oshiriladi:

1) soliqlar summasi;
2) hisoblangan penyalar;
3) jarimalar.

Soliq kodeksi 55-modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

🔹Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hisobga turgan jismoniy shaxs o`z soliq to`lovchining shaxsiy kabinеtidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi o`z huquqlari va majburiyatlarini elеktron tarzda amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin.

🔹Soliq to`lovchining shaxsiy kabinеtiga kirish yagona idеntifikasiyalash tizimi orqali elеktron raqamli imzo vositasida amalga oshiriladi. Soliq kodeksi 56-modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

🔹Soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi qanday amalga oshiriladi?

🔸O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 273 moddasiga ko'ra Soliq to‘lovchilar, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobotini o‘zlari soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga o‘tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etishlari shart.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

✳️Yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'yektlarini tugatish tartibi

🔶Tadbirkorlik sub’ekti
- jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning ro‘yxatdan o‘tkazgan organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.

🔷Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

- davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosasi. Xulosa davlat soliq xizmati organi tomonidan tadbirkorlik sub’ekti - jismoniy shaxs murojaat qilgandan keyin ikki ish kunidan kechiktirmay, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlar mavjud bo‘lganda esa - ular to‘langandan keyin ikki ish kunidan kechiktirmay beriladi;

- muhr va shtamplar, agar ular mavjud bo‘lsa;

- barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalari, agar ular mavjud bo‘lsa;

- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

- banklarda hisob raqamlari ochilmaganligi to‘g‘risidagi xat yoki, agar mavjud bo‘lsa, asosiy hisob raqami yopilgani to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram