TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.81K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.83K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar!


Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 30-avgust soat 22:00 dan 3-sentabr 18:00 gacha profilaktika ishlari o‘tkaziladi.

Profilaktika davomida soliq organlarining ayrim elektron xizmatlari ishlamaydi.
____________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики!

В целях оптимизации работы веб-ресурсов Налогового комитета и повышения пропускной способности серверов Центра обработки данных с 22:00 часов 30 августа до 18:00 часов 3 сентября будут проводиться профилактические работы.

В период профилактики не будут работать некоторые электронные услуги налоговых органов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mustaqillik_33_yil

Soliq qo‘mitasida bayram shukuhi

Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mustaqillik_33_yil

Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

Soliq qoʻmitasida ushbu shior ostida Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashki etildi.

Tadbir avvalida Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev tizimda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar va ularning oila a'zolarini Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi bilan tabrikladi.

Davlat soliq xizmati organlarida erishilgan yutuqlarga alohida urgʻu berib, bu yilgi soliq tushumlarida oʻtgan yillarga nisbatan o‘sish kuzatilayotgani va bunda har bir xodimning munosib mehnatlari borligini taʻkidladi.

Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan Namangan tumani soliq inspeksiyasining davlat soliq bosh inspektori Anvarxoʻja Luqmanovni ham yuksak mukofot bilan qutladi.

Bundan tashqari, ushbu ulugʻ ayyom munosabati bilan soliq organlaridagi samarali faoliyati hamda vatanimizga sadoqatli xizmatlari uchun bir qator xodimlarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mustaqillik_33_yil

Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yillik bayrami munosabati bilan Toshkent shahar soliq boshqarmasida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#tabrik

🇺🇿Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

🔷Ayni kunlarda butun mamlakatimizda, xalqimiz hayotida muhim va shonli sanaga aylangan eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayramining o‘ttiz uch yilligi ko‘tarinki kayfiyat va shod-u xurramlik bilan nishonlanmoqda.

🔹Mamlakatimizning ko‘p asrlik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, Vatanimizni mustabid tuzum kishanlaridan ozod qilib, erkin va farovon hayot qurish yo‘lini ochib bergan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yillik shodiyonasi bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etaman.

🇺🇿Siz, mehnatkash va oqko'ngil xalqimizga tinchlik-omonlik, baxt-u saodat, xonadonlaringizga, jonajon mamlakatimizga fayzu baraka tilab qolaman.

Yunusjon Nasimdjanov,
Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#eslatma

Hurmatli soliq to‘lovchilar!


Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 30-avgust soat 22:00 dan 3-sentabr 18:00 gacha profilaktika ishlari o‘tkaziladi.

Profilaktika davomida soliq organlarining ayrim elektron xizmatlari ishlamaydi.
________
#напоминание

Уважаемые налогоплательщики!

В целях оптимизации работы веб-ресурсов Налогового комитета и повышения пропускной способности серверов Центра обработки данных с 22:00 часов 30 августа до 18:00 часов 3 сентября проводятся профилактические работы.

В период профилактики не будут работать некоторые электронные услуги налоговых органов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_33_yil

Mustaqillik eng ulug', eng aziz ne'mat. Bugun biz erishgan va erishajak yuksak marralar, ozod va obod Vatanimiz manzaralari, avvalo, istiqlol sharofatidandir.

Shu bois, mustaqillik bayrami har yili eng ulug', eng aziz bayram sifatida yurtimiz bo'ylab keng nishonlanadi.

E'tiborlisi esa, har yilgi bayram tadbirlari o'zgacha ma'no-mazmun kasb etadigan shior ostida bo'lib o'tadi.

Bu yilgi bayram shiori ham “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” dep nomlanishi alohida e'tibor va e'tirofga loyiqdir.

Vatanimiz mustaqilligining 33 yillik shodiyonasi muborak bo'lsin!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#tabrik #mustaqillik_33_yil

Yashasin O'zbekiston! Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, Sizlarni Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Sizlar bilan birga sog‘-omonlikda, shod-u xurramlikda Vatanimiz tarixidagi eng shonli sanani o‘ttiz uchinchi bor kutib olyapmiz.

O‘tgan davrlarda davlatimiz turli sinovlarda toblanib, tajriba orttirib, o‘zining aniq maqsadi va yo‘li, pozitsiyasiga ega bo‘lgan Yangi O‘zbekiston bo‘lib shakllanmoqda.

Xalqimiz birlashib vaqtni – imkoniyatga, imkoniyatni – yutuqqa, yutuqni taraqqiyot poydevoriga aylantirmoqda.

Darhaqiqat, muhtaram Yurtboshimiz boshchiligida elimizning fidokorona mehnatlari, g‘ayrat-u shijoati bilan orzularimiz amalga oshmoqda. Bunda davlat soliq xizmati organlarida xizmat qilayotgan har bir xodimning ham mehnatlarini e’tirof etish joiz.

Mustaqillik bayrami arafasida taqdirlangan davlat xizmatchilari orasida davlat soliq xizmati organlari vakillariga berilgan orden va medallar butun soliq tizimidagi xodimlarning birgalikdagi mehnatlariga berilgan baho.

Fursatdan foydalanib, tizimda fidokorona mehnat qilib kelayotgan barcha hamkasblarimga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.

Mana shunday shukuhli damlarda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilatyotgan barcha yurtdoshlarimizni, davlat soliq xizmati organlari xodimlarini, bugungi ulug‘ bayram bilan yana bir bor tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga baxt-u saodat, fayz-u baraka tilayman. Yutuq va g‘alabalarimiz ijodkori va bunyodkori bo‘lgan xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!

Tinchlik va osoyishtalik bayrami – Istiqlol ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin!

Soliq qo‘mitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ёруғ ва нурафшон келажагимизни – Янги Ўзбекистонни албатта барпо этамиз! Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 33 йиллиги муборак бўлсин, азиз юртдошлар!

Обязательно построим наше прекрасное будущее – Новый Узбекистан! С 33-летием независимости Республики Узбекистан, дорогие соотечественники!

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#serial

Qora tuynuk sxemasi

Soliq sohasi mashaqqatlari aks etgan ushbu serialdagi bosh roli uchun aktyor Shoxruh Hamdamov "Eng ulug‘, eng aziz" tanlovining "Kino san’ati asarlari" nominatsiyasida 2 o‘rinni egalladi.

Davlat budjetini to‘ldirib, xalq farovonligini ta‘minlash kabi mas‘uliyatli vazifani bo‘yniga olgan mehnatkash soliqchilar haqidagi serialni tomosha qilib, dam olish kunlaringizni mazmunli o‘tkazing.

🇺🇿Yashasin O'zbekiston! Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

▶️1-qism ▶️2-qism ▶️3-qism ▶️4-qism ▶️5-qism

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 4-sentabr

- qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun yer soligʻining yillik summasi 30 %ini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 3-qism).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 4 сентября 2024 года последний день

- уплаты 30% от годовой суммы земельного налога за земли сельскохозяйственного назначения
(ч.3 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Noshukrlik kuchsizlikning ko‘rinishidir. Buyuk odamlar hech qachon noshukr bo‘lmaydi.

Gyote


Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #mobil_ilova

Soliq keshbekdan avgust oyida 79 mlndan ko'proq foydalanildi

Joriy yilning 1-sentabr holatiga Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 8 mlnga yaqinlashdi.

📱Avgust oyida mobil ilova xizmatlaridan qariyb 79,8 mln marta foydalanilgan.

Yangi xizmatlar:
1. Elektron kalitga toʻlov
2.
Fiskal modulga toʻlov
3. YTT soliqlarini toʻlash.

Eng ommabop xizmatlar:
Xaridlar uchun keshbek
Ijara shartnomalarini ro‘yxatga olish
O‘zini o‘zi band qilish
Soliqlarni to'lash
Soliq hamkor
_______
#цифровизация #мобильное_приложение

В августе налоговым кешбэком воспользовались более 79 млн раз

По состоянию на 1 сентября этого года в мобильном приложении Soliq прошли регистрацию почти 8 млн пользователей.

📱В августе
услугами мобильного приложения воспользовались около 79,8 млн раз.

Новые услуги:
1. Оплата за электронный ключ
2.
Оплата за фискальный модуль
2. Уплата налогов индивидуальными предпринимателями


🎗Самые популярные услуги:
Кешбэк за покупки
Постановка на учет договоров аренды
Регистрация в качестве самозанятого
Уплата налогов
Налоговый партнер

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#birinchi_qoʻngʻirioq

🔷Davlatimizning istiqboli ta'lim sifati bilan bevosita bog'liq ekaniga, ilm olish maqsadida bilim dargohiga qadam qo'ygan o'quvchilar ertangi O'zbekistonimizning kelajagi ekaniga hech qanday shubha yo'q. Bugun Respublikamizning barcha hududlaridagi kelajagimiz poydevori bo'lgan maktablarda yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i jarangladi.

Xususan, Toshkent shahar 4-sektor mas'ul rahbarlari tuman maktablaridagi “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tashkil etilgan “Bilimlar kuni” tadbirlarida ishtirok etishdi.

Unda nas'ullar yosh avlodga eng ulug' va eng aziz ne'matimiz bo'lgan mustaqilligimizning bardavom bo'lishi uchun sadqidildan o'qib-izlanishlari va Yangi O'zbekiston ravnaqi yo'lida o'z hissalarini qo'shishlari kerak ekanligi ta'kidlanib, yangi o'quv yili bilan tabriklandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#mahallabay

TOP-100 “Mahalla yettiligi”reytingi eʼlon qilindi

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi joriy yilning 8 oyi davomida mahallalarda tizimli ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda alohida natijalarga erishgan TOP-100 “mahalla yettiligi” reytingini eʻlon qildi.

Mazkur “mahalla yettiligi” xodimlarini bugungi kunda mahalla tizimining haqiqiy fidoyilari deb atash mumkin. Ular aholining intilishlari va maqsadlarini roʻyobga chiqarishda oʻzlarining ulkan hissalarini qoʻshmoqdalar.

Bugungi kunda har bir mahallaga biriktirilgan soliq organlari xodimlari bor imkoniyatlarni ishga solib, mahallalardagi soliq toʻlovchi jismoniy shaxsning, tadbirkorning iqtisodiy muammolarini oʻrganish va hal qilish, ularga proaktiv shaklda xizmat koʻrsatish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratishda fidokorona xizmat qilmoqda.

Top reytingga kiritilgan soliq inspektorlari:
Maxssetbay Saparbayev – Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Ketenler” MFY;
Farrux Ashurboyev – Andijon viloyati “Kuygan-yor” MFY;
Samandar Rajabov – Buxoro viloyati “Polvonlar yurti” MFY;
Xayrulla Berdaliyev – Jizzax viloyati “Toqchilik” MFY;
Oʻktam Raxmatov – Qashqadaryo viloyati “Hontepa”MFY;
Jamshid Shapoʻlatov – Navoiy viloyati “Sarjal” OFY;
Islomjon Olimov – Namangan viloyati “Qoʻrgʻoncha” MFY;
Maxmudxoʻja Saidov – Samarqand viloyati “Chortut” MFY;
Shakirov Dilmurod – Sirdaryo viloyati “Islomobod” MFY;
Shamsiddin Mamataliyev – Surxondaryo viloyati “Gulzor” MFY;
Abror Musabekov – Toshkent viloyati “Tortuvli” MFY;
Baxtiyor Boltayev – Toshkent shahar “Olmos” MFY;
Akmaljon Murotov – Fargʻona viloyati “Jonibek” MFY;
Jalolbek Xudoyberganov – Xorazm viloyati “Qoramozi” MFY

Soliq qoʻmitasi faoliyatlari yuqori baxolangan mahallabay ishlash tizimi xodimlarini hamda oʻz kuch va imkoniyatlarini toʻliq ishga solib, reytingdan munosib oʻrin olgan barcha "mahalla yettiligi" xodimlarini samimiy tabriklaydi!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads