TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #soliq_biznes

"Soliq biznes" xizmati bilan — biznes jarayonlaridan tun-u kun xabardor bo‘ling!

Soliq mobil ilovasining yangilangan 2.0.0 versiyasida tadbirkorlar uchun my3.soliq.uz shaxsiy kabinetining ixchamlashgan shakli – "Soliq biznes" xizmati qo‘shildi.

Xizmatdan foydalanish uchun korxona rahbari va bosh hisobchisi Face ID orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

🔹Birinchi sahifada quyidagilar ko‘rinadi:
▫️korxona nomi;
▫️STIR;
▫️
barqarorlik reytingidagi o‘rni;
▫️soliq majburiyatlari holati (bajarilgan yoki bajarilmagan).


🔹Keyingi bo‘lim – korxonaning iqtisodiy faoliyatiga tegishli asosiy savollar va ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ular “DSB ma’murchiligi” va “Mahallabay” ishlash tizimidagi mezonlar asosida aks ettiriladi.
Masalan: soliq hisobotlari, hisoblangan soliqlar va yig‘imlar, bank hisobraqamlari, EHF, elektron ishonchnoma va shartnomalar holati.
❗️Bunda hisobraqam to‘xtatilish sababi ham ko‘rsatiladi. Misol uchun, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik, kameral natijalari bo‘yicha talabnomaga javob bermaslik, soliq to‘lovchi o‘zi ko‘rsatgan manzilda bo‘lmasligi...

🔹Shaxsiy kabinetga yuborilgan talabnoma va boshqa yozishmalar alohida kichik bo‘limda jamlangan. Bu yerdan soliq organiga murojaat yuborish imkoniyati ham yaratildi.

🔹Biznes jarayonlarini va buxgalterlar faoliyatini korxona rahbari bilan bir paytda ta’sischilar, biznes hamkorlar va boshqa ishonchli shaxslar ham kuzatib borishi mumkin. Buning uchun korxona rahbari kuzatuvchi rejimini faollashtirishi kifoya.

Soliq to‘lovchilar o‘ziga biriktirilgan soliq inspektori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatib, ularning faoliyatiga salbiy yoki ijobiy baho berish mumkin.

"Soliq biznes" – Sizning qulay va tezkor xizmatingiz!
___________
#мобильное_приложение #soliq_biznes

Soliq 2.0.0. Теперь с персональным кабинетом для юридических лиц


В обновленной версии 2.0.0 мобильного приложения Soliq добавлена услуга "Soliq biznes" для предпринимателей - компактная версия персонального кабинета my3.soliq.uz.

Чтобы воспользоваться услугой, руководитель (директор) и главный бухгалтер проходят Face ID авторизацию.

🔹На первой странице отобразятся:
▫️наименование;
▫️ИНН;
▫️показатель
рейтинга устойчивости;
▫️статус исполнения или неисполнения налоговых обязательств.

🔹Следующая страница включает в себя основные вопросы и информацию, связанные с хозяйственной деятельностью предприятия. Они отображаются по критериям на основе информационных систем для администрирования плательщиков НДС, а также по принципу «махаллабай».
Например, статус налоговой отчетности, начисленных налогов и сборов, банковских счетов, ЭСФ, электронных доверенностей и договоров.
❗️При этом указывается причина приостановления банковского счета. Например, непредставление налоговой отчетности в срок, оставленные без ответа требования налоговых органов об итогах камеральной налоговой проверки, отсутствие налогоплательщика по указанному им адресу...

🔹В отдельном блоке сгруппированы все требования и другие уведомления, направленные в персональный кабинет. Отсюда предоставлена возможность подать обращение в налоговые органы.

🔹За бизнес-процессами и действиями бухгалтера одновременно с руководителем предприятия могут наблюдать учредители, деловые партнеры и другие доверенные лица. Для этого руководителю достаточно активировать режим наблюдателя.

“Soliq biznes” позволяет установить прямой контакт с прикрепленным к налогоплательщику налоговым инспектором и оценить его деятельность.

“Soliq biznes” – ваш удобный и быстрый сервис!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JShODS #barqarorlik_reytingi

Eksportchi tadbirkorlar bilan boʻlib oʻtayotgan uchrashuvda Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev barqarorlik reytingida ish haqi hisoblashga oid mezon boʻyicha ball hisoblanishi yuzasidan berilgan savolga javob berdi.

Ushbu mezon roʻyxatdan oʻtgan joy boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqini inobatga olishini bunda inson omili ishtirok etmasligini taʼkidladi.

Shuningdek, xodimlarga ish haqi hisoblashda ayrim qurilish korxonalarida 50 mingtagacha ish o‘rni qo‘shib yozilganini qayd etdi.

Iyun oyi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha qayta hisobotlar moderatsiyadan o‘tkazilishi ma’lum qildi.

Xodimlar sonining noto‘g‘ri ko‘rsatilishi barqarorlik reytingi, shaffof qurilish tizimlari va QQS salbiy farq summasini qaytarishga salbiy ta'sir qilishini tushuntirdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #TTY

Xushxabar! Endi haydovchilardan elektron TTYni tasdiqlash talab etilmaydi

Avvalroq Soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev Soliq mobil ilovasining yangi versiyasida "Soliq biznes" xizmati ishga tushirilgani haqida ma'lum qilgan edi.

Yangi versiyada yaratilgan yana bir muhim yangilik – elektron TTYni haydovchi tomonidan tasdiqlash talab etilmaydi.

Endi haydovchi yukni qabul qilish yoki yetkazib berishda elektron TTYni faqat o‘z istagiga ko‘ra tasdiqlashi mumkin.

Bundan tashqari, soliq toʻlovchilarning taklif va murojaatlarini inobatga olgan holda elektron TTYni rasmiylashtirishda to‘ldirilishi majburiy boʻlgan 10 ta maʼlumotni kiritish ixtiyoriy tartibga oʻtkazildi. Bular:
▫️yukni yetkazib beruvchi, ekspeditor (STIR va nomi);
▫️mijoz (STIR, shartnoma raqami va sanasi);
▫️buyurtmachi (STIR, shartnoma raqami va sanasi);
▫️yuk ogʻirligi (brutto va netto).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Kim hunarni desa, u dono bo‘lur,
Nodonlar qudrat deb boylikni bilur.

Jomiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

27-bob. Soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi umumiy qoidalar

🔹214-modda. Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganda ayb shakllari

G‘ayrihuquqiy xatti-harakatni (harakat va harakatsizlik) qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb e’tirof etiladi.

👉BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida eksport bilan shug’ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda Soliq qo’mitasi Raisi Sh.Kudbiyev ishtirok etdi.
🔹Soliq qo'mitasi Raisi "Muruvvat" va "Chamanbog'" mahallasi yettiligi faoliyati bilan tanishdi

Kuni kecha Soliq qo'mitasi Raisi Sh.D.Kudbiyev Yunusobod va Olmazor tumanlarining "Muruvvat" hamda "Chamanbog'" mahallalarida bo'lib, aholini bandligini ta'minlash, ularni biznesga jalb qilish hamda zarur shart-sharoitlarni yaxshilash borasida mahallabay tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirish maqsadida xizmat olib borayotgan mahalla yettiligi bilan uchrashdi.

Shuningdek, mahalla raisi, hokim yordamchisi va soliq inspektoriga aholini doimiy daromad manbaiga ega qilish maqsadida bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlikga jalb qilishni jadallashtirish yuzasidan tegishli ko'rsatma va topshiriqlarni berdi.

Xususan, mahallabay ishlash samarasida aholi daromadlarini oshirish, soliq ma'murchiligi va soliq madaniyatini keng targ'ib qilish orqali mahalla byudjetiga qo'shimcha manbalarni jalb etish borasidagi aniq vazifalarni belgilab berdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#hunarmandchilik

Kimlar hunarmad hisoblanadi?


Hunarmand (usto-hunarmand, usto) — mustaqil ravishda yoki shogirdlari yordamida an’anaviy texnologiyalar asosida hunarmandchilik faoliyati buyumlari yoki tovarlari (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlovchi jismoniy shaxs. Bunda buyumlarning funksional xususiyatlarining tarixan qaror topgan talablariga hamda milliy estetik normalarga javob beradigan maxsus ko‘nikmalar, asboblar va kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalaniladi.

15 yoshdan oshgan jismoniy shaxslar hunarmandning shogirdi bo‘lishi mumkin.

Qanday hunarmandlar davlat ro‘yxatidan o‘tadi?

Hunarmandchilik faoliyati subyektlari new.birdarcha.uz sayti yoki davlat xizmatlari markazi orqali davlat ro‘yxatidan o‘tadi.

Ularga YTTlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi, unda hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlari ko‘rsatiladi.

Ular uchun davlat boji miqdori YTTlarga belgilangan davlat boji miqdorining 50 %ini, ya'ni BHMning 0,5 barobarini tashkil etadi.

Hunarmandlar qanday faoliyat yuritadi?

Hunarmandlar 43 turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Roʻyxat bilan bu yerda tanishish mumkin
👉https://lex.uz/docs/-6490321#-6491425

Hunarmand ko‘pi bilan 5 nafar shogird jalb etish huquqiga ega va YTT kabi 5 nafargacha xodim yollashi mumkin. Yollanma xodimlarni soliq organlarida hisobga qo‘yish lozim.

Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogiga kiritilgan hunarmandlar uchun shogirdlar soni cheklanmagan.

Qanday hunarmandlar Milliy katalogga kiritiladi?

Milliy katalogga quyidagi hunarmandlar kiritiladi:
▫️nufuzli xalqaro ko‘rgazma, ko‘rik-tanlov kabi tadbirlarda g‘olib yoki laureat sifatida e’tirof etilganlar;
▫️tegishli sohada san’at va fan arbobi hamda akademiklarning tavsiyasiga egalar;
▫️“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoniga egalar;

Qanday hunarmandlar Reyestrga kiritiladi?

Hunarmandlar reyestriga “Hunarmand” uyushmasining quyidagi a’zolari kiritiladi:
▫️turistik marshrutdagi manzil bo‘yicha o‘z ustaxonasida yoki ijara asosida faoliyat yurituvchilar;
▫️o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni galereyalar, hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlari, mahalliy va xorijiy savdo uylariga shartnoma asosida namoyish va sotish uchun qo‘yayotganlar;
▫️Milliy katalogga kiritilganlar;
▫️“Hunarmand” uyushmasining Badiiy kengashi tomonidan tavsiya etilganlar.

Hunarmandlarga soliq solish

“Hunarmand” uyushmasi a’zolari hunarmandchilik mahsulotlarini (tovarlarini, xizmatlarini) ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilishni amalga oshirganda qat’iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

Agar hunarmand Uyushma a’zosi bo‘lmasa, qat'iy belgilangan miqdorda JShODS to‘laydi.

01.06.2023-yildan 01.01.2025-yilga qadar Milliy katalog va Reyestrga kiritilgan hunarmandlar uchun AOS stavkasi 50 %ga kamaytiriladi, ya'ni ular soliqni 40% stavka o‘rniga 20% stavkada to‘laydi. AOSni ham qatʼiy belgilangan summada to‘lash mumkin.

“Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lgan hunarmandlar mehnat stajini hisoblash uchun o‘zlari va xodimlari uchun yiliga kamida 1 BHM (340 000 so‘m) miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashi lozim.

Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik faoliyati subyektlari bo‘lgan “Hunarmand” uyushmasining a’zolari ijtimoiy soliq to‘lashdan ozod etiladi.

“Hunarmand” uyushmasiga a’zo hunarmandlarga professional ta’lim muassasalarining maxsus ustaxonalarida hunarmandchilik bo‘yicha ta’lim berishda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi shartnoma tuzish va ko‘rsatilgan xizmat uchun soliq to‘lamaslik huquqi beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Oʻzbekiston Savdo -sanoat palatasi tomonidan “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” elektron platformasi ishga tushirildi.

👍 Unga murojaatlarni taklif2024.uz orqali yoʻllash mumkin.

👍 Ushbu platformadan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma bilan yuqoridagi videoda tanishishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #soliq_biznes

Soliq mobil ilovasining yangilangan 2.0 versiyasini yuklab oling!

Ilovadagi asosiy yangiliklar:

🔹"Soliq biznes"– tadbirkorlar shaxsiy kabinetining ixchamlashgan shakli;
🔹Barqarorlik reytingi;
🔹ID karta, haydovchilik guvohnomasi va boshqa shaxsiy ma'lumotlar.

📹 Yangiliklar bilan batafsil videorolikda tanishing.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar!


Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 2-avgust soat 22:00 dan 4-avgust 13:00 gacha profilaktika ishlari o‘tkaziladi.

Profilaktika davomida soliq organlarining elektron xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

____________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики!

В целях оптимизации работы веб-ресурсов Налогового комитета и повышения пропускной способности серверов Центра обработки данных 2 августа с 22:00 часов до 4 августа 13:00 часов будут проводиться профилактические работы.

В период профилактики будут наблюдаться временные сбои в электронных услугах налоговых органов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 5-avgust

iyul oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️5 августа 2024 года - последний день

за июль:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Viqor deb, kibr va g‘ururdan, manmanlikdan o‘z nafsini saqlamakni aytilur.

Abdulla Avloniy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram